6
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Dilafgorning merosi ilk bor maxsus tadqiqot
ob’ekti sifatida o‘rganilmoqda. Shoir ijodining manbalari ilmiy tasnif etilib,
qiyosiy
tahlil etilgani, Dilafgorning ilmiy biografiyasini yaratishda muayyan
natijalarga erishilgani, she'rlarining janr xususiyatlari o‘rganilgani, mavzu ko‘lami
hamda obrazlar tizimi nuqtai nazaridan tadqiq qilingani
Dilafgorning milliy
adabiyotimiz tarixida tutgan o‘rni belgilangani ham tadqiqotning ilmiy yangiligi
hisoblanadi.
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati.
Dilafgor
hayoti va ijodi, xususan,
she'riyatining milliy adabiyot hamda uning tarkibiy qismi bo‘lmish adabiy
manbashunoslik va matnshunoslikning nazariy asoslariga tayanib
tadqiq qilingani
ishning ilmiy ahamiyatidan dalolat beradi.
Ilmiy tadqiqot natijalaridan oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari
filologiya
fakultetlarida, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida “Milliy
uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti”, “O‘zbek adabiyoti tarixi”
fanlaridan dars
mashg‘ulotlari o‘tishda foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: