Ibragimova nafosat shuhrat qizi bitiruv malakaviy ishi mavzu: dilafgor adabiy merosi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/37
tarix07.01.2024
ölçüsü0,49 Mb.
#207024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
n.ibragimova dilafgor adabiy merosi

Muammoning o‘rganilish darajasi.
Dilafgor hayoti va ijodi maxsus 
tadqiqot doirasida haligacha o‘rganilgani yo‘q. Shoir hayoti va ijodiga doir ayrim 
ma'lumotlar Adham Mamatqulov va Jaloliddin Jo‘raevlar tomonidan nashr 
qilingan “Gulshani Dilafgor” to‘plamida
1
uchraydi. Bundan tashqari, Abdurashid 
Abdug‘afurov tomonidan “O‘zbek adabiyoti”ning 4-jild, 1-kitobiga Dilafgorning 8 
g‘azal, 2 muxammasi kiritilgan, T.Murodiy esa “Asrlar nidosi” to‘plamida
2
adibning qisqacha tarjimai holi bilan birga she'rlaridan parchalar bergan. Fizika-
matematika fanlari nomzodi Adham Mamatqulov tomonidan shoirning Vatani 
bo‘lmish Piskent shahrining ko‘zgusi – “Piskent hayoti” gazetasida “Piskent va 
piskentliklar” rukni ostida “Dilafgor va uning “Duoi salom” she'ri” nomli turkum 
maqolalar e'lon qilingan. Aytish mumkinki, Dilafgor adabiy merosining o‘zbek 
adabiyotida tutgan maqomini berish bugungi adabiyotshunoslik fanining muhim 
vazifalaridan biridir. 
Bitiruv ishining ilmiy
-
tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi.
Tadqiqot
mavzusi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti ilmiy ishlar rejasiga muvofiq bo’lib, O‘zbek adabiyoti tarixi va 
matnshunoslik kafedrasida bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlar rejasiga kiritilgan.
1
Дилафгор ҳаёти ва ижодий мероси ҳақида.// Гулшани Дилафгор. – Т.: MUMTOZ SO‘Z. 2011.
2
Асрлар нидоси (тўплам). – Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1982. – Б.:242-256. 



Mavzuning maqsad va vazifalari.
Tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad 
Dilafgor ijodiy merosining milliy uyg‘onish adabiyotida tutgan o‘rnini aniqlashdir. 
Mazkur maqsad talabidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilab olingan: 
- XX asr boshlaridagi Toshkent adabiy muhiti va unda Dilafgorning tutgan 
o‘rnini ko‘rsatish;
- shoirning avtobiografik asarlarini tahlil qilish; 
- shoir qo‘lyozmalarining matniy tadqiqini amalga oshirish; 
- Dilafgorning turli janrlarda yozgan ijod namunalarining mavzu ko‘lamini 
yoritish; 
- Dilafgor ijodida poetik mahorat masalalarini aniqlash; 
- shoir ijodida ma'rifatparvarlik g‘oyalarining aks etishi masalasini 
ko‘rsatish. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin