Iii-bob."Saxovat teks" mchjda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yо’llari


-§. “Saxovat teks”MCHJ da mehnat unumdorligini oshirish samaradorligi



Yüklə 170,01 Kb.
səhifə4/8
tarix13.06.2023
ölçüsü170,01 Kb.
#129557
1   2   3   4   5   6   7   8
3- BOBGA

3.2-§. “Saxovat teks”MCHJ da mehnat unumdorligini oshirish samaradorligi.
Yangi О‘zbekiston iqtisodiy rivojlantirishda yengil sanoatning о‘rni yuqori hisoblanadi. Hozirgi kunda respublikamizda yengil sanoatning tо‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mо‘ynachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning turlari va assortimentini kengaytirish, shuningdek, tarmoq korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha kо‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Kо‘rilgan chora-tadbirlar respublikamizda ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 80 foizdan kо‘prog‘ini va ip kalavaning 45 foizdan kо‘prog‘ini qayta ishlash bо‘yicha quvvatlarni yaratish, shuningdek, о‘tgan yillarda tayyor mahsulot eksport hajmini 1,6 milliard AQSH dollardan oshirish imkonini berdi. Shuningdek yengil sanoatda tо‘qimachilik va tikuv-trikotaj tarmoqlari korxonalarida xalqaro darajadagi talablarga mos standartlarni joriy etish hamda tayyor mahsulotlarni tashqi bozorlar talablarini hisobga olgan holda sertifikatlash bо‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish tо‘g‘risida mamlakatimizda kо‘plab ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
О‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan yengil sanoat tarmoq korxonalarining ishlab chiqariyotgan mahsulotlari bilan xalqaro kо‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish dovomida horijiy investorlarni jalb qilish hamda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarga xorijiy iste’molchilarning qiziqishlarini oshirish imkoniyati tug‘ilmoqda, hamda yaratilgan keng imkoniyatlardan kelib chiqan holda milliy brendlarni yaratish va ularni takomilashtirish bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilmoqda.
Jahon bozorlaridagi raqobatning kuchayishi, texnologiyalarning rivojlanishi va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining kamaytirilishi ushbu sohalarni rivojlantirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini talab etmoqda. Bugungi kunda yengil sanoatning jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash, mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash orqali birinchi navbatda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bо‘lgan yuqori qо‘shilgan qiymatga ega tо‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mо‘ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va kengaytirish, shuningdek, salohiyatli xorijiy investorlar jalb qilinishi amalga oshirish ishlari olib borilmoqada.
Shuni ham takidlab о‘tishimiz keraki ishlab chiqarishda zamonaviy bozor talabiga mos keladigan mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun korxonalarning iqtisodiy salohiyatini, ya’ni asosiy ishlab chiqarish vositalarini yangilash, xodimlar malakasini oshirish, ularning mehnat sharoitini tubdan yaxshilash, ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, bozor talablarini muntazam ravishda о‘rganib borish, kadrlar salohiyatidan samarali foydalanishni yо‘lga qо‘yish kerak.
Bozor iqtisodiyoti davrida mehnat bozorini «mehnatga qobiliyatli» ishchi kuchini xarid qilish-sotishni amalga oshiruvchi tizim sifatida koʻrib chiqish oʻrinli. Shuning uchun u ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy mehnat sohasining ochiq, murakkab, koʻp aspektli va oʻsuvchi tizimchasi boʻlib, ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantiruvchidir. Mazkur bozor ishchi kuchiga talab va aholining taklifini tartibga solishda bevosita ishtirok etadi va oqilona bandlikning shakllanishi hamda ishsizlikni kamaytirishga koʻmaklashadi.
Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: ishchi kuchiga talab va uning taklifi, qiymati, bahosi va yollashdagi raqobat. Talab iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish ijtimoiy infratuzilmasi va boshqa sohalarning mehnat bozoriga buyurtma bergan, ish haqi fondi, shaxsiy yordamchi xо‘jaliklardan daromadlar va boshqa hayotiy vositalar bilan ta’minlangan ishchi kuchi ehtiyojining hajmi va tarkibini aks ettiradi. Taklif yo’llanma sharti bilan ishga ega boʻlishdan manfaatdor ishchi kuchining miqdor va sifat (soni, jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbi, malakasi, millati, ishlab chiqishi, daromadi va boshqalar bo’yicha) tarkibini ifodalaydi.
Iqtisodiyotda izohlanganidek, ishchi kuchi insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlari, ishlash qobiliyatining uyg‘unligidir. Mehnat mazmuni, shuningdek quyidagi xususiyatlarga ham egadir:

  • mehnatning murakkabligi;

  • xodimning mehnatga yaroqliligi;

  • xodimning mustaqillik darajasi; (3.2.1-rasm).


Mehnat mazmunini belgilari





Mehnatning murakkabligi


Xodimni mehnatga yaroqliligi

Xodimning mustaqillik darajasi


Yüklə 170,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin