3.3.1-rasm. Saxovat teks MCHJda asosiy vositalar qiymatining o’zgarishi11. Yuqorida keltirilgan rasmda ko’rinib turganidek Saxovat teks MCHJda ishlab chiqarishni amalaga oshirishda foydalanish uchun kerak bo’lgan asosiy vostalarning qiymati oxirgi besh yillikda o’sib borgan bu esa korxonada ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalaniyatgani haqida ham ma’lumot oldik. Biroq korxonada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ko’lami johon bozozrida raqobatbardosh maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun yetarli darajada emas biz korxonaning iqtisodiy holatida kelib chiqan holda korxonaning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishi uchun quydagicha ta’vsiyalar berishimiz mumkin. Birinchi navbatda raqamli texnologiyalar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni joriy etish zarur. Bu esa Saxovat teks MCHJda ishlab chiqarish unumdorlikni oshiradi va mehnat xarajatlarini kamaytiradi va mahsulot ishlab chiqarish vaqtini qisqartiradi.
Keyingi o’rinda esa korxonaga ekologik toza texnologiyalar va materiallardan foydalanish ko’lamini oshirishga hamda. Atrof-muhitga zararli ta'sirni kamaytirishga va mahsulot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Bu esa korxonada ishlab chiqarish ko’lamini yana ham oshiradi. Shu bilan bir qatorda korxonada maxsulot ishlab chiqarishni oshirish uchun sanoat 4 jarayonining eng mukammal ishlab chiqarish texnologiyasi bu 3D bosib chiqarish texnologiyasi dunyo bo’yicha rivojlangan davlatlarda yengil sanoatda ishlab chiqarish salmog’ini oshirishda keng ko’lamda foydalanilmoqda bu esa korxonada ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning sifatini bir xilda bo’lishini taminlab beradi.Hamda, 3D bosib chiqarish, nanotexnologiya, biotexnologiya va boshqalar kabi innovatsion ishlab chiqarish usullarini ishlab chiqish. Bu yangi mahsulotlarni yaratishga va mavjudlarini yaxshilashga keng imkon beradi.
Shuningdek, Saxovat teks MCHJ ishlab chiqarish ko’lamini oshirishi va jahon bozorida o’z o’rniga erishish uchun korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish va sertifikatlash tizimini rivojlantirish kerak. Bu esa mahsulotlarning yuqori sifatini ta'minlaydi va iste'molchilarning ishonchini oshiradi. Shuningdek, Saxovat teks MCHJ da ishlab chiqarish ko’lamining asosiy omili bu xodimlar hisoblanadi. Shuning uchun, Saxovat teks MCHJda kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish uchun katta e’tibor qaratishi lozim. Bu ishlab chiqarish jarayonlarini yaxshilashga va ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Tahlilarimiz asosida Saxovat teks MCHJda ishlab chiqarish salmog’ini oshirish uchun horij tajribalarini ham keng miqiyosda amalga oshirishi lozim yani tajriba va texnologiyalarni almashish uchun boshqa kompaniyalar va muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish. Bu ishlab chiqarish jarayonlarini yaxshilashga va yangi mahsulotlarni yaratishga yordam beradi.Hozirgi kunda dunyo miqiyosida yengil sanoat korxonasida rivojlanishning eng ilg'or shakllariga quyidagilar kiradi:
1. Saxovat teks MCHJda ishlab chiqarishni boshqarish tizimlari, robototexnika, mashinani o'rganish va sun'iy intellekt kabi raqamli texnologiyalar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni joriy etish.
2. Korxonda qayta ishlash, qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish,ekologik toza materiallar va texnologiyalardan foydalanish lozim.
3.Yuqorida takidlab o’tilganidek 3D bosib chiqarish, nanotexnologiya, biotexnologiya va boshqalar kabi innovatsion ishlab chiqarish usullarini ishlab chiqish.
4. ISO 9001, ISO 14001 va boshqalar kabi mahsulot sifatini boshqarish va sertifikatlash tizimini rivojlantirish.
Xulosa qilib aytganda “Saxovat teks” MCHJ, ishlab chiqarishni zamonaviy shakllaridan foydalanish asosida rivojlanishini ta'minlash uchun bir necha qadamni o'tkazishi mumkin. Birinchi navbatda, kompaniya yangi va zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga harakat qilishi kerak. Bu, ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi va mahsulotlarni yaxshi ko'rinishda ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Ikkinchi navbatda, kompaniya innovatsion yondashuvlarni qabul qilish va ularni amalga oshirish uchun xodimlari bilan hamkorlik qilishi mumkin. Bu, kompaniya uchun yangi ideyalarni va yondashuvlarni topish imkonini beradi. Shuningdek, kompaniya xodimlariga yangi va zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni o'rganish uchun tayyorlik kurslari va yuqori ta'lim muassasalariga murojaat qilish ham muhimdir.
1 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF-60-son 2022 —
2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida
Farmoni, www lex.uz
2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.10.2020 yildagi PF-6079-sonhttps://www.lex.uz/docs/-5030957
3 Muallif ishlanmasi.
4 Saxovat teks MCHJ ma’lumotlari yordamida Muallif tomonidan tayyorlandi.
5 Saxovat teks MCHJ ma’lumotlari yordamida Muallif tomonidan tayyorlandi.
6 Muallif tomonidan tahlilar asosida ishlab chiqilgan
7 Saxovat teks MCHJ ma’lumotlari yordamida Muallif tomonidan tayyorlandi.
8 Q.X.Abdurahmonov, N.Q.Zokirova, Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi. -Т.: «Fan va texnologiya», 2013,536 bet.
9 Saxovat teks MCHJ ma’lumotlari yordamida Muallif tomonidan tayyorlandi.
10 Saxovat teks MCHJ ma’lumotlari yordamida Muallif tomonidan tayyorlandi.
11 Saxovat teks MCHJ ma’lumotlari yordamida Muallif tomonidan tayyorlandi.