Iii-bob."Saxovat teks" mchjda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yо’llari


-§. “Saxovat teks” MCHJ da ishlab chiqarishni tashkil etishni zamonaviy shakllaridan foydalanish asosida rivojlanishini ta’minlash



Yüklə 170,01 Kb.
səhifə7/8
tarix13.06.2023
ölçüsü170,01 Kb.
#129557
1   2   3   4   5   6   7   8
3- BOBGA

3.3-§. “Saxovat teks” MCHJ da ishlab chiqarishni tashkil etishni zamonaviy shakllaridan foydalanish asosida rivojlanishini ta’minlash.
Jadalik bilan rivojlanib borayotgan zamonda sanoat korxonalarida zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish qoidalarini va shakllarini hamda usullarini mukammal o‘zlashtirgan korxonalar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishni ta‘minlaydi.Vaholanki hozirgi vaqtda turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni barpo etish va shu orqali iqtisodiyotni mustahkamlash ustuvor masala sifatida belgilangan. Bugungi kunda, IT-texnologiyalarning inson hayotida keng o'rin egallashi, globallashuvning kuchayishi va Internet jahon axboro ttarmog'ining kengayishi iqtisodiyot sohasiga ham bevosita ta'sir o'tkazayotganini guvohi bo’lmoqdamiz. Ushbu masalalarni atroflicha tartibga solish muhim ekanligini inobatga olgan holda, oldinda kutib turgan va«Industry4.0» deb atalayotgan texnologik inqilobning qorong‘u tomoni bilan ham tanishib chiqish kelajakda yuz berishi mumkin bo’lgan salbiy jihatlarga qay tarzda yechim topaolishga zamin yaratadi. Ma’lumki, tarixda 3 ta sanoat inqilobiyuz bergan bo‘lib, ular quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lgan;
1.Bug‘ dvigatelining ixtiro qilinishi, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish (XVIII asr oxiri);
2.Elektrlashtirish, konveyyer, mehnat taqsimoti, ommaviy ishlab chiqarish (XIX-asr oxiri–XX asr boshi);
3.Elektronika, axborot texnologiyalari industriyasi, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish (XX asr oxiri).
Xo’sh, to'rtinchi sanoat inqilobi nima? “To'rtinchi sanoat inqilobi–zamonaviy, aqlli texnologiyalardan foydalangan holda an'anaviy ishlab chiqarish va sanoat amaliyotlarini doimiy ravishda avtomatlashtirishdir. O’z-o'zini nazorat qilish va inson aralashuvisiz muammolarni tahlil qilishhamda tashxis qo’ya oladigan aqlli mashinalarni ishlab chiqarish uchun birlashtirilgan kata hajmdagi mashinalardan foydalanish.”
Bu inqilob raqamli o'zgarishlarning hamda fizik va biologik sohalar o'rtasidagi chegaralarni buzadigan texnologiyalarning birlashishi natijasi bo'ladi. Agar bizni kutayotgan kelajakni tasvirlasak, raqamli dunyoning sanoatga chuqur kirib borishini ko’rishimiz mumkin.
Umuman olganda zamonaviy rivojlangan iqtisodiyotlar va xususan butun dunyo bo'ylab xususiy tijorat transmilliy kompaniyalari "Sanoat 4.0" kontseptsiyasini amalga oshirishga intilmoqda. Ushbu kontseptsiya ishlab chiqarish jarayonini hamma joyda robotlashtirish va ishlab chiqarishni raqamlashtirishni ta'minlaydi. Bizni tahlilarimiz asosida Saxovat teks MCHJda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun korxona jadalik bilan harakat qilmoqda , Hususan 3.3.1-rasmda korxonada ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositalar haqida quydagi rasm asosida ham ko’rishimiz mumkin.


Yüklə 170,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin