Iii-bob."Saxovat teks" mchjda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yо’llari
3.1.1-jadval Saxovat teks MCHJ ning so’ngi besh yilikdagi iqtisodiy ko’rsatkichlari (raqamli texnologiyalarni joriy etishdan oldin.)4 Ushbu jadval turli o'lchov birliklari yordamida 2018 -yildan 2022 -yilgacha turli iqtisodiy ko'rsatkichlar qanday o'zgarganligini ko'rsatadi. Birinchidan, mahsulot hajmi va mahsulot narxining oshishiga e'tibor qaratiladi. Bundan tashqari, sanoat ishchilari soni va ishlab chiqarish xarajatlari ortdi. O'z navbatida, sotish rentabelligi oshdi. Xulosa qilib aytganda, ushbu jadvalda iqtisodiy ko'rsatkichlar qanday o'zgarganligi ko'rsatilgan. Ushbu ma'lumotlar Saxovat teks MCHJning iqtisodiyotni sog'lig'i haqida ma'lumot beradi va kelajakdagi qarorlar uchun qo'llanma bo’ladi. Quydagi keltiriladigan rasm asosida esa korxonaning oxirgi besh yilikdagi sof foydasining o’sishini kuzatishimiz mumkin.(3.1.1- rasm) 3.1.1- rasm. Saxovat teks MCHJ ning oxirgi besh yilikdagi sof foydasini o'sishi.5 Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalangan holda tahlilarimiz asosida shuni aniqladiki korxona so’ngi besh yilikda optimal holatda ish faoliyatini olib borgan 2018-yilda sof foydasi 13 000 mln so’m bo’lgan , 2019-yilda 12 041 mln so’m bo’lgan 2022-yilda esa 34 780 mln so’m bo’lgan. Quyidagi jadval asosida esa biz taklif qilgan texnologiyalar orqalik faoliyat yuritganida kelgusi ikki yilda qanday iqtisodiy holatda bo’lishi haqida to’xtalamiz.(3.1.2-jadvalda ko’ramiz). 3.1.2-jadval Saxovat teks MCHJning ishlab chiqarishga raqamli texnologiyalarni to’liq joriy etilgandagi holati.6
Yuqoridagi jadvalda Saxovat teks MCHJda ishlab chiqarish samaradorligini korxonaning ichki holatini o’rgangan holda tahlil qilib taqriban ishlab chiqildi .Agar ishlab chiqarishda to’liq holda raqamli texnologiyalardan foydalangan holda korxonaning yaqin ikki yilik iqtisodiy ko’rsatgichlari yuqorilashini prognoz qilishimiz mumkin. Shuningdek , 2023-yilga kelib korxonaning mahsulot hajmi ham 340 890 mln so’mga oshishi mumkinligini jadval asosida ham ko’rishimiz mumkin . 2024-yilga kelib esa bu ko’rsatkich 374 653 mln so’m bo’lishi pragnoz qilinmoqda. Raqamli texnologiyalarning korxonada ishlab chiqarishni samaradorligi oshgani sari korxona ham o’z o’zidan diversifikatsiya qilishga harakat qiladi bu esa o’z navbatida korxonada yangi ish o’rinlarini paydo bo’lishiga olib keladi. Bizni tahlilimiz asosida korxonada 2023-yilga borib ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan hodimlar soni 480 kishiga yetadi . 2024-yilga kelib esa 506 kishini tashkil etishini pragnoz qilishimiz mumkin. Saxovat teks MCHJ da ishlab chiqarilgan maxsulot tannarxi esa 2023-yilda 201125 mln so’m bo’lsa, 2024-yilga kelib esa 230456 mln so’mni tashkil etishi mumkunligini takidlab o’tishimiz kerak. Shuningdek korxonaning sof foydasi ham keyingi yillarda oshib borishini yuqoridagi jadvalimiz orqalik ham ko’rishimiz mumkin. 2023-yilga kelib korxonaning sof foydasi 36987 mln so’mni tashkil eetishi mumkinligini ko’ramiz .2024-yilda esa bu ko’rsatkich 65897 mln so’m bo’lishi mumkin. Avvalgi yillarga nisbatan saxovat teks MCHJning rentabellik darajasi biroz pasroq bo’lishi mumkin misol uchun 2023-yilda korxonaning rentabelik darajasi 18,3 % tashkil etadigon bo’lsa 2024-yilga kelib esa bu ko’rsatkich 17,6 %ni tashkil etishi mumkinligini tahlilimiz orqali ko’rishimiz mumkin. Quydagi jadval orqali Saxovat teks MCHJda raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etilganidan keyin bizni tahlilimiz asosida korxonaning sof foydasining o’sishi ko’rsatilgan (3.1.2-rasm). 3.1.2-rasm. Saxovat teks MCHJ da sof foydasining o’zgarishi.7 Biz tahlilimiz asosida tayyorlangan rasmda ham ko’rinib turiptiki korxonaning sof foydasi 2023- yilda 36987 mln so’mni tashkil etadi.2024-yilga kelib esa 65 897 mln so’m bo’lishini tahlil qilishimiz mumkin. Biroq shuni ham ta’kidlab o’tishimiz keraki korxonaga raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan bir qatorda uning ham ijobiy ham salbiy tomonlari ham mavjud yuqoridagi fikirlarimizda biz korxonada raqamli texnologiyalrni joriy etish orqalik ijobiy tomonlarini yoritishga harakat qildik quyda keluvchi ma’lumotlar orqallik esa korxonada raqamli texnologiyalarni joriy etishdagi muamolar haqida to’xtalib o’tamiz. Birinchidan, korxonaga raqamli texnologiyalarni joriy etish va texnik xizmat ko'rsatis korxona uchun qimatga tushushi mumkin. Bu esa o’z navbatida korxonaning mablag’ga ehtiyojini oshishiga olib keladi. Bu muamoni yechish uchun korxona davlatga suyanishi kerak yani davlat tomonidan yaratilib berilayotgan imtiyozlardan hamda ajiratilayotgan subsidyalardan foydalangan holda yechim topishi mumkin. Saxovat teks MCHJga raqamli texnologiyalarni joriy etishdan oldin korxonada faoliyat yuritayotgan hodimlarni yangi texnologiyalar bilan ishlash uchun tayyorlash zarur, yani korxona xodimlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigon innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish uchun qayta o’quv kurslarini tashkil etishi kerak. Ishchilarni ishdan ajramagan holda online o’qish tizimini joriy etish kerak bu esa korxonada raqamli taxnologiyalardan foydalanishni samaradorligini oshirib shu bilan bir qatorda korxona ishchilarini intelektual salohiyatini oshishiga ha sabab bo’ladi.Yana shuni ham qo’shimcha qilishimiz keraki korxona foydalanayotgan raqamli texnologiyalar tizimning ishlamay qolishi va ishlamay qolishi xavfi ham mavjud bu esa korxona uchun juda katta zarar olib kelishi mumkin. Bu jarayoni bartaraf etish uchun korxona raqamli texnologiyalrni sug’urtalashi zarur . Shuningdek korxonaga kiber hujumlar va maxfiy ma'lumotlarning tarqalishi tahdidi ham mavjud bu muamoni oldini olish uchun korxona IT mutaxasisligi bo’yicha yangi bir bo’limni tashkil etishi zarur.Saxovat teks MCHJ to’laqonlik raqamli texnologiyadan foydalanishni boshlaganidan keyin korxonada o’z o’zidann ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tufayli ish joylarini yo'qotish xavfi yuzaga kelish ehtimoli yuqori.Bunday holatni oldini olish maqsadida yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek korxona diversifikatsiy ishni amalga oshirishi kerak yani ishlab chiqaryotgan maxsulotlar turini ko’paytirish zarur.Saxovat teks MCHJ da yuqorida takidlab o’tilgan ishlarni amalga oshirish uchun imkoniyatlr yetarlik darajada degan hulosa kelindi lekin bu jarayonlarni amalga oshirish uchun raqamli texnologiyasini jiriy etish strategiyasini tuzib chiqaish talab qilinadi.Ilmiy izlanishlarimiz davomida Saxovat teks MCHJ da raqamli taxnologiyalardan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish uchun quydagi takliflarni ishlab chiqdik. Joriy ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish va qaysi biri raqamli texnologiyalar yordamida avtomatlashtirilgan va optimallashtirilishi mumkinligini aniqlash. Moliyaviy imkoniyatlar va biznes ehtiyojlarini hisobga olgan holda raqamli texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish. Xodimlarni yangi texnologiyalar bilan ishlashga o'rgatish va ularni muvaffaqiyatli moslashtirish uchun sharoit yaratish. Maxfiy ma'lumotlarni himoya qilish va xavfsizlik tizimlarining ishonchliligini ta'minlash. Ishonchli raqamli provayderlar bilan hamkorlik qilish va tasdiqlangan yechimlarni tanlash. Raqamli sohadagi o'zgarishlarni doimiy ravishda kuzatib borish va yangi bozor talablariga moslashish. Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va uskunalarni yangilash uchun zarur investitsiyalarga tayyor bo'lish. Yuqorida keltirilgan taklif va tavsiyalarimizni Saxovat teks MCHJ ning ijtimoiy –iqtisodiy holatidan kelib chiqan holda ishlab chiqishga harakat qilindi. Bu tajribalar korxonaning kelgusida ishlab chiqarish ko’lamini kengayishiga hamda mahalliy bozorda o’z o’rnini mustahkamlab olishga hamda jahon bozorida ham o’zining mustahkam o’rniga ega bo’lishiga asos bo’la oladi. Yüklə 170,01 Kb. Dostları ilə paylaş: |