Ijtimoiy adaptasiya


Shaxs shakllanishining turli bosqichlarida kasbiy o’zlikni anglash



Yüklə 39,26 Kb.
səhifə2/16
tarix05.04.2023
ölçüsü39,26 Kb.
#93612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Ijtimoiy adapta-WPS Office

Shaxs shakllanishining turli bosqichlarida kasbiy o’zlikni anglash.Maktabgacha bolalik. Xammaga ma‘lumki bolalar o‘z o`yinlarida kattalarga taqlid qilishadi va ular xarakatlari va faoliyatlariga o‘xshatishga intilishidadilar.Maktabgacha yoshda sujetli - rolli o`yinlar keng tarqalgan bo‘lib, ular kasbiy yo`naltirilgan xarakatlarga ega bo‘ladi. Bolalar shifokori, sotuvchi, tarbiyachi, transport vositasining xaydovchisi rollariga kirishib o`ynaydilar. Kelgusi kasbiyo‘zlikni anglashda birinchi mehnat sinovlari muhim ahamiyatga ega - ungamurakkab bo‘lmagan, ya‘ni kiyim, o‘simliklar parvarishi, xonalarni yig‘ishtirish va boshqa xarakatlarni bajarish kabilar kiradi
Kichik maktab yoshi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyati bu kattalarga taqlid qilishdir. Shundanularga qadrli bo‘lgan insonlar kasblariga taqlid qilishi kelib chiqadi. O‘qituvchilarga, ota- onalariga, qarindoshlariga, yaqin tanishlariga bundan o‘ziga xos induktsiya kuzatiladi. Bu yoshdagi bolalarning ikkinchi muhim xususiyati –yutuqlarni avvalambor etakchi faoliyatda ya‘ni o‘qishda anglaydilar. Bolaningo‘qish, o`yin, mehnat faoliyati tajribasi asosida o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlarini anglashi istalgan kasb haqida tasavvur shakllanishiga olib keladi.
O‟smirlik davri - bu birinchi ambivalent optatsiya davri. O‟spirinlik shaxs shakllanishining mas‟uliyatli davrlaridan biridir. Bu yoshda xar xil kasb turlariga ma‟naviy munosabat asoslari, shaxsiy kadriyatlar tizimi shakllanadi. Ular o‟smirlarning turli kasblarga nisbatan tanlovli munosabatini belgilab beradi.
Erta yoshlik davri —bu davrning asosiy vazifasi kasb tanlash. Bu realistik aptatsiya davri hisoblanadi. O‘smirning kasbiy rejalari aniq ifodalanmagan, orzu shaklida bo‘ladi. U odatda o‘zini turli emotsional yoqimli bo‘lgan kasbiy rollarda tasavvur etadi, ammo kasb tanlash bo`yicha biror xulosaga kelmagan bo‘ladi. Aslida esa o‘spirinlik davrining boshida umumta‘lim maktabini bitirgan yigit qizlar oldida bu muammo paydo bo‘ladi
Yoshlik 16-23 yoshda yigit qizlarning aksariyat qismi o‘quv yurtlarida kasbny ta‘lim olishadi yoki korxona va muassasalarda kasbiy tayyorgarlik ko‘rishadi. Endiistalgan kelajak ko‘plar uchun hakikiy bo`ldi, ammo ayrimlar kasbiy tanlovlaridan qonikmaydilar. Shunday bo‘lsada, ko`p yigit qizlarda kasbiy ta‘lim davomida amalga oshirilgan tanlovdan qoniqish seziladi. Kelajakdagi ijtimoiy kasbiy vazifani sekin-asta egallash, shaxsni ma‘lum kasbiy xamjamiyat vakili sifatida shakllanishiga yordam beradi
Yoshlik (27 yoshgacha) bu ijtimoiy kasbiy faollik davri. Kasbiy tanlov to‘g‘riligi xaqidagi ikkilanishlar orqada qolgan. Odatda, kasbiy tajriba va ish joyi ham mavjud. Endi dolzarb masala bu kasbiy rivojlanish xisoblanadi. Tengdoshlarining bir qismi ma‘lum kasbiy yutuqlarga erishgan. Ammo yoshlarning aksariyat qismi kasbiy rejalar, kasbiy maqsadlarning amalga oshmaganidan aziyat chekishadi.
Yetuklik - bu eng sermaxsul davr o‘zini shaxs sifatida namoyon etish, o‘z kasbiy psixologik salohiyatini ishlatish davri xisoblanadi. Aynan shu davrda shu yoshda xayotiy va kasbiy rejalar amalga oshadi, inson xayotining mazmun mohiyati to‘g`risida o‘ylaydi. Kasb tanlash jarayonida o‘z qobiliyatlarini aniq mehnat faoliyatida qullashni individual faoliyat turini ishlab chiqish, shaxs bo‘lish extiyojini namoyon eta olish imkonini beradi.
Qarilik davri. Nafaka yoshiga еtish kasbiy xayotdan ketishga olib keladi. 55
— 60 yoshga kirganda shaxs o‘z kasbiy potentsialini to‘lik ishlatishga ulgurmaydi. Hali xam yuqori darajadagi professionalizm kasbiy charchoqqa qaramay, nafaqaga chiqish haqidagi fikrdan ikkilana boshlaydi. Ular uchun xayajonli davr boshlanadi, bir laxzada yillar davomida shakllangan xayot tarzi o‘zgaradi. Muxim kasbiy sifatlar, kasbiy bilim va malakalar, tajriba va mahorat keraksiz bo‘lib qoladi. Bu salbiy xolatlar ijtimoiy qarilikni tezlashtiradi. Lavozim ishdan keyingi kasbiy faoliyat bilan monitoringi ya‘ni, murabbiylik, kasbiy tajriba kuzatuvchisi shaklida ayrim yoshi kattalarda shug‘ullanish imkoniyati bo‘lishi mumkin
Kasbiy inqirozlar
Ijtimoiy taraqqiyotni ro‘yobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni jahon 28 standartlari darajasiga ko‘tarmoq lozim, fan va tеxnikaning bugungi kun taraqqiyotiga javob bеrish uchun kеng saviyali, bilimdon, o‘z kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish orqali davlatimizda bozor iqtisodiyotiga bardosh bеradigan raqobatbardosh mahsulotlar yaratuvchi kasb egalarini shakllantirish joiz. Toki ular davr talablariga og‘ishmay javob bеradigan, qiziqishi kеng, malakasi mustahkam, xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta izlanuvchan, mehnatsеvar, vatanparvar, iymon-e’tiqodli insonlar bo‘lib voyaga yetishishsin.Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘rta maktab o‘quvchilarining hammasi kasb tanlashga kelganda oqilona va to‘g‘ri yo‘l tutadi, dеb bo‘lmaydi, albatta. Ulardan ba’zilari tavakkalliga ish tutsalar, ayrimlari ota-ona kasbini tanlaydilar yoki ko‘zga tashlanib turgan, yaqqol namunalarga taqlid qiladilar, goho sеvimli kishilari izidan borishni mo‘ljallaydilar.Ko‘pchilik o‘quvchilar ta’lim jarayonida fan asoslarini egallab, muayyan tasavvur hosil qiladilar, o‘zlari yoqtirgan kasb-hunarlar haqida o‘ylaydilar.Maktab o‘quvchilarining mayllari, havaslari, intilishlari, xohishlari, motivlari, ezgu niyatlari xususan kasbkorga bo‘lgan qiziqishlari, motivlari, intilishlari tug‘ilishi psixologiya fanining shaxs muammosi bilan uzviy bog‘liqdir. Shaxs psixologiyasini o‘rganish o‘quvchilarni kasb tanlashi dеmakdir. O‘quvchilarning individual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning har birini oqilona kasbga yo‘llash shaxs psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish to‘g‘risidagi hujjatlarda o‘quvchilarni mustaqil kasb tanlashga (o‘z imkoniyatlarini o‘zi baholash orqali) o‘rgatish juda muhim va zarur vazifa ekanligi ta’kidlanadi.Shunga ko‘ra psixolog olimlar, metodistlar, tashxis markazi xodimlari kеng jamoatchilik bilan birgalikda kasbga doir bilimlarni keng tashviqot qilishlari, kasb-kor tanlashga oid yo‘l-yo‘riqlar va mеtodlar ishlab chiqishlari, kasb tanlash maslahatlari rasmiy shoxobchalari kеngaytirilishi, profеssiogramma, profеssiografiya, psixogrammalar ko‘lami orttirilishi lozim. Kеyingi yillarda o‘tkazilgan kuzatishlar Respublikamizda yoshlarni kasbga yo‘llash sohasida talay kamchiliklar borligini ko‘rsatdi. Buni biz viloyatlar kеsimida hamda Rеspublika bo‘yicha 9-sinf bitiruvchilariga sohalar bo‘yicha tavsiyanomalar bеrishda ko‘rdik.Darhaqiqat, maktabda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pеdagogik tashxis ishlarini amalga oshirishdagi dastlabki qadamlar boshlandi. O‘ylaymizki, ana shu dastlabki qadam maktablarda kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib boruvchi mutaxassis hamda o‘quvchilarning kasb-hunarga qiziqishi, moyilligi va layoqatini aniqlash bilan shug‘ullanadigan maktab amaliyotchi psixologi shtatlarini tashkil etishdan iborat bo‘lishi lozim. Chunki, bu mutaxassislarsiz maktabda mazkur ishlar haqida gapirish ham mumkin emas. Maktabda olib borilayotgan kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pеdagogik tashxis ishlarining samarasi bеvosita shu ikki mutaxassisning olib borayotgan ishlari ko‘lami, ularning saviyasi va malaka ko‘rsatkichi hamda faoliyatining aniqligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lishi barchamizga ayondir.
Reoriyentatsiya
Psixologiya fanida kasb tanlashga yo ̳llash (proforientatsiya) atamasi qadim zamondan qo ̳llanib kelinadi. Lekin ijtimoiy hayotning keyingi davrlarida boshqa bir atama fanimizga kirib keldi, u reorientatsiya (qayta yo ̳llash) deb atalib, insonni yangi bir moslashmaga (ko ̳nikmaga) kasbga yo ̳naltirishni bildirib keladi.Qayta kasbga yo ̳llash (reorientatsiya) o‘ta insonparvarlik (gumanistik) g ̳oyani kasbini o ̳zgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs ruhiyatiga singdirishni angaltadi. Ishlab chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron moslamalarning, robotlarning) kirib kelishi ish o ̳rinlarining qisqarishiga olib keladi. Muassasa, tashkilot, korxona rentabelligining pasayishi ham xodimlarga nisbatan ehtiyojning kamayishini keltirib chiqaradi. Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti raqobatga asoslanadi, shuning uchun testlarga bardosh beruvchi, yuqori malakali, mahoratli, bilimdon, komil insongina sinovlardan muvaffaqiyatli o’ta oladi, xolos. O’rtamiyona darajadagi mutaxassislar esa ish o ̳rnini yo ̳qotib, vaqtincha ishsizlar ro ‘yhatiga kiradi.Ishsizlik, ish o’rnini yo’qotish ayollarda o’kinchili (ayanchli) his –tuyg’ular qobig’ida o’ta murakkab kechadi, go’yoki tragediya, halokat, judolik vujudga kelganda ham ekstravertlik, ham introvertlik xususiyatlari uyg’unlashganday yuz beradi. Erkaklar esa bunday vaziyatlarga matonat bilan, iloji boricha hissiyotlarga berilmasdan, aql –zakovat maromlariga tortilganlik tuyg’usi ustuvorligida namoyon bo’ladi. Erkaklarda achinish, xafaxonlik kechinmalari tarzida hukm surishi, asta –sekin uning ta‘sir kuchi pasayishi kuzatiladi. Bunda insonning ruhiy kechinmalari keskin o’zgarishning asosiy omillari sifatida uning ish davri va yoshi ijtimoiy muammo maydoniga chiqadi. YOshning ulg’ayishi yangi muhit, o’zgacha sharoit, notanish jamoa va uning nufuzi kabi masalalar echimiga salbiy munosabatni keltirib chiqaradi. Mazkur ob‘ektga uzoq davr mehnat faoliyatini bag’ishlash ham frustratsiya holatini harakatlantiruvchi safida asosiy rol o’ynashi mumkin. Xullas, har ikkala omil ham frustratsiyaning manbai vazifasini o’taydi (bajaradi), noxush muvaqqat kechinmalar vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi jarayonlarini uzluksiz ravishda bajarib turadi.Hozirgi zamon mehnat birjalarida reorientatsiya (qayta kasbga yo ̳llash) ishlari olib borilishimarkazlashtirilgan. Maxsus xodilar kompyuter xotirasiga joylashtirilgan shahar, tuman bo’yicha ixtisoslar bo’yicha yoki ixtisoslararo mutaxassislar ro’yhati (zaruriyati, ehtiyoji, talabi) bilan ish izlab kelgan muhtoj shaxs tanishtiriladi. Aksariyat mehnat birjalarida psixologlar etishmaganligi tufayli ish bilan ta‘minlash, bo’sh o’rinlarni to’ldirish bilan shug’ullaniladi, xolos. Aslida esa bu xizmat qator omillarni tekshirish, o’rganishni taqozo etadi, ilmiy psixologik qonuniyatlar asosida ish yuritishnitalab qiladi, chunonchi: 1.SHaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari.2.Xissiy jabhalari va irodaviy sifatlari.3.Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari.4.Ehtiyoji, motivi, motivatsiyasi, motivirovkasi. 5.Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati 6.Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yarog’ligi.7.Iqtidori (iste‘dodi), qobiliyati, salohiyati.8.Kasbiy bilimlari, ko’nikmalari, malakalarimahorati.
Professional
Professional etika ma'naviy talablari va kasb o'zi bevosita yuzaga munosabatlariga asoslangan. Bu savolga o'z e'tiborini qaratdi birinchi tadqiqotchilar, Arastu, Durkheim va Comte edi. Ular munosabatlar haqida gapirish boshlandi axloqiy tamoyillari bilan jamiyatning ijtimoiy mehnat taqsimoti. materializm holatda bu muammo Marks va izlanish asosli.(- 12 asr 11) professional etikasi birinchi kodlari o'rta asr Hunarmandlarning davrida mehnat asoslangan hunarmandchilik bo'linishini paydo bo'ldi. Bu ustavlarida keyin edi, kasb talablariga, mehnat sharoitlari va xodimlarning o'zlari bir qator. Biroq, ba'zi tadqiqotchilar bunday kodlar oldingi yuzaga haqida ilgari surdi. Misol uchun, vaqt sud vazifalarini amalga ruhoniylar uchun "Gippokrat qasamyodi" yoki muassasa.Tufayli, muayyan kasb-hunar odamlar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun doimiy muhtoj uchun professional axloq o'zgartirish va unga o'zgarishlar qilish, doimiy rivojlanish bo'ladi. uning tuzilishida jamoatchilik fikrini o'ynadi ulkan roli. Ko'pincha, uzoq vaqt davomida qoidalar ba'zi fikrlar kurash munosabati bilan e'tirof emas.Xulosa qilib, biz professional axloq to'plamidir aytish mumkin axloqiy standartlar, professional burchini bilan bog'liq shaxsni belgilab. Boshqarish va axloqiy nazorat shuningdek usullari Ushbu hujjatlar asoslash kabi, ishchilar o'rtasida muayyan ma'naviy turi munosabatlarni buyurish o'tkazish maxsus kodlari yordamida amalga oshiriladi.professional etikasi asosiy vazifasi xalq to'liq tavsifi, muayyan kasb-hunar berish axloqiy hukm va normalarni, tushunchalar va hukm aniqlash hisoblanadi.quyidagi tamoyillar asosida professional etikasi tamoyillari:- xodimlar o'rtasida faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan resurslarni ajratish bilan adolat;axloqiy soha buzilishi aniqlash va tuzatish, qat'i nazar, huquqbuzarning maqomini;- an'ana va bag'rikenglik xodimlari axloq boshqa mintaqalarda, mamlakat yoki shunchaki boshqa tashkilotlar;- barcha ish munosabatlarida ham individual va kollektiv qaror qabul qilish majmui foydalanish;- Ayniqsa, boshqalar oldida qo'lida ishlaganlar bilan o'zaro bosim yoki zo'ravonlik chiqarish; tartibini yoki boshqa idoraviy qoidalarga turgan pastga qo'ydi muayyan qoidalarini amalga oshirish uchun taqdim doimo tamoyili, foydalanish;- to'qnashuvlar-bepul orzu.a fanlar kabi Professional etika:- Umuman olganda, xususan, har bir xodim sifatida kadrlarga bo'lgan munosabat;- professional vazifalarini yuqori samarali ijrosini ta'minlash mutaxassis ma'naviy fazilatlar;axloqiy standartlar, muayyan kasblarga xos bo'lgan;- Ayniqsa, yosh mutaxassislarning ta'lim sohasini o'rganib.har doim va eng muhim xususiyatlariga, barcha mutaxassislik bo'yicha mutaxassis kasbiy mahorati va bajarilayotgan ish uchun mas'ul munosabati axloqiy belgi hisoblanadi. Alohida e'tibor xalq hayotida (mansab xizmatlari, sog'liqni saqlash, transport va ta'lim) uchun javobgarlik bilan bog'liq sohada ishchilar qaratilmoqda. Bu sohada ishchilar mas'uliyatsiz munosabatda boshqalar hayotiga xavf taqdim yoki olib kelishi, jamiyat uchun juda jiddiy zarar olib kelishi mumkin shaxs degradatsiyasi

Yüklə 39,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin