Ijtimoiy fanlar ” kafedrasi falsafa


-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə57/433
tarix24.10.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#160352
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   433
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq-www.hozir.org

4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 

48
4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 




REJA: 

1.

Borliq tushunchasi va uning mohiyati.


2.

Falsafa tarixida borliq muammosi.


3.
Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig‘i va ma’naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i.


4.
Harakat - materiyaning yashash sharti.


5.
Makon va vaqt - borliqning fundamental shakllari.


Tayanch tushunchalar:
Makon, virtual borliq, ijtimoiy borliq, inson borlig‘i, borliq shakllari
«borliq» kategoriyasi, «vujudi vojib», «vujudi mumkin», borliq va yo‘qlik, olam va odam
evolyutsiyasi, olamning paydo bo‘lishi, substansiya, intellektual intuitsiya, deduksiya, monizm, 
plyuralizm, dualizm, olamning chekliligi va cheksizligi, harakat, rivojlanish, o‘zgarish,
o‘zgaruvchanlik, harakat va harakatsizlik, taraqqiyot, o‘z-o‘zidan harakat, barqarorlik, muvozanat, 
mexanik harakat.
Borliq tushunchasi va uning mohiyati. 
Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon,vaqt, harakat,
hayot, ong va shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan fizika, astronomiya va biologiya 
kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari o‘rganilmaydi,
degan ma’noni anglatmaydi.O‘quv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni o‘rganish odatda 
ontologiyadan boshlanadi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo‘lib, unda borliq va
yo‘qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi o‘rganiladi, 
shuningdek, mavjudlik sifatiga ega bo‘lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya»
atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o‘zaklarga ega bo‘lib («ontos»
–«borliq», «logos» – «so‘z», «ta’limot»), borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi.Ontologiya
falsafada alohida o‘rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim 
tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya,
aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydo bo‘ldi. Lekin ularning 
barchasi zamirida ontologiya yotadi. O‘z navbatida, ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning
negizi hisoblanadi va shu tariqa o‘z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko‘p 
jihatdan belgilaydi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   433




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin