g) Sabab va oqibat. Bir hodisadan oldin kelib, uni vujudga kcltirgan hodisa yoki hodisalar guruhi sabab deb ataladi. Sababning bevosita yoki bavosita ta’siri bilan yuz beradigan hodisa oqibat deyiladi. Masalan, qo‘llarimizni bir-biriga ishqalaganimizda qo‘llarimiz qiziydi. Bu yerda ikki hodisa: ishqalanish va issiqlikning guvohi bolib turibmiz. Lekin, bunda ishqalanish issiqlikni keltirib chiqarmoqda, ya’ni ishqalanish issiqlikning paydo bolishiga sabab boimoqda. Demak, ishqalanish — sabab, issiqlik — oqibat bolmoqda.
Odatda, borliqdagi har bir hodisaning paydo bo‘lishida, rivojlanishida o‘z sababi bo'ladi va, ayni vaqtda, muayyan oqibatni namoyon qiladi. 0 ‘z navbatida, bu oqibat boshqa hodisalarning kelib chiqishi va rivojlanishiga sabab bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ayrim hodisalarni tushunmoq uchun biz ularni umumiy aloqadorlikdan ayirib olishimiz hamda alohida-alohida tekshirishimiz lozim. Bunday holda bir-biri bilan almashinib turuvchi harakatlardan biri sabab, tarzida, boshqasi oqibat tarzida,ko‘z oldimizda namoyon boladi.
h) Zaruriyat va tasodif. Narsa va hodisalarning mohiyatidan, ularning ichki, muhim bog'lanishlaridan, muayyan sharoitda kelib chiqishi, qat’iy ravishda muqarrar bo'lgan voqea yoki hodisa zaruriyat deb ataladi. Narsa va hodisalarning mohiyati bilan bogliq bo‘lmagan,tashqi ta’sir va ikkinchi darajali omillar bilan bogliq holda, muayyan sharoitda aynan shu holatda yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo‘Igan hodisa yoki voqea tasodif deyiladi.
Zaruriyat va tasodif o‘zaro bogliq bo‘lgan, biri ikkinchisisiz - mavjud bolm aydigan, borliqdagi narsa va hodisalarning o‘zgarishiga, rivojlanishiga oid aloqadorlikning ikki tomonidir. Ular bir-biri bilan o‘zaro bogliq va, ayni vaqtda, bir-biridan farq ham qiladi. Bu farq, awalo, ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Zaruriyatning bunday о ‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar: 1) zaruriyatning sababi o‘zida boladi, u mazkur narsa yoki hodisaning ichki tabiatidan kelib chiqadi va mohiyat bilan bog‘liq; 2) zaruriyat narsa va hodisaning muhim, takrorlanib turadigan ichki aloqadorliklarining natijasidir; 3) zaruriyat— narsa va hodisaning oldingi o‘zgarish va rivojlanishlari orqali qonuniy tayorlangan bo‘ladi; 4) zaruriyat' muqarrarlik xususiyatiga ega bolib, albatta yuz beradi; 5) zaruriyat umumiy xarakterga ega; 6) nihoyat, zaruriyat doimo qonuniyat bilan bog‘liq boladi.