Ijtimoiy gumanitar fanlar


-mavzu. Gnoseologiya – bilish haqidagi falsafiy ta’limot



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə17/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

3-mavzu. Gnoseologiya – bilish haqidagi falsafiy ta’limot
Reja
  1. Bilish jarayonining falsafiy tahlili. Bilishning subyekti va obyekti.


  2. Bilishning turlari. Bilishning asosiy bosqichlari: hissiy va mantiqiy bilish.


  3. Haqiqat to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotlar. Haqiqatning mezoni.


  4. Ilmiy bilish va uning usullari. Ilmiy bilishning asosiy shakllari. Ijtimoiy bilish va uning o‘ziga xos xususiyatlari.




Tayanch tushunchalar
Bilish, gnoseologiya, bilim, kundalik (empirik) bilim, nazariy bilim, bilish ob’ekti, bilish sub’ekti, hissiy bilish, mantiqiy bilish, ilmiy bilish metodlari, nazariya, haqiqat, nisbiy haqiqat, mutlaq haqiqat, ong, onglilik, avtomatizm, ongsizlik, ruhiyat, arxitip.


Bilish jarayonining falsafiy tahlili. Bilishning subyekti va obyekti. Insonning o'zini anglashi, atrofini qurshagan dunyoga munosabatlaridan biri — bilishdir.
Falsafa paydo bo'lgan paytdan boshlab, inson bilishning tabiati va mohiyatini nima tashkil qiladi, uning eng umumiy qonuniyatlari va xususiyatlari nimalardan iborat, degan savollarga javob qidirib va imkon doirasida izolilab keldi. Shu sababli,inson bilishining falsafiy muammolari bilan shug‘ullanmagan birorta ham oqim, birorta ham faylasuf yo‘q. Bir guruh faylasuflar insondan, uning ongidan tashqari dunyo mavjud emas, u faqat bizning ongimizda, bizning sezgi va idroklarimiz yig‘indisi (kompleksi yoki kombinatsiyalari)dan iborat, xolos, binobarin, biz o ‘z sezgi va idroklarimiznigina bila olamiz, degan fikrlami bildirishganlari ma’lum. Boshqa bir guruh faylasuflar esa insonning dunyoni va o‘zini bilishiga shubha bilan qaraydilar, inson dunyoni to‘liq bilolmaydi deyishib, inson bilishini cheklaydilar yoki dunyoni bilishni butunlay inkor qiladilar. ,,Skeptitsizm“ ta’limoti vakillari inson bilishining nisbiyligi, uning turli sharoitlar va vaziyatlar bilan bog‘liq ekanligini aytishib, hamma e’tirof qiluvchi, isbot talab qilinmaydigan inson bilimlarining bo'lishi mumkinligiga shubhalanadilar. Dunyoni bilishni qisman yoki butunlay inkor qiluvchi falsafiy ta’limot bo‘lgan agnostitsizm vakillari inson dunyoni bilishga qodir emas, degan g'oyani ilgari suradilar. Xususan, nemis faylasufi I.Kant esa, insondan va uning ongidan tashqarida obyektiv borliqning mavjudligini e’tirof qilgan holda, undagi predmet va hodisalanli ,niarsalar biz uchun “ va ,narsalar о‘zida “ga bo'ladi. Uning qarashicha, „narsalar biz uchun“ni inson bila oladi, „narsalar o‘zida“ni esa inson bila olmaydi. Kantning „narsalar biz uchun“i, bu — insonni qurshab turgan predmetlar va hodisalar, shu jumladan, tabiat ham. „Narsalar o‘zida“ esa: erkinlik, o‘lmaslik, Xudo va shu kabilardir. Ulami inson hech qachon to'liq bila olmaydi. Ilm va fan yutuqlariga asoslangan faylasuflar esa, insonning dunyoni va o'zini bilishini doimo e’tirof etib kelganlar. Qadimgi yunon faylasuflari inson dunyoni va o ‘zini bilishi, haqiqatga erishishi mumkin, deyishgan. Ular hissiy va aqliy bilishning roli haqida ham qimmatli fikrlar aytishgan. 0 ‘rta Osiyo mutafakkirlari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiylar ham insonning dunyoni va o ‘zini bilish masalasi haqida to'xtalib, inson tabiat va jamiyatni hamda o‘zini bilishga qodir, inson bilishi sezgi va idroklardan boshlanib, tafakkurga tomon rivojlanib boradi, inson aqli—faol, u bilishning asosiy qurolidir, deyishadi. Ular inson bilishi ma’lum narsalardan noma’lum narsalar tomon rivojlanib boradi, deb ko‘rsatishgan.
Tasavvuf falsafasi vakillari o‘z qarashlarida insonning hissiy bilishi tashqi bilishni, aqliy bilish esa ichki bilishni tashkil qilishini aytishib, ularning o‘zaro bog‘liqligini ham uqtirganlar. Shu bilan birga, ular inson dunyoni va o‘zini bilishi uchun ma’naviy kamolotga erishish quruq intilish bilan emas, balki o'qish, o'rganish, bilimlami va hunarlami egallash, jamiyatda boshqa kishilar bilan o‘zaro muloqotda va munosabatda bo'lish orqali yuzaga keladi, deyishadi

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin