Ijtimoiy gumanitar fanlar


Haqiqat to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotlar. Haqiqatning mezoni



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə19/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Haqiqat to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotlar. Haqiqatning mezoni. Insonriiilg borli4ni bilishidan asosiy maqsadlaridan bin — haqiqatni bilishdir. Xo‘sh, haqiqat nima? Haqiqat to ‘g ‘risidagi falsafiy ta’limot nimadan iborat?
Haqiqat masalasini ilmiy asosda hal qilishning yagona yo‘li — bu inson bilimlari bilan obyektiv borliqdagi real predmet va hodisalar o‘rtasidagi munosabatlarni ilmiy asosda yoritib berishdir. Haqiqat — inson bilimlarida borliqning to‘g‘ri in’ikos etishi, predmet va hodisalar asli qanday bo4sa, ularni inson o‘z miyasida xuddi shunday in’ikos ettirgan bilimlardir. Haqiqat — borliqdagi predmet va hodisalar yoki belgi va xususiyatlarning o‘zi emas, balki ular haqidagi inson bilimlarining o ‘sha predmet va hodisalarga, ularning belgi va xususiyatlariga mos kelishidir. Bu jihatdan haqiqat o‘zi ifodalangan bilimlarning mazmuniga ko‘ra subyektga, ya’ni biluvchi inson va insoniyatga bog'liq bo‘lmasada, lekin u o‘z ifodalanish shakli jihatdan subyektga bog'liq bo‘ladi. Haqiqatni bilish—murakkab jarayon. Bizning borliq haqidagi bilimlarimiz birdaniga, tayyor holda yuzaga kelmaydi. Biz predmet va hodisalarning avval tashqi tomonlarini, so‘ngra esa ichki tomonlarini bilib boramiz. Bunda bizning bilimlarimiz nisbiy haqiqatlardan mutlaq haqiqatga tomon boradi.
Nisbiy haqiqat — bizning borliqdagi predmet va hodisalar to‘g‘risidagi taxminan to‘g‘ri, lekin to‘liq bo‘lmagan, bilish jarayonimizda tuzatilib, to ‘ldirilib borishi lozim bo ‘Igan bilimlarimizdir.
Mutlaq haqiqat esa — borliqdagi predmet va hodisalar haqidagi to‘Iiq, aniq, mukammal bilimlardir. Bunday bilimlar inson tafakkurining obyektiga cheksiz yaqinlashib borishi asosida, cheksiz nisbiy haqiqatlarning jami sifatida qaror topadi. Bu jihatdan nisbiy va mutlaq haqiqatlar o ‘zaro charnbarchas bogliqdir, ular birbirlaridan ajralmasdir. Har qanday mutlaq haqiqat nisbiy haqiqatlarning cheksiz birligidan yuzaga keladi. Har bit nisbiy haqiqatda esa, mutlaq haqiqatning zarrasi, ulushi mavjud bo‘ladi. Shu asosda inson bilishi nisbiy haqiqatlardan mutlaq haqiqatga cheksiz yaqinlashib boradi. Bilimlar taraqqiyotida mutlaq haqiqat konkretlashadi. Ilm-fan taraqqiyotida har bir yangi bosqich, nisbiy haqiqatlar sifatida, mutlaq haqiqatning mazmuniga yangi-yangi zarralar qo‘shib boradi. Borliq bcpoyon va chcksiz bo‘Igani kabi, insonning uni bilishi ham cheksizdir. Nisbiy haqiqatlarning mutlaq haqiqatga cheksiz yaqinlashib bomvchi chcgaralari tarixan shartli bo‘lsa ham, lekin bu mutlaq haqiqatning mavjudligi shubhasizdir.
Dogmatizm — insonning borliqni bilishida bilimlaming mutlaq tomonlarini bo'rttirib, ularning nisbiy tomonlarini inkor etishdir. U faqat mutlaq haqiqatni e’tirof etib, bilimlarga o'zgarmas, qotib qolgan deb qaraydi. Bunday qarash insonning borliqni bilishiga, uni amaliy va nazariy o'zlashtirish va o'zgartirishiga to'sqinlik qiladi.
Relyativizm esa, bilimlaming nisbiy tomonlarini mutlaqlashtirib, inson bilimlari faqat nisbiy haqiqatlardan iborat, deb qarashdir. U mutlaq haqiqatni butunlay inkor qiladi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin