Ijtimoiy gumanitar fanlar


Bilishning turlari. Bilishning asosiy bosqichlari: hissiy va mantiqiy bilish



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə18/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Bilishning turlari. Bilishning asosiy bosqichlari: hissiy va mantiqiy bilish. Inson bilishini shartli ravishda bir necha turlarga bo‘lib o'rganish mumkin: dastlab, inson bilishini unda borliq qanday holda in’ikos etganligiga qarab, oddiy (kundalik) va ilmiy bilishlarga ajratish mumkin.
Oddiy (kundalik) bilish kishilarning kundalik hayotlarida borliqdagi predmet va hodisalarni bevosita o‘z sezgi a’zolari va tafakkurlari orqali bilishdir. U kishilarning kundalik hayotiy tajribalari, malakalari va amaliy ishlari orqali hosil bo‘lib, odatda ,,sog‘lom fikrlar“da o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Oddiy bilish hamma kishilarga xos bilishdir.
Ilmiy bilish esa, oddiy (kundalik) bilishdan farqlanib, borliqdagi predmet va hodisalaming qonuniyatlarini, ulaming mohiyatini bilishdir. Ilmiy bilish, odatda maxsus ilmiy tadqiqotlar olib borish asosida amalga oshadi, ya’ni bu ish bilan hamma kishilar emas, balki bir guruh yoki alohida kishilar: tadqiqotchilar, olimlargina shug‘ullanadilar. Bundan tashqari, ilmiy bilish uzoq davom etadigan, muayyan usullar va yollar bilan amalga oshiriladigan murakkab, ziddiyatli jarayondir.
Bilishni hissiy, mantiqiy intuitiv, g ‘oyibona kabi ko‘rinishlarga ajratish maqsadga muvofiqdir.
Hissiy bilish deyilganda,odatda, insonning his qilishi, sezgi a’zolari orqali predmet va hodisalarni, ularning tashqi tomonlarini, tashqi belgi va xususiyatlarini bevosita bilish tushuniladi. Insonning bu bilishi, deyarli hayvonlarga ham xos,lekin ular tub farqlarga ham ega.
Mantiqiy bilish esa insonning predmet va hodisalarni tafakkur orqali umumlashtirib, mavhumlashtirib va konkretlashtirib, ularni fikrda bilishidir.
Intuitiv bilish esa, odatda kishi biror narsa yoki hodisa haqida muayyan tasavvurlar va bilimlarga ega bo‘lgan, uning fikri ma’lum muammo yoki masalani yechishga yo‘naltirilgan, shu asosda o ‘z fikrini rivojlantirayotgan bir paytda ro‘y beradi. Intuitiv bilish inson bilish jarayonming muhim jihatini tashkil qiladi va uning borliqni bilishida muhim rol o'ynaydi. Intuitiv bilish hissiy va mantiqiy bilishlardan farq qilib, o‘z tabiatiga ko‘ra, hech bir bevosita hissiy idroksiz va mantiqiy muhokamasiz yangi tasawur yoki yangi fikrning birdaniga, kutilmaganda tug‘ilishidir.
Qadimdan g ‘oyibona bilish haqida ham turli fikrlar mavjud. G ‘oyibona bilish inson bilishining shunday turiki, bunda kishi uzoq masofadan turib sodir bo‘lgan yoki bo‘ladigan hodisa va voqeani bilish, his qilish, bu hodisa va voqeaning qanday sodir bo‘lishi unga ayon bo‘ladi. Kishilarbiron ishni qilmoqchi bo‘lsalar, bu ishning natijasi haqida oldindan „shunday bo'lishi kerak, bunga men qat’iy ishonaman“, „shunday bo‘ladi’ deb o ‘ylayman“ yoki „oldindan yuragim sezgandi“, ,,oyog‘im tortmagandi“, „negadir ko‘nglim g‘ash“ degan fikr-mulohazalarni aytishadi. G'oyibona bilishning hozircha mexanizmi fanga ma’lum emas. Shu sababli, ko‘pincha, g‘oyibona bilishni kishilar ilohiylashtirib, bunday bilish faqat aziz-avliyolarga, alohida, g‘ayritabiiy xususiyatlarga ega kishilarga xos, deb qarab kelishmoqda.
Inson bilishini ijtimoiy hodisalar bilan boglanishiga ko‘ra: mifologik, diniy, falsafiy, badiiy-estetik bilishlarga ajratish ham mumkin, ular bilish sohalarining turli tomonlarini tashkil qiladi.
Inson bilishi hissiy bilishdan — aqliy bilishga, jonli mushohadalardan — abstrakt tafakkurga tomon va, aksincha, yo'nalishlardan iborat dialektik jarayon hisoblanadi. Bundagi hissiy va aqliy bilish bir-birlari bilan chambarchas bog‘liq ikki: ,,quyi“ va ,,yuqori“ bosqichlaridir.
Hissiy bilish — inson bilishining dastlabki birinchi bosqichi bo‘lib, inson bilish jarayoni ayni shu bilishdan boShlanadi. Natijada, miyada predmet va hodisalaming belgilari, signallari va hissiy obrazlari hosil boiadi. Hissiy bilish bosqichi: sezgi, idrok vatasavvur kabi shakllarda sodir bo‘ladi.
Sezgi — hissiy bilishning dastlabki shakllaridan bo‘lib, borliqni bilislming o‘ziga xos ko‘rinishidir. Sezgi va sezgilar insonning sezgi a’zolarida borliqdagi predmet va hodisalarning bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida yuzaga keladigan hissiy obrazlardir.
Idrok — horliqdagi predmet va hodisalarni yaxlit holda, bir butun ko‘rinishda, ularning hamma asosiy tashqi belgi va xususiyatlarini umumlashtirgan holda in’ikos ettiruvchi hissiy bilishning nisbatan yuqoriroq shaklidir. Idrok — predmet va hodisalarning bir butun yaxlit hissiy obrazdir. U his qilish va sezgilar shakllaridagi obrazlami jamlab ifodalovchi xususiyatga ega. Biroq, insonning hissiy bilishi idroklar shakllarida yuzaga kelgan hissiy ma’lumotlar inson miyasida qayta ishlanib, hissiy bilishning yangi, yuksak shaklini hosil qiladi. Bu — tasavvurdir.
Tasavvur — ilgari idrok etilgan, ammo, ayni vaqtda, bevosita idrok etilmayotgan predmet va hodisalarning inson miyasidagi qayta ishlanib, tiklangan hissiy obrazdir. Tasawurning o'ziga xos xususiyati shundaki, u borliqdagi predmet va hodisalar bilan, ayni vaqtda, bevosita bog‘lanishda bo‘lmagan holda ularning ilgarigi paydo bo‘lgan obrazlari asosida qayta tiklanishidir. Ammo inson o‘z tasawurida, shu bilan birga, oldin idrok etilgan predmet yoki hodisaga, ularga o ‘xshash yangi predmet va hodisalarning hissiy obrazlarini ham hosil qilishi mumkin.
Mantiqiy bilish — predmet va hodisalarning mohiyatini bilishdir. Insonning borliqni aqliy bilishi — bu uning tafakkuri orqali borliqdagi predmet va hodisalarni fikr shakllarida bilishdir. Aqliy bilish — borliqdagi predmet va hodisalarning inson miyasidagi umumlashgan, mavhumlashgan va konkretlashgan fikriy ifodalanishidir.
Mantiqiy bilishda inson tafakkuri borliqdagi predmet va hodisalarning ichki bogManishlari va aloqadorliklarini, ularning harakat, o ‘zgarish va rivojlanish qonunlarining ma’lum fikr shakllari — hukm, tushuncha va xulosalarda ifodalaydi. Bunda hissiy bilish obrazlari tafakkur uchun material' bo‘lib xizmat qiladi. Tafakkur o‘zida hissiy bilish bergan ma’lumotiarni qayta ishlab, ulami-umumlashtirib, mavhumlashtirib, ayni bir vaqtda, aniqlashtirib, analiz va sintez qilib, aniqlikdan mavhumlikka va yana undan aniqlikka keltirib, ma’lum hukmlar, tushunchalar va xulosalarni hosil qiladi.Tafakkur hosil qilgan aqliy bilishning bu fikriy shakllari tilda so‘zlar va gaplarda ifodalanadi.
Aqliy bilishning dastlabki shakli hukmlardir. Hukm — mantiqiy bilishning shunday fikriy shakliki, unda borliqdagi muayyan predmet va hodisalar, ular o ‘rtasidagi bog'lanish va aloqadorliklar haqida tasdiq yoki inkor fikr ifodalanadi-yu, inson o ‘z tafakkurida bir yoki bir necha hukmlarni mantiqiy o‘zaro bog'lab, turli usullar asosida ularning eng muhim xususiyatlarini ajratib olib, biror tushuncha hosil qiladi. Mantiqiy bilishning navbatdagi shakli tushunchadir
Tushuncha — predmet va hodisalar, ularning muhim va zaruriy belgi va xususiyatlarining umumlashtirilgan, mavhumlashtirilgan va, ayni choqda,aniqlashtirilgan filmy obrazidir. Masalan, ,,Inson“ tushunchasini olaylik. Bu tushuncha hamma kishilikjamiyatiga xos bo‘igan, mehnat qiluvchi, mehnat qurollari va mehnat vositalariiii yaratuvchi hamda ular asosida moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiquvchi, ong, tafakkur, til va nutq kabi muhim va zarur belgi va xususiyatlarga ega bo‘lgan bioruhiy ijtimoiy mavjudotning fikriy ifodasidir.
Xulosa chiqarish esa,mantiqiy bilishning shunday shakliki, unda bir yoki bir necha hukmlar asosida yangi hukm — yangi fikr hosil bo‘ladi. Shunday qilib,- insonning bilish jarayoni hissiy bilish shakllari: his etish, sezgi, idrok va tasavvurlardan boshlanib, aqliy bilish shakllari: hukm, tushuncha va xulosa chiqarish shakllarida tafakkurda qayta ishlanib, bilishning ,,quyi“ bosqichdan ,,yuqori“ bosqichi tomon ko‘tarilib boradi,

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin