Ilmiy g‘oya — ilmiy bilishning birinchi shaklidir. G‘oya — tadqiqot maqsadini, uning yo‘naIishi va mohiyatini ifodalaydigan ilmiy bilish shaklidir. G'oya o ‘z tabiatiga ko‘ra — fikrdir, u tadqiqotchi miyasida uning amaliy va nazariy faoliyati asosida paydo bo‘lib, borliqning to‘g‘ri yoki xato in’ikosidir.
Muammo — ilmiy bilishning hali bilib olinmagan va hal qilinmagan, lekin bilinishi va hal qilinishi lozim bo‘Igan bilim shaklidir. Muammo, odatda,tadqiqotchining biror bilish obyektiga oid yangi dalillarni to'plagan, lekin bu dalillarni mavjud bilimlari bilan izohlashi mumkin bo'lmaganda, bu dalillar eski bilimlar tizimiga sig‘may, o‘zlarining yangicha bayonini talab qila boshlaganda tug‘iladi. Muammoning tug'ilishi va qo‘yilishi ilmiy bilish jarayonining eng muhim momentlaridan biridir. Muammoni aniqlash — ilmiy bilishda ishning yarmini hal qilish demakdir.
Ilmiy bilish jarayonida muammolarni hal qilishda k o ‘plab gipoteza (faraz)larning paydo bo‘lishi mumkin. Gipoteza — tekshirilayotgan predmet yoki hodisa to‘g‘risida ilgari surilgan, ilmiy jihatdan asoslangan, ilmiy dalil va ma’Iumotlarga zid bo‘lmagan, lekin haqiqatligi hali isbotlanmagan ilmiy bilish shaklidir.
Nazariya — ilmiy bilishning eng yuqori shaklidir. Nazariya dcyilganda haqiqatligi amaliy yoki nazariy jihatdan isbotlangan, borliqning biror sohasiga oid g‘oyalar, qarashlar, qonunlar va prinsiplarning muayyan tizimi tushuniladi. Nazariya fan sohasiga oid bo‘lib, ma’lum bilimlarning umumlashtirilishi asosida paydo boiadi. Ilmiy bilishda nazariyaning asosiy vazifasi amaliyot bergan yangi dalillarni izohlash, o'rganilayotgan predmet yoki hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirish, ro‘y beradigan voqea va hodisalarni oldindan ko'ra olishdan iboratdir.
Bashorat — insonning kelgusida tabiat va jamiyatda, nimalar sodir bo‘Iishi, qanday hodisa va voqealar yuz berishini bilishi bo‘lib,inson miyasining borliq voqea va hodisalar istiqbolini oldindan aks ettirish qobiliyati bilan bog‘liq jarayondir. Inson biror faoliyatini boshlar ekan, buni qanday qilib amalga oshirish, qay tarzda va qanday tartibda qilish kerakligi ustida fikrlaydi. Shu asosda o‘z faoliyatining qanday natijalarga olib kelishini fikran belgilab oladi. Inson doimo o'zining oldin orttirgan bilimlariga, tajriba, ko'nikma va malakalariga tayanadi. Shular asosida oldindan ko‘rish sodir boMadi. Ilmiy bashorat —tadqiqotchi yoki olimning tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyoti qonunlariga asoslanib, kelgusida yuz beradigan hodisa, voqea yoki jarayonni oldindan aytishidir.
Ijtimoiy bilish — insonning ijtimoiy borliqni ma’lum maqsad asosida о‘zlashtirishidir. U, tabiatni bilishdan farqli o'laroq, faqat jamiyatdagi moddiy, ijtimoiy faoliyatlar va munosabatlarni hamda ularning qonunlarini bilishdan iborat bo‘lmasdan, ma’naviy, mafkuraviy va munosabat qonuniyatlarini bilishni ham o‘z ichiga oladi.Ijtimoiy bilish, shu bilan birga, insonning o ‘zini ham, uning tabiati va jamiyatdagi o'rnini, taqdiri, hayotining ma’nosi va mazmunini bilishdan ham iboratdir.