d) Taraqqiyotda vorislik va davomiylik (inkorni inkor). Taraqqiyot vorislik va davomiylik, inkorni ihkor etish yo'li bilan amalga oshib boradi. Bu muammoni o'rganishni „inkor" tushunchasi nimani ifodalashini aniqlab olishdan boshlash lozim.
Borliqning hamma sohasida doimo eski, umri tugayotgan narsa va hodisalarning barham topishi, yangi narsava hodisalarning vujudga kelish jarayoni sodir bo‘lib turadi. Bundagi eskining yangi bilan almashinishi inkor deb ataladi.
Dialektik inkorga ko‘ra, taraqqiyotning ,,spiralsimon“ xarakteri o‘zining quyidagi uch jihatiga ega: birinchidan, inkorni inkorda, dastawal, narsa va hodisalar abadiy о‘zgarmasdanqola olmasligi, davrning o‘tishi bilan har bir narsa va hodisa o‘zgarishi, bu o‘tishda yangining paydo bolish mexanizmini ochib beradi. Buni destruksiya deyiladi. Ikkinchidan, u yemirilayotgan (inkor etilayotgan) narsa bilan paydo bolayotgan yangi narsa o'rtasidagi o‘zaro bogliqlikni, ularning bir-biriga bolgan munosabatini ochib beradi. Buni kummulatsiya deyiladi. Uchinchidan, inkor etilayotgan narsa oldin erishgan yutuqlarni, uning rivojlanishga qodir bolgan ba’zi belgi va xususiyatlarini saqlab qolish, ulardan foydalanish asosida yuz beradi. Buni konstruksiya deb yuritiladi. Shu asosda о‘zgarish, rivojlanish sodir boladi. Bundan inkorni inkorning muhim belgisi, ya’ni narsa va hodisalarning ilgarilab rivojlanishi, yangilikning yengilmasligi mantiqan o‘z-o‘zidan kelib chiqadi.
Takrorlash uchun savollar: 1. Ontologiya - borliq falsafasi haqida nimani bilasiz? 2. Falsafada substantsiya va materiya muammosi? 3. Tabiat deganda nimani tushunasiz? 4. Tabiat va jamiyat, ularning o’zaro aloqasini gapirib bering? 5. Mikrodunyo, Makrodunyo, Megadunyo nima? 6. Yerda hayot va biosotsial evolyutsiyani gapirib bering? 7. Ekologik muammolar va ekologik tarbiya haqida gapirib bering? 8. Borliqning atributlari deganda nimani tushunasiz?