25
sog’lom fikr nuqtai nazaridan yondashuv,
muvofiqlashtiruvchi
maslahat, intizom,
personalga
haqqoniy
munosabat,
dispetcherlik, me’yor va jadvallar
sharoitlarini
normallashtirish,
mukofotlash. Emerson boshqaruv va
ishlab
chiqarishni
tashkil
etish
masalalarini hal etishda kompleksli
yondashuv zarurligini birinchi bo’lib
ko’rsatdi.L.Urvik, A.Fayolning asosiy
holatlarini
rivojlantirdi
va
chuqurlashtirdi. U asosiy e’tiborni rasmiy
tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqishga qaratdi:
Odamlarning tuzilmaga mosligi.
Maxsus va bosh shtabni tuzish.
Huquq
va mas’uliyatni qo’yilishi.
Nazorat kengligi.
Maxsuslashtirish.
Aniqlik.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishni mukammallashtirish
bilan G.Ford shug’ullangan. U F.Teylor tizimidan foydalanishda olg’a qadam
bosdi va uni keng ishlab chiqarishda qo’lladi.
Shu maqsadda Ford quyidagi boshqaruvni tashkil etish tamoyillarini qo’lladi:
Butun ishlab chiqarish jarayoni, uning pog’onalari va aloqalarini aniq
rejalashtirish va hisob-kitob;
Ish sharoitlarini rejalashtirish va hisobga olish;
Hom ashyo, materiallar, mexanizmlar, ishchi kuchi tayyorlash;
Ishlab chiqarishni standart texnologiya bo’yicha amalga oshirish
Ishlab chiqarishni mukammallashtirish yo’llarini doimo izlash;
Klassik boshqaruv maktabining keyingi rivojlanishi ikki asosiy yo’nalishda
bordi:
ishlab
chiqarishni
maqbullashtirish
va
boshqaruvning
umumiy
muammolarini tadqiq etish. Bu borada G.Emerson, L.Urvik, M.Veber, G.Ford
ishlarini ta’kidlash lozim.
Dostları ilə paylaş: