«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Shaxs va jamiyat o’rtasidagi qarama-qarshiliklar



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

1.4.Shaxs va jamiyat o’rtasidagi qarama-qarshiliklar 
Ijtimoiy boshqaruv nazariyasining bugungi kundagi imkoniyatlari va uning 
moddiylashgan natijalari o’rtasidagi qarama-qarshiliklar qiskarmayapti, balki 
ortmoqda. 
Zamonaviy dunyoning global qarama-qarshiliklaridan biri bo’lib, ijtimoiy 
taraqqiyot sur’atlarining ilmiy texnikadan ortda qolib ketishi hisoblanadi. Fan va 


13 
texnika sohasidagi yutuqlar muvozanatlashtirilgan ijtimoiy kenglikni qurish uchun 
qulay imkoniyatlar yaratmoqda. Zamonaviy texnik vositalar, gen injeneriyasi 
usullari, meditsina yutuqlari insoniyatni kasalliklardan saqlashga, ochlarni 
to’ydirishga qodir. Bu bir tomondan insonning tabiat ustidan cheksiz hukmronligi 
istiqbolini ochsa, ikkinchi tomondan insoniyatning er yuzidagi hayot uchun ortib 
borayotgan ma’suliyatidan dalolat beradi. 
Afsuski, insonning tabiatga texnik va biologik ta’sirining tezligi va chastotasi, 
uning resurslaridan ayovsiz foydalanishi, doimo o’sib boruvchi energiya ishlab 
chiqarish sur’atlari oliy ne’matlar va insonning mavjudligi bilan hech mos 
kelmasligi va aksincha, borgan sayin ular bilan qarama-qarshilik ortib bormoqda 
va insoniyatga juda og’ir oqibatlar xavfini solmoqda. Agar ijtimoiy boshqaruv 
sub’ektlari - Erdagi barcha xalqlar, ularning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy 
institutlari texnik va biologik taraqqiyot o’sish sur’atlarini quvib o’tmasa, 
ochilayotgan imkoniyatlarga etarlicha e’tibor bermasa, ijtimoiy rivojlanishni tabiiy 
va texnik muhitning o’zgaruvchan tashqi sharoitlariga moslashtirmasa, yaqin 
kelajakda insoniyatning halokati ehtimoli bor.
Bugungi kunda, dunyoning tirik qolishining asosiy sharti bo’lib, ijtimoiy 
taraqqiyot sur’atlarini tezlashtirish, uning ijtimoiy etukligini oshirish, zamonaviy 
fikrlashni, ijtimoiy kenglikda innovatsion resurslarini nazorat qilish shuningdek, 
ijtimoiy menejment vositalarini nazorat qilishga kiritish hisoblanadi.
Zamonaviy dunyoda boshqaruvning asosiy sub’ektlari bo’lib siyosiy 
institutlar, 
davlat 
hokimiyati, 
alohida 
siyosiy 
etakchilar 
hisoblanadi. 
Tsivilizatsiyaning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyotning yo’nalishlari ko’p tomondan 
ularning ijtimoiy madaniyati va siyosiy hulq-atvoriga bog’liq. Bundan ko’rinib 
turibdiki, ularning faoliyati va fikrlash qobiliyati bugungi kunda yangi 
madaniyatning to’ldirilishi, texnologik, gumanitar, ekologik, siyosiy, boshqaruv 
tizimining barchasini tashkil etishning rivojlanishi nimaga asosan kechishi va 
boshqaruvchanlikni talab etmoqda.
Tsivilizatsiya bugungi kunda shunday etuklik, aqliy tajriba boyligi
darajasiga etdiki, u xavf solayotgan ijtimoiy falokatlarni oldindan ko’rish, 
portlashlarni oldini olish, o’tkir mojarolarni yumshatish, ularni o’z vaqtida hal 
qilish uchun sharoit yaratish va albatta ijtimoiy taraqqiyot yo’lidan borishga qodir. 
Ijtimoiy kenglikni muvozanatdan chiqaruvchi asosiy sabablar kanday?
Ular bir nechta: 
1
insonni o’rab turuvchi iqtisodiy tuzilmalarni rivojlanmaganligi; 
2
ijtimoiy ustivorlikning buzilishi; 
3
jamiyat muammolarini echishni demokratik usullarini ta’minlab bera 
olmaydigan siyosiy tuzumini shunday siyosiy tashkil qilish xarakteri; 
4
past ma’naviyat, faoliyat yuritayotgan sub’ektlarning boshqaruv 


14 
madaniyati pastligi. 
Oxirgisida batafsil to’xtalamiz. Bu borada ijtimoiy kenglikni muvozanatdan 
chiqishga ikki omil ta’sir qiladi. Birinchidan, jamoaviy ongning shakllanmaganligi. 
Ilmiy bilimlarni jamiyatni ijtimoiy loyihalashning innovatsion usullariga ta’sirini 
ta’minlab beradi. Ikkinchidan, ilmiy mahsulotlarni ijtimoiy boshqaruv amaliyotiga 
joriy qilayotgan barcha boshqaruv sub’ektlari tomonidan mavjud innovatsion 
usullariga e’tibor berilmayotganligi. Bugunda bir-biri bilan bog’liq bu ikki omil
yaqqol ko’zga tashlanmoqda. 
Shunday deyish mumkinki, sotsiologiya yangilanishni talab qilyapti. U 
an’anaviy tashhis funktsiyalaridan doimo o’zgaruvchan ijtimoiy tizimni
o’rganishga o’tishi kerak. XX asrning oxiri XXI asrning boshi tezlashgan ijtimoiy 
jarayonlar, dinamik ijtimoiy o’zgarishlar davri. Boshqaruvning innovatsion 
usulisiz bizni biz bilmay milliy chegaralar talofati kutmoqda. 
Shuning uchun, XXI asr chaqirig’iga munosib javob berish uchun ijtimoiy 
kenglikni o’zlashtirishning innovatsion usuli, har xil ijtimoiy o’zgarishlarni faqat 
o’rganib va oldindan aytib beribgina qolmay, balki amaliy hayotga faol ta’sir 
qilish, bashorat qilingan ijtimoiy natijalarni olish, murakkab ijtimoiy tizimlarning 
rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishga qodir vositalar izlash zarur. 
Jamiyat holatiga, ijtimoiy kasalliklarga tashhis qo’yish emas, balki ijtimoiy 
jarayonlar va hodisalarga ta’sir qilish, ularni loyihalash tobora sotsiologiyaning 
predmetiga aylanib bormoqda. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin