15
strategik va taktik
masalalar maqbul munosabatini, ularning bosqichliligini
aniqlashga qodir ijtimoiy dasturlar, loyihalar bajaradi.
Ijtimoiy loyiha o’zida dasturnig shunday xilma-xilligini ko’rsatadiki, unda
nafaqat dolzarb yo’nalishlar, umumiy masalalar, balki maqsadga erishish
muddatlari, obyektning rivojlanishini chuqur o’rganish
asosida bajaruvchilar
harakatlari va ijtimoiy normativlardan foydalanish aks ettirilishi kerak. Bir so’z
bilan aytganda, loyiha ijtimoiy masalalarni chuqur ishlab chiqish bilan
xarakterlanadi va nafaqat ijtimoiy tashhis, balki tashkiliy - boshqaruv (texnologik)
ta’minotni ham o’z ichiga oladi.
Deformatsiyalangan ijtimoiy boshqaruv vositalari va maqsadlardan boshlash
kerak. Shunisi qiziqki, rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy
ijtimoiy boshqaruv
nazariya va amaliyotiga - hayot ne’matlari ishlab chiqarish maqsadlaridan yuqori -
degan marksistik g’oya keng kirib keldi. Amerika va yapon adabiyotlarida
boshqaruv g’oyasi natijalar bo’yicha muhokama qilinadi va boshqaruvning
amerikancha tizimi maqsadlar (foyda,
daromad, kapital) bo’yicha qoniqarsizligi aytiladi.
Farbda natija tushunchasi deganda, inson omili,
ijodiy imkoniyatlar,
rivojlangan fikrlash, tashkilotning rivojla-nishi, o’z-o’zini boshqarish, shaxslararo
munosabatlarni mustah-kamlash tushuniladi va ayniqsa natijaning ijtimoiy qismini
olish mexanizmi ishlab chiqiladi. Bu mexanizm
odamlarni boshqarishga emas,
balki, insonning aqliy va jismoniy kuchlarini erkin rivojlanishi uchun sharoit
yaratishga, yashash sifati, ijtimoiy tizimni tashkil etish darajasini oshirishga,
mehnatni direktiva, ko’rsatmalar
bilan emas, balki, mehnatnig o’zi, uning ijodiy
mazmuni, moddiy va ma’naviy omillar bilan rag’batlantirishga yo’naltirilgan.
Farbda joriy qilinayotgan ijtimoiy boshqaruv tizimlari, shuningdek, natijalar
buyicha (fan tajribasi) ham nafaqat
ijtimoiy natijaga erishishga, balki, uning
natijasini boshqaruv-tashkiliy tomondan ta’minlashga yo’naltirilgan.
Ijtimoiy menejmentning mohiyati shundan iborat bo’lib, uning zamonaviy
nazariya va amaliyoti shakllanmoqda.
Shunday qilib, zamonaviy usullar yordamida ijtimoiy resurslar va ijtimoiy
qobiq, ijtimoiy jarayonlarni samarali boshqarish zaruriyati hakida fikr
yuritilmoqda.
Qisqa
xulosalar
Ilg’or o’zgarishlar davri – menejerlik inqilobi davri. Menejerlik inqilobining
sabablari. Boshqaruv madaniyatining yangi ko’rinishlari va ularning mazmuni va
mohiyati. Tashkilotchilik madaniyati.
Dostları ilə paylaş: