«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


 Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:

jismonan sog‘lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, 
qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, 
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish; 

o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga 
joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish; 


10 

yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda 
amalga oshirish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini 
shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish; 

yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va 
ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish; 

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning 
samarali faoliyatini tashkil etish. 
Aholining hayot darajasi va sifatini izchil oshirilishini ta’minlash ana shunday 
yo’nalish va vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi. 
1.3.Ilg’or o’zgarishlar davri. 
Biz yashayotgan davr bu dinamik o’zgarishlar davri. Barcha jarayonlar juda 
tez va qarama-qarshi rivojlanmokda. Bunday vaziyatni amerikaliklar «chaqiriq» 
so’zi bilan ataydilar, u o’zida ma’lum imkoniyatlar va taxdidlarni 
mujassamlashtiradi.
 
Juda xavfli tendentsiyalar ichida quyidagilar asosiy bo’lib hisoblanadi:
a) sayyoramiz tabiiy muxitida sodir bo’layotgan o’zgarishlar (biologik xilma-
xilliklarning tez yo’qolib ketishi, «bug’xona samarasi»ning oshishi va uning 
natijasidagi iqlimning o’zgarishlari, ozon qatlamning emirilishi, o’rmon 
maydonlarining qisqarishi, er, suv va atmosferaning inson faoliyati chiqindilaridan 
zaharlanishi). 
b) har xil mamlakatlar o’rtasida va alohida mamlakatlar ichida ijtimoiy 
farqlanishning tez o’sishi. Bu resurslar uchun kurash bilan uyg’unlashib joriy 
mahalliy mojarolar va global xavfni keltirib chiqarmoqda. 
v) sayyoraning resurs imkoniyatlari qisqarib borayotgan paytda er aholisining 
tez ko’payishi. 
g) qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanish rejimining buzilishi, 
kelajak avlod manfaatlarini zamondoshlar tomonidan hisobga olmaslik. 
Shuning uchun, shunday xavf paydo bo’lmoqdaki, uning markazida 
insonning zavol topishi, uning jamiyat bilan aloqasida madaniyat va 
ma’naviyatining emirilishi yotadi. 
Shaxs va jamiyat o’rtasidagi qarama-qarshilik dunyoning muvozanatdan 
chiqishining asosiy sababi hisoblanadi. U bugungi kundagi ijtimoiy portlashlar va 
halokatlar o’sishiga imkoniyat yaratib bermoqda. Bu dunyo oldida turgan dolzarb 
muammolardan biri bo’lib uning echimiga ijtimoiy rivojlanish sur’atlari va 
ma’naviy tamoyillar ko’p jihatdan bog’liq. 
Tabiat ustidan hukmronlik qilishga intilish insoniyatni ijtimoiy va tabiat 
olamini shunday shakllantirdiki, bugungi kunda ko’pchilik odamlar o’zlarining 
yashab o’tgan umrlaridan qoniqish hosil qilmaydilar, hayotda o’zlariga o’rin topa 


11 
olmaydilar. Ko’pgina nohaqliklarni ko’radilar, lekin hech narsani o’zlariga 
olmaydilar; ular o’zlarini ijodiy faoliyatga bahsh etishni xohlaydilar, lekin butun 
umrlarini hayot uchun pul ishlashga sarf qiladilar. XXI asr yangi madaniyatni va 
insonning yangi tipini bunday asosda yaratib bo’lmasligidan bugungi ilmiy 
tadqiqotlar dalolat beradi. 
Lekin bunday qarama-qarshilikni anglash juda qiyin kechadi. Ha, menejerlik 
(boshqaruv) inqilobi XX asrning ikkinchi yarmida etakchi mamlakatlarning tezkor 
rivojlanishidagi, bozor munosabatlarini amalga oshirish, tanazullarni engib 
o’tishda, bozor munosabatlarini takomillashtirishda ko’plab bozor sub’ektlari va 
mulkning ko’rinishlarini paydo bo’lishida asosiy omil bo’ldi. Menejerlik inqilobi 
ta’sirida ko’p zamonaviy tsivilizatsiyalar mashhur ijtimoiy natijalarga erishdilar.
Tadbirkorlik hamda boshqaruvning yangi madaniyati shakllanmoqda. Uning 
mazmuni nimada? Birinchi navbatda, unda oqilona boshqarish, bilim, ilmiy 
loyihalashtirish va dasturlash, matematik va ijtimoiy modellashtirishni oqilona 
tadbiq etish alohida ahamiyat kasb etadi. Ilmiy boshqaruvning bu usullari ijtimoiy 
resurslar, «inson omili» resurslaridan to’liq foydalanishga qaratilgan. Boshqaruv 
bilimlarining, boshqaruv kontseptsiyalarining, loyiha va dasturlarning shakllanishi 
mahalliy hamjamiyatlar yutug’i natijasida mahalliy menejment tez rivojlanmokda. 
Millionlab boshqaruvchilar (menejerlar) miyasida sifat o’zgarishlari sodir bo’lib, 
ular mutaxassislarga aylanib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
sur’atlariga samarali ta’sir qilmoqda. Moliya institutlari va tijorat tashkilotlarining 
shaxsiy egalari soni ortmoqda. Shartnoma asosida yollangan va boshqaruv 
faoliyatiga mas’ul bo’lgan har bir mahalliy menejer o’z ishi natijalariga ko’ra 
boshqaruv 
sohasida 
kichik 
bir 
tadbirkorga 
aylanadi. 
Shunday 
qilib, 
tadbirkorlikning yangi turi - menejerlik shakllanadi.

Bu jarayon keng doirada sodir bo’lib, butun boshqaruv tizimida o’z o’rnida 


negizidan o’zgartirib va uni maqsadli qiladi: aholi-aktsiyadorlar-kengash-
menejment. Natijada, menejerlar keng vakolatlarga ega bo’ladi, lekin berilgan 
vakolatlarga aholi oldida javobgar bo’ladilar jahon tajribasiga binoan, bu nafaqat 
menejerning, balki mahalliy ma’muriyat va mansabdorlar apparatining ham 
mas’uliyatli va professional jamoasini tuzishning eng samarali usulidir. Menejment 
va korporatizm tamoyillariga asosan aholi ma’muriyat va menejerlarning mahalliy 
hamjamiyatini rivojlanish maqsadlarini belgilab berib, uning davlat 
tashkilotlarining mahalliy organlariga xisobot topshirishini kafolatlaydi. Bu 
ijtimoiy boshqaruv tashkilotining asosiy tamoyili sifatida ishtirok etmay, balki 
tadbirkorlikni zamonaviy boshqaruv madaniyatini amalga oshirish mexanizmi 
sifatida ishtirok etadi.
Rivojlangan kichik tadbirkorlik yordamida, birinchi navbatda innovatsion, 
ilmtalab sohalar yordamida butun jamiyat hayotini ma’naviyat va 


12 
boshqaruvchanlik asosida sog’lomlashtirish uchun sharoit yaratildi. XXI asrda bu 
tendentsiyani yanada kengaytirish talab qilinadi, sababi bu asrda ijtimoiylashuv va 
ma’naviyat usti iqtisodiyot emas, balki jamiyat taraqqiyoti, uning maqsadlari va 
extiyojlari boshqaradi.
Jamiyatda, oxir-oqibat shunday xaqiqatni anglash sodir bo’ladiki, uning 
muvozanati juda boylar va juda qashshoqlar daromadlarida 10 martalik farq 
bo’lishi mumkin emasligiga olib keladi. Aholining 10%dan kami qashshoqlikda 
obyektiv sabablar bo’yicha yashashi mumkinligi tobora oydinlashmoqda. Ko’pgina 
rivojlangan mamlakatlar uchun bu kritik nuqta xisoblanadi.
Muammoni tushunish, joriy rivojlanish tendentsiyalarining namoyon bo’lishi, 
ularni hal qilishning yangi usullarini ham keltirib chiqaradi. Ular boshqaruv 
sohasida yuzaga kelib, strategik va taktik xarakterga ega. Boshqaruv organlari 
shuningdek, davlat aholi ijtimoiy himoyalash choralarini ishlab chiqmoqda. Bu 
bozorni yanada ijtimoiy cheklashga imkon beradi. 
Boshqaruvning bosh obyekti - davlatga yangi talablar qo’yilmokda. Bu o’z 
navbatida mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining moddiy-moliyaviy va 
huquqiy bazasini mustahkamlaydi, qachonki faqat tabiat resurslaridan emas, balki 
hududiy resurslaridan (ijtimoiy, madaniy - ma’naviy, boshqaruv) to’g’ri 
foydalanganda.
Ular hukumat va boshqaruvning yuqori pog’onalarida ular vazifalariga xos 
bo’lmagan asos topadi va boshqaruvning zamonaviy usullariga e’tibor qaratishga 
imkon beradi. Hozirda mahalliy hamjamiyatlar, alohida tashkilot yoki firma, 
axborotlar, texnologiyalar, ma’lumotlar banki asosida korporativ maqsad 
natijalariga asoslangan xolda o’zining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqmokda. 
Shuning uchun, jamiyatda boshqaruv madaniyatining o’rnatilishining tezlashgan 
jarayoni amalga oshirilmoqda, «pastdan yuqoriga» kontseptual fikrlash amalga 
oshirilmoqda. Hayotda sinalgan dasturiy-maqsadli va boshqaruvning bashorat 
usullari uning hamma bosqichlarida boshqaruv faoliyatining me’yoriga 
aylanmoqda. 
Ijtimoiy taraqqiyotning rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi, ijtimoiy 
muvozanatni buzishning asosiy sababi bo’lib, ijtimoiy boshqaruv tizimining 
rivojlanmagani, ijtimoiy menejmentning samarasizligi, uning nazariya va 
amaliyotini o’zlashtirishdagi etishmovchiliklar hisoblanadi. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin