«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Nazorat savollar:
1. Menejerlik inqilobining sabablari nima? 
2. Menejerlik inqilobining o’zi nima? 


16 
3. Menejerlik madaniyati, uning mazmuni va mohiyati. 
4. Ijtimoiy menejment nima? 
5.
 
Ijtimoiy loyihaning mazmuni? 
6. Shaxs va jamiyat o’rtasidagi qarama-qarshiliklar nimalardan iborat? 
 
Tayanch so’z va iboralar
Shaxs. Jamiyat. Ijtimoiy menejment. Ijtimoiy loyiha. Ijtimoiy rejalashtirish. 
 
2-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTNING RIVOJLANISHI VA 
UNING ILMIY MAKTABLARI 
 
REJA: 
 
2.1.Boshqaruv inqilobi mohiyati 
2.2.Boshqaruvning klassik maktablari.
2.3.«Inson munosabatlari» maktabi
.
2.4.Boshqaruvning «empirik» maktabi
.
2.5.«Ijtimoiy tizimlar» maktabi.
2.6.Inson resurslari menejmenti
.
 
2.1. Boshqaruv inqilobi mohiyati 
Ikkinchi boshqaruv inqilobi birinchisidan ming yil keyin sodir bo’ldi va 
Vavilon hukmdori
 
Xammurapi (er.av. 1792-1750) nomi bilan bog’liq. U davlatni 
boshqarishning 285ta qonunchilik aktlaridan iborat to’plam chiqargan. Xamurapi 
qonunlari qadimgi sharq qonunlarining qimmatli negizi va ijtimoiy boshqaruvning 
rivojlanishini keyingi bosqichi o’zida aks ettirgan. Bu kodeksning ahamiyatli 
tomoni shundan iborat bo’lganki jamiyat bilan aholi ijtimoiy guruhlari aloqalarini 
turli xilligini boshqarib borgan sababi bu ma’muriyat uchun butun imperiyani 
boshqarish xuquqini bergan. Undan tashqari, Xammurapi haqiqiy etakchilik stilini 
ishlab chiqdi. Uning yordamida, u o’zini xalqining boquvchisi va himoyachisi
ijtimoiy obrazini doimo saqlab kelgan. O’zidan oldingi hukmdorlar avlodini 
xarakterlovchi an’anaviy boshqaruv usuli uchun bu yangilik edi. 
Menejmentdagi ikkinchi inqilobning mohiyati shundan iboratki, u oliy 
boshqaruv hulqini vujudga keltirdi, inson munosabatlarini tashkil etish va nazorat
qilish rasmiy tizimlari paydo bo’ldi. 
Xammurapi o’limidan ming yil o’tgach, Vavilon o’zining menejment
amaliyotining rivojlanish markazi ekanligini yana esga soladi. Xukmdor 
Navuxodonosor II (er. av. 603-562) tekstil mahsulotlar va don omborlarida ishlab


17 
chiqarish nazorati tizimining muallifi bo’ldi. U omborlarga har hafta keladigan 
mato va don sifatini aniqlash uchun ranglardan foydalandi. 
Navuxodonosor II ning yutuqlari uchinchi boshqaruv inqilobini xarakterlaydi. 
Agar birinchisi, diniy-tijorat, ikkinchisi oliy-ma’muriy bo’lgan bo’lsa, uchinchi 
ishlab chiqarish-qurilish bo’ldi. 
Ko’p sonli boshqaruv yangilanishlarini Qadimgi Rimda, ayniqsa Diokletian 
(243-316y) hududiy boshqaruv tizimida, shuningdek, O’rta asrlarda Rim katolik 
cherkovini tuzilishida ko’rish mumkin. Uni hozirda ham
 
g’arb dunyosining eng 
mutlaq shakllangan tashkiloti deb hisoblashadi. Uning hissasi, menejmentning 
personalni 
boshqarish, 
hokimiyat 
va 
avtoritet 
tizimi, 
funktsiyalarning 
maxsuslashuvi kabi sohalarida juda kattadir. 
To’rtinchi boshqaruv inqilobi, XVII-XVIII asrlardagi sanoat inqilobi davriga 
deyarli mos keladi. U Yevropa kapitalizmi rivojlanishini rag’batlantiradi va 
ijtimoiy boshqaruvning nazariya va amaliyotiga menejmentdagi avvalgi 
inqiloblardan ko’ra kuchliroq ta’sir eta oladi. 
Sanoat fabrika tizimi chegaralaridan o’sib ketayotganda zamonaviy 
aktsiyadorlik kapitali tizimi shakllanayotgan edi. Kapital egalari iqtisodiy faoliyat 
sifatidagi biznes mashg’ulotidan tobora uzoqlashib borar edilar, natijada yagona 
boshqaruvchi-xo’jayin o’rniga bir necha yollanma menejerlar paydo bo’ldi. 
Mulkning yangi tizimi sanoat rivojlanishini tezlashtirdi va boshqaruvni ishlab 
chiqarish va kapitaldan ajralishi boshqaruvning alohida usuliga olib keldi. 
Keyinchalik esa ma’muriyat va menejmentni mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy kuchga 
aylanishini to’xtatib qo’ydi.
Ma’muriylashtirish - bu kompaniya siyosati va umumiy maqsadlarini 
shakllantirish, menejment esa - ularning amalga oshishini tashkil etish va nazorat 
qilish. Keyin menejment ko’pgina funktsiyalarga bo’lindi - rejalashtirish, amalga 
oshirish, takror ishlab chiqarish ta’minot, sotish, tashkil etish, xo’jalik faoliyati 
tahlili va boshqalar. Shunday qilib, har bir ishlab chiqish jarayoni menejmentning 
mustaqil funktsiya va faoliyat sohasiga bo’lindi. Lekin bunday funktsiyalar 
sonining ko’payishi ularning yangi asosda birlashtirish muammosini kuchaytirdi. 
Menejment va ma’muriyat inson faoliyatini muvofiqlashti-rishning mahsus yo’lini, 
qaror qabul qilishning shaxsiy tizimini kom-ya siyosatining maqsadini boshqarish 
falsafasini ishlab chiqdi. 
Boshqaruvdagi to’rtinchi inqilobning boshlanishi burjua inqilobida bo’ldi. U 
tarix
 
saxnasiga yangi figura - kapitalistni, ma’lum vaqt o’tgach esa - yollanma 
menejerni olib chiqdi. Boshqacha qilib aytganda, bu davrning boshlanishi-
kapitalistni paydo bo’lishi, oxiri 

menejerning paydo bo’lishi bilan bog’liq.
Kapitalistlar sinfidan ajralgan mutaxassis menejerlar sinfi paydo bo’lishi bilan, 


18 
jamiyatda yangi radikal to’ntarish haqida imkoniyat tug’ildi. Buni beshinchi 
boshqaruv inqilobi deb hisoblash kerak. 
Aktsionerlik kapitalining paydo bo’lishi, ulkan korpora-tsiyalarning vujudga 
kelishi, banklar va transport tarmoq-larining markazlashuvi individual mulkdor 
figurasini kattalashtirdi. Uning o’rnini - yollanma mansabdor byurokrat egallay 
boshladi. Ma’muriy ishchilar jamiyat hayotida yuqori boshqaruvchanlikni 
egallashdi va mustaqil qatlamga aylanishdi. Byuroda xo’jayinchilik qiluvchi odam 
kommunikatsiya kanallari va boshqaruv texnikasini monopollashtirdi. 
Mansabdorlar bu birinchi navbatda, maxsus tayyorgarlikdan o’tgan va kasbiy 
faoliyat sifatida boshqaruv bilan shug’ullanuvchilardir. 
Menejmentning haqikiy
 
xronologik tarixi XIX asr oxiri XX asr boshida g’arb 
injenerlari guruhi boshchiligidagi xarakatdan boshlanadi. Ular F.Teylor, A.Fayol, 
G.Emerson va boshqalar. Ularning diqqat markazida mehnat unumdorligini 
oshirish va korxonada ijtimoiy munosabatlarni yangilash masalalari turgan. Vaqt 
o’tishi bilan menejment siyosatning yuqori soxasiga aylanmoqda. Zamonaviy 
menejment nazariy fundamenti A.Maslou, E.Meeo, P.Droker mehnatlari bilan 
«mehnat gumanizatsiya» xududida boshqaruv funktsiyalarining maxsus asosi 
bo’lib xizmat qilmoqda.
1941 yilda Dj.Branxeym «Menejer inqilobi» kitobini yozadi. Bu kitobda 
zamonaviy shart-sharoitda kapitalistlar sinfi boshqaruvchilar sinfi ekanligi amaliy 
ifodalangan. Bu fikr mavjudligi ko’p tomonlama M.Veber fikriga o’xshashib 
ketadi, lekin bitta farq shundaki, «mulkchilik - bu oddiy kapital yoki yaratilgan 
mehnat emas balki bularning nazoratidir» deb ta’kidlaydi Branxeym. Agar nazorat 
bo’lmasa mulkchilik ham bo’lmaydi, biroq nazorat ayni vaqtda menejerlar qo’lida. 
Korporatsiyalarda boshqaruvning roli va menejmentning jamiyatdagi 
missiyasi haqidagi fikrlarini menejment nazariyot-chilaridan biri P.Draker o’zining 
«Korporatsiya tamoyillari» kitobida aytib o’tgan. Bundan tashqari u 
menejmentning yuksalish davri haqida ham ko’p fikrlar bildirgan. 1963 yil Sorokin 
kapitalistik sinfni boshqaruv sinfiga aylanayotganini aytib o’tgan, ayni paytda 
T.Parsons esa ishlab chiqarishni nazorat qi-lish oilalardan korporatsiyalarga, 
boshqaruv va texnik personalga o’tayotganligini ta’kidlagan. «Dj.Gelbreytning 
«Menejment - buma» alofeozani mashhur bestsellerga aylandi. «Yangi indust-rial 
jamiyat» a’zolarining fikriga ko’ra katta korporatsiya-lardagi menejment engilmas 
kuchga aylanib borayotgan edi. Bu kuch bilan na xissadorlar na davlat tenglasha 
olardi
1

Sobiq 
ittifoqning 
A.K.Gastev, 
P.M.Kerjentsev, 
V.G.Afanasev, 
D.V.Gvishiani, 
S.E.Kamenitser, 
O.V.Kozlova, 
D.M.Kruk, 
A.M.Omarov, 
G.X.Popov kabi olimlari menejment nazariyasini rivojlantirishga o’zlarining 
salmoqli hissalarini qo’shganlar. Sobiq ittifoqda mehnatni ilmiy tashkil qilish va 


19 
boshqarish sohasini ilmiy tadqiq qilish 1920 yillarda boshlangan. O’sha yillari 
Markaziy mehnat instituti MMI tashkil etilib, mehnatni ilmiy tashkil qilish 
bo’yicha qator konferentsiyalar o’tkazildi. Maxsus jurnallar chop etilishi yo’lga 
qo’yildi. O’quv yurtlarida «Mehnatni ilmiy tashkil qilish» fani o’qitila boshlandi.
A.K.Gastev (1882-1941) o’zining «Qanday ishlash kerak?», «Mehnatni 
normalash va tashkil qilish» kabi qator asarlarini chop ettirdi. Markaziy mehnat 
instituti (MMI)ning tashkilotchisi ham Gastev bo’lgan. MMI va Gastevning ilmiy 
ishlanmalari negizida mehnatni ilmiy asosida tashkil qilish borasida qator 
muvaffaqiyatlarga erishilgan. 
Chunonchi, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish bo’yicha o’qitish va 
xodimlarning malakasini oshirish tizimi yaratilgan bo’lib, bu ilg’or tajriba chet 
davlatlarda ham ommalashgan. 
P.M.Kerjentsev (1881-1940) ham boshqarish bo’yicha qator asarlar chop 
ettirgan. Bular qatoriga «Mehnatni ilmiy tashkil etish», «Boshqarishni tashkil 
qilish printsiplari», «Vaqt uchun kurash» kabilar kiradi. Ular boshqarish bo’yicha 
darsliklarni yozishda asos qilib olindi. 1920 yilning boshlarida Kerjentsev 
tashabbusi bilan «Vaqt» ligasi tashkil etildi. Liga o’z e’tiborini: 

mehnatni tashkil qilishda tartibsizliklarning nihoyatda ko’pligiga; 

behuda ishlarga vaqtning ko’p sarflanayotganligiga; 

boshqaruv tizimida funktsiyalarning nooqilona taqsimoti kabilarga qaratdi 
va ularni bartaraf etish yo’llarini ishlab chiqdi. 
1950 yillarning oxiridan boshlab boshqarish nazariyasining rivojlanishi 
yanada kuchaydi. Shu yillarda mehnatni ilmiy tekshirish instituti, boshqarish va 
normativ bo’yicha markaziy ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil etildi. 
Mamlakatning etakchi oliy o’quv yurtlarida (MDU, MMI, KXXN, MXXN, 
TXXI va boshqalar) «Mehnatni ilmiy tashkil qilish», «Boshqarish» kafedralari, 
fakultetlari tashkil etilib, ular bo’yicha maxsus fanlar o’qitila boshlandi. 
Rossiyada hozircha yagona, Moskva boshqaruv instituti tashkil qilingan 
bo’lib, u korxona yoki tarmoq faoliyatining boshqaruv tomonini takomillashtirish 
masalalari bo’yicha direktorlar maslahatchilari deb yuritiladigan boshqarishni 
tashkil qilish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlaydi. 
O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy printsiplari 
qadim zamonlarda ham u yoki bu ko’rinishda mavjud bo’lgan. Ammo ular Amir 
Temur hukumronligi davriga kelib ma’lum shaklni kasb etgan, buncha Amir 
Temurning «Temur tuzuklari» asari yorqin misol bo’la oladi. 
«Temur tuzuklari» jahonga mashhur asardir. Uning qo’lyozma nusxalari 
dunyoning deyarli barcha mamlakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, 
Frantsiya, Rossiya, Germaniya, Armaniston, O’zbekiston va boshqalar) 
kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat. 


20 
Birinchi qism Amir Temurning o’z davlatini barpo etish va uni har jihatdan 
mustahkamlash, mukammal qurollangan qudratli qo’shin tuzish borasida tatbiq 
etgan «tuzuklari» va rejalaridan iborat bo’lib, unda hatto qo’shinning jangovor 
saflanish tartibi ham maxsus jadvallar orqali ko’rsatib berilgan. 
Asarning o’n uch qism (kengash)dan iborat ikkinchi bobida esa 
sohibqironning kuchli feodal davlatni barpo etish, qo’shin tuzish va dushman 
lashkarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga oshirgan ishlari o’z 
ifodasini topgan. 
Amir Temur zukko, tajribali va siyosatdon davlat arbobi bo’lgan. U o’zi 
tuzmoqchi bo’lgan davlatning markaziy apparati va mahalliy hokimiyatning 
qanday, qaysi ijtimoiy toifalarga tayanishi, mansabdor shaxslar va ularning sifatlari 
hamda burch va vazifalarini oldindan belgilab bergan. 
Hozirgi menejment fanida ta’kidlangan boshqarishning iqtisodiy, insoniy, 
oqilona va samarali shaklini yaratish bo’yicha harakatlar Amir Temurning «Temur 
tuzuklari»da o’z aksini topib, hozirgacha ham o’zining qimmatini yo’qotmagan. 
Shunday qilib, jahon menejmenti tarixi boshqaruv nazariyasi va 
amaliyotidagi tub berilishlarni ifodalovchi bir necha boshqaruv inqiloblaridan 
iborat. 
Birinchi boshqaruv inqilobi ishdagi
 
aloqalar va kalkulyatsiya natijasida 
ruhoniylar hokimiyati va yozuvning paydo bo’lishiga olib keldi. 
Menejmentdagi 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin