«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


 Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish:

uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish
sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy 
ehtiyojlariga muvofiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash; 

ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni 
zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik 
qo‘llanmalar bilan jihozlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan 
chora-tadbirlarni ko‘rish; 

maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, bolalarning har 
tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ushbu 
muassasalaridagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha 
ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini ta’minlash, 
pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish

umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda 
matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan 
fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish; 

bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda 
san’atga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini, bolalar musiqa va 
san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish; 

kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning 
ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga 
joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish; 

ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish 
asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini 
oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich 
ko‘paytirish; 

ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va 
innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini 
yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida 
ixtisoslashtirilgan 
ilmiy-eksperimental 
laboratoriyalar, 
yuqori 
texnologiya 
markazlari va texnoparklarni tashkil etish. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin