6
shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo‘nalishi hisoblanishi
belgilangan.
Mazkur loyiha uchun 40 mlrd. AQSH dollari ajratilgan va 649 ta loyiha
amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul
davlat organlari va tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga
qo‘yishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor
shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda
xalqning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga alohida e’tibor
qaratish topshirildi.
Farmonda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda
byurokratik to‘siq va g‘ovlar yaratilishiga, aholi
bilan muloqot jarayonini
kampaniyabozlikka aylanishiga yo‘l qo‘ymasligi qayd etildi. Bundan tashqari,
davlat dasturi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda fuqarolar,
barcha darajadagi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari,
nodavlat
notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nuroniylar,
xotin-qizlar, yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng ishtirok
etishini ta’minlash belgilangan.
Hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga
va buning
uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida
e'tibor berilmoqda. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini
rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasi sifatida
qaralmoqda. Chunki qanchalik davlatimiz iqtisodiyoti rivojlanib yuqori
cho’qqilarga erishsa, ya’ni ko’zlagan maqsadiga yetsa,
mamlakatimiz aholisining
turmush darajasi shunchalik yuqori bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: