5
rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini
takomillashtirish, davlat xizmatlari
sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini
amalda tatbiq
etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini
kuchaytirish;
qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh
qilishga
yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam
mustaqilligini hamda
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini,
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning
oldini olish tizimi
samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish,
yuridik yordam va huquqiy xizmatlar
sifatini tubdan yaxshilash;
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga
yo‘naltirilgan
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini
saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish,
qishloq
xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat
ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va
tarkibiy islohotlarni davom
ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada
kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish,
hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz
iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
Dostları ilə paylaş: