«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
Nazorat savollar: 
«Ijtimoiy injeneriya» tushunchasi nima? 
Nima uchun «ijtimoiy injeneriya» tushnchasi turli olimlar tomonidan turlicha 
qabul qilinadi? 
«Ijtimoiy injeneriya»ning ustunlik va kamchiliklari nimadan iborat? 
 
 
Tayanch so’z va iboralar 
Injenering. Obyektiv model. Faktorli model. Evristik model.
 


135 
16-MAVZU. FIRMANI KONTSEPTUAL - STRATEGIK 
BOSHQARISH 
 
REJA: 
 
16.1.Kontseptual – strategik boshqaruv ahamiyati 
16.2.Strategik boshqaruvni amalga oshirish jarayoni 
16.3.Strategik boshqaruvda marketingning vazifasi 
16.4.Krizisdan chiqishning asosiy mexanizmi 
 
16.1.Kontseptual – strategik boshqaruv ahamiyati 
 
Iqtisodiyotning asosiy tarmog’idan biri korxona (firma) hisoblanadi. Keyingi 
ikkinchi va uchinchi o’n yilliklar ichida firma ichidagi qayta qurish, iqtisodiyoti 
rivojlangan mamlakatlarda barcha xo’jalik mexanizmini qayta tashkillash-tirishga 
sabab bo’ldi. Jumladan Janubiy Amerika, Yaponiya, Farbiy Yevropa. 
Boshqaruv postulatlarni mamlakatlarda qayta ko’rib chiqish 70 yillar ohirida 
turli xil qarama-qarshiliklarni engib o’tish yo’lini qidirish sharoitida boshlandi. 
Ularga: ekstensiv o’sish imkoniyatlarini tugalanganligi, energetik krizis, mehnat 
unumdorligini o’sish sur’ati tushishini kiritishimiz mumkin. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida bizning mamlakatimizda shu narsa ayon 
bo’ladiki buyruqbozlik boshqaruv tizimi sharoitida «ishlovchi» barcha boshqaruv 
postulatlari va amaliy tajribalar nafaqat yaxshi ishlamayapti balki umuman bozor 
sharoitiga to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun, hozirgi paytda yangi boshqaruv 
falsafasiga asoslangan xolda, g’arb firmalarining tajribasini hisobga olgan holda
ichki boshqaruvni qayta qurish korxonani bankrotlikdan asrash asosiy vazifa bo’lib 
qoldi. Bugungi kunda g’arb tajribasini o’rgangan holda shuni aytish kerakki, 
zamonaviy lider firmalari raqobatchilarining tajribalarini o’zlariga oldilar, lekin 
ularning faoliyatlarini chuqur mantiqiy tahlil qilmadilar. 
Bugungi kunda menejmentning asosiy mashhur tushuncha-laridan biri 
«noaniqlik» tushunchasi «bilmaslik» emas, balki xarakat sharoitlarining doimiy 
o’zgarishidir. Shu narsa aniq bo’lmoqdaki, faqat ma’muriy vositalar bilan past 
samarador-likka erishilmoqda - yangi, boshqacha bir innovatsion boshqaruv talab 
etilmoqda. Shuni takidlash kerakki, firmani innovatsion boshqaruv kontseptual - 
strategik bo’lishi mumkin emas. 
Yangi boshqaruv falsafasini rivojlanishi bilan quyidagi xatoliklar yuzaga 
chiqmoqda:
Masalan: qiyin boshqaruv muammolari xal qilishda oddiy usullar orqali 
amalga oshirilmoqda (misol, korxona boshqa-ruvini almashtirish va kadrlarini 
qayta joylashtirish) shuning uchun zamonaviy menejment muammoni kontseptual 
strategik fikrlash orqali xal etishni talab qiladi, jumladan:


136 

sistemali yondashuv printsiplardan keng amaliy foydalanish; 

boshqaruv samaradorligining asosiy kriteriyalarini xamda tushunchalarini 
ko’rib chiqish; 

tashkiliy tuzulmani shakllantirishning yangi tamoyil-larini qulash.
70 yillarda rivojlangan Yevropa mamlakatlarida odatiy tashkiliy tuzulmadagi 
kamchiliklar aniq namoyon bo’la boshlagan edi va bu xolatni ilmiy-texnikaviy 
sohadagi faoliyatlarda vakolatlarni va mas’uliyatlarni taqsimlash muammolarini 
yuzaga chiqqanligi bilan bog’lash mumkin. 
Bu va boshqa xolatlar tashkilotchilik strukturasini eng samaralisini qidirishga 
olib keldi.
80 yillarga kelib yangi «jimjit» boshqaruv revolyutsiya» nomini olgan yangi 
paradigma yuzaga chiqdi. 
Ushbu yangi boshqaruv paradigmasiga asosan g’arb menej-mentida ekstirmal 
qarorlar qabul qilish asosida boshqaruv sistemasini qo’llaydilar. Menejerlar 
strategik boshqaruvga ko’p murojat qilishadi chunki yangi yondashuvni talab 
qiladigan zamonaviy iqtisodiy hayotni realligi asosida tashqi muhitdagi birdaniga 
yuz beradigan o’zgarishlarni ko’rish imkoniyat beradi.

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin