15.2.Ijtimoiy obyektni modellashtirish Ijtimoiy obyektni modellashtirish turli xil modellarni tanlash bilan bog’liq:
ekstropolyatsiya modeli, faktorli (analitik) model va evristik o’yinli model.
Ekstropolyatsiya modelini qurish biror bir bashoratla-nayotgan ko’rsatkichni
o’zgarish tendentsiyasi namoyon etishi bilan asoslanadi. Bunday modellar asosan
biror bir tovarga talab o’zgarganda qo’llaniladi.
Faktorli modellar turli xil faktorlar ta’siri natijasida ko’rinadi. Bunday
modellar ehtiyojlarni bashoratlash uchun ishlatilishi mumkin.
Evristik metodlar insonning intuzitiv qobiliyatiga asoslanadigan aqliy
faoliyat tashkillashtirish vositalarida namoyon bo’ladi. Intuitsiya insonlarga omadli
ravishda muammoni echish imkonini beradi. Bulardan biri bo’lib, ya’ni samarali
usullaridan biri bu innovatsiyalashgan o’yinlar metodidir.
Ijtimoiy proektlashtirish - bu shunday bir proekt faoliyatiki, u ijtimoiy reallik
bilan bog’liq ravishda turli xil idealliklarga monand tashkil etiladigan, ijtimoiy
proekt deb ataladigan proektli faoliyatdir. Hohlagan boshqaruv qarori, reallikni
o’zgartirishga qaratilgan, har doim o’zgarishning idealini hisobga olish talab
qiladi.
Ijtimoiy proektlashtirish doimo ko’pgina mutaxassislarni ishtirokini talab
etadi.
Ijtimoiy rejalashtirish o’zining metodi va metodolo-giyasiga ega bo’lgan
ijtimoiy injeneriya faoliyatining mustaqil qismi hisoblanadi. Ularni ishlab
chiqilishi proektlashtirish jarayonini sistemalashtirishga, jarayonning o’z
boshqaruvini oshirishga, EVMni qo’llash proekt ishlari sifatini oshirishga imkon
beradi.
Ijtimoiy rejalashtirish - boshqaruv ta’sirining alohida bir shaklidir. U ilmiy
asoslangan proekt realizatsiyasi bilan bog’liq va obyektning yangi parametrlariga
erishishning aniq vositalaridan foydalanishni talab etadi.
Rejalashtirish g’oyasi o’zining kelib chiqishiga qarab- sotsialistik g’oyadir.
To’liq xolda uni utopiylashgan sotsializm vakillari A.Sen-Simon, Sh.Fure,
132
R.Ouenlar taklif etishgan. Bizning mamlakatimiz doirasida shunday o’zgarishlar
yuz berdiki 90 yillarga kelib, uni to’liq diskreditatsiya amalga oshirildi. Ijtimoiy
rejalashtirish turli darajalarda amalga oshiriladi: