harakat darajasiga ko‘tarildi. Shuning uchun ham shu harakatlarning qonunlarini bilish, ularni
boshqarish usullarini o‘ylab topish zarur edi.
Ommaviy hodisalarni o‘rganish natijasida 1890 yilda Gabriel Tardning «Taqlid
qilish
qonunlari» deb atalgan birinchi kitobi chiqdi. Tard Fransiyada ro‘y berayotgan ommaviy
hodisalarni, shu hodisalarda ishtirok etayotganlarning xulq-atvorlarini taqlid qilish orqali
tushuntiradi. Bu harakatlar irrasional (ya’ni aqlning ishtirokisiz) tabiatga ega bo‘lib, har bir
individ ommaga qo‘shilgan zahoti unga taqlid qilishga tayyorlik instinkti ustun bo‘lib qoladi.
Italiyalik huquqshunos S. Sigeli va fransuz olimi G. Lebon ham Tard ishlarini ma’qullab, uning
nazariyasini faktik materiallar bilan, ya’ni 1895 yilda bosilib chiqqan Sigelining «Ommaning
jinoyatlari» va Lebonning «Omma psixologiyasi» kitoblari orqali boyitdilar.
Bu mualliflarning
asarlaridagi asosiy g‘oya shundan iborat ediki, ommaviy harakatlarda shaxsning o‘z xulq-
atvorlarini ongli va aql bilan boshqarish qobiliyati yo‘qoladi. Bunday holatlarda hissiyotlar ustun
keladi, ayniqsa, affekt holatlar, shuning uchun ham affekt holatida ro‘y bergan jinoyatga aybni
yumshatuvchi holat sabab bo‘lgan, deb qarash adolatli bo‘ladi. Bu qarashlari tufayli Sigeli
Italiyaning qonuniga maxsus modda kiritishga ham erishdi.
Sotsiolog Lebon esa asosan diqqatini ommani elitaga —
jamiyatdan yuqori turuvchi
tanlangan guruhlarga qarshi qo‘yishga qaratdi. U ommaning ayrim hollarida, ayniqsa biror
hodisa ro‘y berganda «qiziqqonlik» xususiyati ustun turishi haqida yozadi. Uning fikricha, bir
qancha odamlarning bir yerda to‘planishi ommani hosil qiladi va bu, odamlar kim bo‘lishidan
qati nazar — olimmi yoki oddiy insonmi, shu zahotiyoq kuzatuvchanlik va ziyraklikni
yo‘qotadi. Chunki bu holatda ular holatini instinktlar va hissiyotlar boshqaradi.
Lebon shaxsning
omma holatidagi belgilariga to‘xtalib quyidagilarni ajratadi:
1.
Shaxsiy sifatlarning yo‘qolishi. Boshqa odamlar ta’sirida individ o‘ziga xos sifatlarni
yo‘qotishi, buning o‘rniga impulsiv instinktiv harakatlarni amalga oshirishi mumkinligi.
2.
Hissiyotlarga o‘ta beriluvchanlik. Ommada aql, tafakkur, hissiyot, instinktlarga o‘z
o‘rnini bo‘shatadi. Shuning uchun ham ommaning ta’sirchanligi o‘ta oshib ketadi.
3.
Aqliy
sifatlarning yo‘qolishi. Ommaning «aqli» uni tashkil
etuvchilar aqlidan ancha
past bo‘ladi. Shuning uchun ham ommaning taz’yiqiga uchramaslik uchun har bir kishi aqlan
mulohaza yuritishdan bosh tortishi, munozaradan qochishi lozim.
4.
Shaxsiy mas’uliyatning yo‘qolishi. Ommaga qo‘shilib qolgan shaxs shunchalik
hissiyotlarga berilib ketishi mumkinki, u o‘z harakatlarini nazorat qilish, o‘z ishiga mas’uliyatni
esidan chiqaradi. Yakka holda
sodir qila olmaydigan ishini, u ommaga qo‘shilib qilib qo‘yishi
mumkin.
Bunday xolatning, ya’ni shaxsning omma orasidagi psixologiyasi to‘g‘risidagi fikrlarni
ayni shunday tarzda Ortegi Gasset va Ernesto Grassilar ham ko‘rsatib bergandirlar.
Shunday qilib, omma tartibsiz, u mustaqil ravishda tartib o‘rnatish qobiliyatiga ega emas.
Shuning uchun ham unga doimo “dohiy”
kerak, dohiylar — elita tashqaridan kelib omma
o‘tasida tartib o‘rnatishi mumkin. Bu fikrlarning mafkuraviy ma’nosi tushunarli,
chunki
omma deganda, ular ishchilar sinfini, dohiylar deganda esa, burjuaziyani nazarda tutishgan.
Demak, shaxs va jamiyat ziddiyatlari masalasi omma psixologiyasi tarafdorlari nazariyasida
ayrim shaxslar — dohiylar foydasiga hal qilindi. Lekin bu nazariya, nima uchun ommaviy
hodisalarda ommaning o‘zidan
chiqib qoladigan liderlar, ommaning ba’zan tashqaridan hech
kimni tan olmay qolishi masalalariga umuman javob topa olmadi, chunki ularning ham fikrlarida
ko‘proq idealizmga moyillik sezilib turardi.
Dostları ilə paylaş: