«ijtimoiy psixologiya» fani buyicha


Xalqlar psixologiyasi nazariyasi



Yüklə 219,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/36
tarix15.11.2022
ölçüsü219,83 Kb.
#69296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
ijtimoiy psixologiya [uzsmart.uz]

1.2.1. Xalqlar psixologiyasi nazariyasi 


 Halqlar psixologiyasi nazariyasi ijtimoiy psixologik nazariya sifatida 19 asrning 
o‘rtalarida Germaniyada shakllandi. Undagi asosiy g‘oya shu ediki, ayrim individlardan yuqori 
turadigan ruh mavjud bo‘lib, bu ruh o‘zidan ham yuqori turadigan ilohiy yaxlitlikka bo‘ysunadi. 
Bu ilohiy yaxlitlik esa xalq yoki millatdir. Ayrim individlar ana shu yaxlitlikning bo‘laklari 
bo‘lib, ular bu ruhga bo‘ysunadilar. Ya’ni, shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi qarama-qarshilik 
muammosi jamiyat foydasiga hal qilinadi. Bu nazariyaning tarixiy-mafkuraviy asosi bo‘lib Gegel 
falsafasi va nemis romantizmi xizmat qilgan. «Xalqlar psixologiyasi» iborasi birinchi marta 
faylasuf M.Lasarus hamda tilshunos G.Shteyntallarning «Xalqlar psixologiyasi to‘g‘risida kirish 
so‘zi» kitobida ifodalab berilgan: «Tarixni yurgizuvchi asosiy kuch bu xalq yoki shu yaxlitlikning 
ruhi bo‘lib, bu ruh san’atda, dinda, tilda, afsonalarda, an’analarda o‘z aksini topadi. Individning 
ongi shu yaxlitlikning mahsuli bo‘lib, ularning yig‘indisi o‘z navbatida xalq ongini tashkil etadi. 
Xalqlar psixologiyasining vazifasi xalq ruhi mohiyatini o‘rganish, xalq ruhiyati
K
onunlarini 
ochish, xalq psixologiyasiga oid bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarning paydo bo‘lishi va 
yo‘nalishini tushuntirib berishdir». 
Ushbu kitobda mualliflar shaxs bilan jamiyat munosabati xususida quyidagi 
mulohazalarini bayon etadilar: «Odam o‘z mohiyati jihatidan ijtimoiy mavjudot bo‘lib, u jamiyat 
hayoti bilan uzviy bog‘liq, chunki u o‘ziga o‘xshashlarga qarab rivojlanadi, boshqalarga taqlid 
qilib harakat qiladi va ular ta’qibidan qochadi...». Xalqlar psixologiyasining asoschilari faqat 
nazariy mulohazalar yuritish bilan cheklanadilar, chunki ularda o‘z fikrlarini isbot qilish uchun 
tadqiqot ishlari yo‘q edi. 
"Psixologiyaning otasi" hisoblangan Vilgelm Vundt esa xuddi ana shu tadqiqotga 
asoslangan ma’lumotlar to‘plashga o‘z diqqatini qaratdi. U o‘zining "Inson va hayvon ruhi 
haqida leksiyalar"i (1863 y) va 1900 yilda bosmadan chiqqan o‘n tomli "Xalqlar psixologiyasi" 
asarlarida asosan o‘zi to‘plagan empirik ma’lumotlar asosida xalqlar psixologiyasiga 
bag‘ishlangan fikrlari tizimini bayon etdi. Uning fan oldidagi xizmati shundan iborat ediki, 
empirik ma’lumotlar to‘plash usullari, to‘plangan manbalarni sharhlash borasida bebaho bilimlar 
to‘pladi. Uning fikricha, psixologiya fani ikki qismdan iborat: fiziologik psixologiya va xalqlar 
psixologiyasi. Fiziologik psixologiya inson ruhiyatini o‘rganuvchi eksperimental fan bo‘lib, oliy 
psixik jarayonlar — tafakkur va nutqdan tashqari barcha narsani tajriba usulida tadqiq etish 
mumkin. Tajriba usulida o‘rganib bo‘lmaydigan barcha oliy ruh holatlarini xalqlar psixologiyasi 
o‘rganadi, chunki undagi o‘rganish usullari o‘ziga xosdir — u madaniy mahsullar hisoblangan 
til, afsonalar, odatlar, san’at asarlari, inson tafakkurining murakkab tomonlarini ochib beradi. 
Shunga qaramay Vundtning qarashlari idealistik asosda bo‘lgan, ya’ni u individ bilan 
jamiyat o‘rtasidagi murakkab dialektik munosabatni idealistik asosda turib hal qilgan va 
jamiyatning rolini absolyut tushunib, shaxsning tarixini yaratishdagi, ijtimoiy jarayonlardagi faol 
o‘rnini ko‘ra bilmagan. Uning izdoshlari — Rusiyalik A. Potebni, nemis olimi T. Geyger va 
boshqalar ham u yo‘l qo‘ygan mafkuraviy kamchilikni oldini ola olmadilar, lekin ular bir fikrda 
yakdil edilarki, xalqlar psixologiyasi individual psixologiyadan farq qiladi, shuning uchun ham 
maxsus fan kerakki, u o‘ziga xos usullar yordamida shaxs va jamiyat munosabatlari qonunlarnni 
ochib berishi lozim. Xuddi ana shu xulosalar ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishiga 
ilmiy asos bo‘ldi. 

Yüklə 219,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin