«ijtimoiy psixologiya» fani buyicha



Yüklə 219,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/36
tarix15.11.2022
ölçüsü219,83 Kb.
#69296
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
ijtimoiy psixologiya [uzsmart.uz]

 
1.3. 
Ijtimoiy psixologiya fani predmeti 
Hozirgi kunda uning predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin: ijtimoiy psixologiya - 
odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo‘ladigan 
tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, g‘oyalar, his-tuyg‘ular, kechinmalar, turli xulq-atvor shakllarini 
tushuntirib beruvchi fandir. Chunki ko‘p vaqt davomida ijtimoiy psixologiya fanining predmeti 
borasida tortishuvlar kechgandir. Sababi - ijtimoiy psixologiya fani ikki turdagi qonuniyatlar — 
ijtimoiy taraqqiyot hamda psixik taraqqiyot qonuniyatlari bilan ish olib boradi. Shuning uchun 
bo‘lsa kerak ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi va u o‘rganadigan sohalar borasida turlicha 
qarashlar va tortishuvlar mavjudligini kuzatamiz. 
Masalan, taniqli nemis olimlari G. Gibsh va M; Forverglar bu fanning predmetiga 
quyidagicha ta’rif beradilar: "Odamlar uyushmasi kooperatsiyalar — ijtimoiy psixologik 
tadqiqotlarning asosidir, uning ob’ekti esa ijtimoiy o‘zaro ta’sirdir". Demak har qanday odamlar 
uyushmasida sodir bo‘ladigan o‘zaro ta’sir jarayonlari, ularni uyushishga majbur qiladigan shart-
sharoitlar hamda motivlar ijtimoiy psixologiya o‘rganishi kerak bo‘lgan sohalardir. 
Rus sotsiologlari G.P. Predvechniy va Yu.A. Sherkovinlarning "Sotsial psixologiya" 
kitobida esa uning predmeti"... ob’ektiv borliqning va unda ro‘y beradigan hodisalarning psixika 


tomonidan o‘ziga xos tarzda in’ikos etilishidir", — deb hisoblaniladi. Bu mualliflar ijtimoiy 
psixologiyaning barcha o‘rganish ob’ektlarini sharhlar ekanlar, ko‘prok sotsiologik yondashish bilan 
muammolarni yechishga harakat qilganlar. 
Ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsini ta’riflashga aynan psixologik yondashuv A.V.Petrovskiy 
va V.V. Shpalinskiylarning «Jamoaning ijtimoiy psixologiyasi» kitoblarida bayon etilgan. Bu 
mualliflarning fikricha, «Ijtimoiy psixologiya — psixologiya fanining shunday tarmog‘iki, u turli 
uyushgan va uyushmagan guruhlardagi odamlarning muloqati, o‘zaro ta’sir va munosabatlaridan 
kelib chiqadigan psixik hodisalarni o‘rganadi." 
Shuning uchun ham G.M.Andreyeva ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi xaqidagi hozirgi 
zamon qarashlarini umumlashtirib, bu o‘rinda uch xil yondashish borligini e’tirof etadi. Birinchisi, 
sotsiologik yondashish bo‘lib, uning tarafdorlarining fikricha, ijtimoiy psixologiya asosan ommaviy 
psixologik jarayonlarni—xalqlar psixologiyasi, ommaviy marosimlar, udumlar, rasm-rusmlarning inson 
ongiga singishi, ijtimoiy xulq-atvorda namoyon bo‘lishini o‘rganishi kerak. Ikkinchi—psixologik 
yondashuv tarafdorlari asosan psixologlar bo‘lib, ular asosiy diqqatni shaxsning ijtimoiy psixologik 
xislatlariga, uning turli guruhlarda tutgan o‘rni, mavqei, ijtimoiy ustanovkalar va hokazolarga 
qaratmoq lozim, deb hisoblaydilar. Shu bilan birgalikda, hozirda ham sotsiologik ham psixologik 
qarashlarni birgalikda mujassamlashtirayotgan olimlar ham borki, ular ham ommaviy jarayonlarni, 
ham shaxsninig shu jarayonlardagi xulq-atvorlari motivlarini o‘rganishni yoqlab tadqiqotlar 
o‘tkazmoqdalar.
Amerika ijtimoiy psixologiyasida ham ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi borasida uzoq 
tortishuvlar mavjud bo‘lgan. Chunki, shu paytgacha shaxs va jamiyat muammolari sohasida ikki 
xil yondashuv bo‘lib kelgan edi: psixologiya inson tabiatini, uning psixikasini, sotsiologiya esa, 
jamiyat tabiati, psixikasini o‘rganib keldi. Ijtimoiy psixologiya paydo bo‘ldiki, u insonning 
jamiyatga munosabatining psixologik tomonini o‘rganmoqda. 
Demak, har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalarga rioya qilgan 
holda o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan o‘rnatadigan murakkab o‘zaro munosabatlari va ularning 
ta’sirida hosil bo‘ladigan hodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish 
- ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasidir. Bundan kelib chiqadigan umumiy ta’riflarga 
binoan, ijtimoiy psixologiya ijtimoiy muloqotning murakkab shakl va mexanizmlarini 
o‘rganuvchi fandir. 

Yüklə 219,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin