«ijtimoiy psixologiya» fani buyicha


Ijtimoiy psixologiya fanining vazifalari



Yüklə 219,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/36
tarix15.11.2022
ölçüsü219,83 Kb.
#69296
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
ijtimoiy psixologiya [uzsmart.uz]

1.4. Ijtimoiy psixologiya fanining vazifalari 
Ijtimoiy psixologiya va umuman ijtimoiy faoliyat 6ilan shug‘ullanuvchi fanlarning asosiy 
vazifasi - barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy 
munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini xayotga 
tadbiq etishdir. Bu o‘rinda, ayniqsa ijtimoiy tafakkurning, yangicha dunyoqarash va 
munosabatlarning shakllanishini, insonning o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir etishining mexanizmlarini 
o‘rganish eng dolzarb masalalardandir. 
Taniqli fransuz olimi Serj Moskovisi: “Ijtimoiy psixologiyaning vazifalarini bevosita 
jamiyat belgilaydi”, deb yozgan edi. Demak, fan sifatida ijtimoiy psixologiyaning oldida turgan 
vazifalari, muammolari bevosita jamiyatdan kelib chiqadi.
Xo‘sh, bugungi kunda ijgimoiy psixologiya fan sifatida o‘z bahs mavzusini o‘z 
predmetini qaysi ob’ektlarga qaratmoqda va bundan kelib chiqib bu fan oldida qanday vazifalar 
mavjud? 


1.4.1. Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasi 
Birinchidan, uning asosiy yo‘nalishi kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasini 
o‘rganishdan iboratdir. Har bir shaxs hamisha malum ijtimoiy guruxlap doirasida faoliyat 
ko‘rsatadi. Bu uning oilasi, mehnat jamoasi, ko‘cha-kuydagi norasmiy guruhdagi do‘stlari 
davrasi, o‘quv jamoasi va hokazolardir. Shaxsning yakka va turli guruhlar doirasida o‘zini 
tutishi, xulq-atvori, mavqei, unga o‘ziga xos guruhiy ta’sirlar, guruhdagi shaxslararo moslik, 
liderlik, guruhiy taz’yiqqa beriluvchanlik kabi qator hodisalar aslida o‘sha guruhlarni boshqarish, 
o‘zaro munosabatlar sharoitini yaratish - bu odamlarni samarali o‘zaro muloqotga o‘rgatishning 
zaruriyatidir.Guruhlardagi kishilar o‘rtasida o‘zaro muloqot, o‘zaro bir-biriga ta’sir usullari, 
odamlarni samarali muloqotga o‘rgatish ham guruhlar ijtimoiy psixologiyasining muhim vazifasi 
hisoblanadi. 
1.4.2. Shaxsni ijtimoiy-psixologik o‘rganish 
Ikkinchidan, shaxsning ijtimoiy psixologik qiyofasi masalasi ham bugungi kundagi 
o‘zgarishlar va manaviy jihatdan poklanish davrida o‘ta muhim sohadir. Shaxsni ijtimoiy 
psixologik o‘rganish tadqiqotlarining ob’ekti sifatida qaralganda, avvalo uning xulq-atvori, 
ijtimoiy motivlari, uning yo‘nalishlari, xulq-atvor normalari, shaxsning jamiyatda turli ijtimoiy 
rollari, mavqei, ijtimoiy qo‘shilish omillari-ijtimoiylashuvi; shaxsning o‘z-o‘ziga bahosi, 
munosabati, hurmati hamda ijtimoiy, tarixiy va madaniy shart-sharoitlarning shaxs ongiga ta’siri, 
shaxs tiplari o‘rganiladi. 
 
1.4.3. Ommaviy ijtimoiy-psixologik hodisalar 
Uchinchidan, jamiyat miqyosida ro‘y beradigan ommaviy hodisalar ijtimoiy psixologiya 
uchun tadbiqiy ahamiyatga ega. Ijtimoiy psixologiyada ommaviy hodisalar deganda turli kishilar 
guruhida shaxslararo munosabatlar va o‘zaro ta’sir jarayonlari; milliy etnopsixologiya hamda 
sinflar psixologiyasi muammolari; milliy madaniyat, urf-odatlar, an’analar, udumlar, 
aqidalarning shaxs shakllanishidagi roli; olomon psixologiyasiga oid psixologik qonuniyatlar
turli guruhlarda odamlarning bir-birini idrok qilishlari va tushunishlari, o‘zaro ta’sir masalalari 
tushuniladi. 
Chunki alohida shaxs tarbiyasida ommaviy hodisalarning, katta guruhlarning tasirini 
inkor etish - masalaga bir yoqlama yondashish bilan barobardir. Masalan, shaxs uchun u mansub 
bo‘lgan millat, elat yoki xalqning ruhiyati, uning ongidagi asrlar davomida saqlanib kelayotgan 
ananalar, rasm-rusumlar, aqidalar, udumlar, faoliyat stereotiplari kabilar o‘z muayyan tasir 
kuchiga ega. 
 
1.4.4.Oila—ijtimoiy psixologiyaning o‘rganish ob’ekti sifatida 
To‘rtinchidan,  oila—ijtimoiy psixologiyaning o‘rganish ob’ekti sifatida. Bu yerda oilaga 
xos psixologik jarayonlar, oila a’zolarining bir-birlariga munosabatlari, nikohdagi o‘zaro moslik 
masalalari, oilaviy mojarolarning psixologik omillari, oilada bola tarbiyasining ijtimoiy 
psixologik metodlari o‘rganiladi. 
Ajratilgan vazifalardan yana biri shuki, hozirgi davrda ijtimoiy psixologiya o‘zi bilan 
bevosita aloqador bo‘lgan boshqa psixologiya tarmoqlari bilan hamkorlikda keskin o‘zgarishlar 
davrida har bir inson ongida nima sodir bo‘ladi, u bu o‘zgarishlarni qanday idrok qilmoqda, 
uning hayotiy mavqeini qanday qilib maqsadga muvofiq tarzda faollashtirish mumkin, degan 
savollarga ilmiy asoslangan javob topib berishdir. 


Boshqaruv psixologiyasi, sanoat va ishlab chiqarish psixologiyasi ham shunday guruhiy 
jarayonlarning qonun va qoidalarini tadqiq etish tufayli ajralib chiqqan tadbiqiy sohalardir. 
Ijtimoiy psixologiya o‘rganadigan eng asosiy va yuqorida ta’kidlab o‘tilgan 
muammolarni o‘z ichiga olgan masalalardan biri - 6u muomaladir. Psixolog olimlarnnng 
fikricha, bugungi kunda ijtimoiy psixologiyaning predmeti ham va uning doirasida 
o‘tkaziladigan barcha tadqiqotlarning umumiy ob’ekti ham muomaladir. Uning inson hayotida 
tutgan o‘rnini aniqlash turli ijtimoiy faoliyatlar sharoitida samara beradigan muomala turlari va 
uslublarini yoritish, uning sof psixologik mexanizmlarini tadqiq etish, fanning eng muhim 
tadbiqiy yo‘nalishlaridandir. Shuning uchun ham har bir konkret sharoitda shaxslararo muloqot 
samaradorligini oshirish omillarini o‘rganish hozirgi ijtimoiy psixologiyadagi muhim 
muammolardandir. 

Yüklə 219,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin