ASOSIY QISM: 1.1.
Ijtimoiy psixologiya fanining tarixi Rus olimasi G.M.Andreeaa ta’kidlaganidek, ijtimoiy psixologiya sohasida ishlayotgan
mutaxassisning aslida kim ekanligi - psixologmi, faylasufmi yoki sotsiologmi - uning ushbu fan
predmetiga yondashuvida o‘z aksini topadi, chunki agar u sotsiolog bo‘lsa, ijtimoiy
qonuniyatlarni avval boshdan jamiyatdagi an’analar va umumiy qoidalar tilida tushuntirishga
intilsa, psixolog - konkret olingan shaxe psixologiyasining qonuniyatlarini umumjamiyat qonun-
qoidalariga tadbiq etishga harakat qiladi. Shuning uchun ham G.Andreyeva ijtimoiy
psixologiyaning mavzu bahsi haqidagi hozirgi zamon qarashlarini umumlashtirib, bu o‘rinda uch
xil yondashish: sotsiologik, psixologik, ham sotsiologik va psixologik mavjud ekanligini
asoslaydi. Nima bo‘lganda ham, shuni asosli tarzda e’tirof etish zarurki, ijtimoiy psixologiyaning
alohida fan bo‘lib ajralib chiqishiga sabab bo‘lgan ilmiy manbalar ikki fan - psixologiya va
sotsiologiya fanlarining erishgan yutuqlari va har qaysisining doirasida ma’lum muammolarning
yechilishi uchun yana qo‘shimcha alohida fanning bo‘lishi lozimligini tan olish tufayli yuzaga
keldi. Shuning uchun ham uzoq yillar mobaynida ijtimoiy psixologiya sohasida tadqiqotlar olib
borayotgan shaxsning kimligiga qarab, izlanishlarning natijalarida u yoki bu yondashuv -
psixologik yoki sotsiologik yondashuvning ustuvorligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Demak, bu
fanning tug‘ilishi, o‘z predmeti sohasini aniqlab olishiga sabab bo‘lgan sotsiologiya va
psixologiya fanlaridir va bu fanlar aslida uning "ota-onalaridir".
1.2. Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai 19 asrning oxiri va 20 asr boshlarida fanda uch nazariya paydo bo‘ldiki, ular haqli
ravishda ijtimoiy psixologiyaning mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanishiga o‘zlarining
munosib hissalarini qo‘shdilar. Bu uch nazariyani birlashtirib turgan narsa shu bo‘ldiki, ularning
har biri mustaqil tarzda shaxs bilan jamiyat munosabatini ilmiy asosda tushuntirishni
izlanishlarning asosiy mavzusi deb hisobladilar. Bu uch manba - xalqlar psixologiyasi, omma
psixologiyasi va ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyalaridir.