Indefinite article– Noaniq artikl Ingliz tilida noaniq artikllar a va an



Yüklə 235 Kb.
səhifə10/29
tarix10.12.2022
ölçüsü235 Kb.
#73622
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
1 artiklllar (2)

Maxim’s Restaurant, Lloyds Bank, Harrods Supermarket, Emma’s Pub, Madame Tussaud's Gallery
9. Tashkilotlar nomi oldidan (ular nomi qisqartirilganda ham) aniq artikl the ishlatiladi.
The BBC = (The British Broadcasting Corporation)
The United Nations = the UN
The World Health Organisation = the WHO
The United Nations is trying to solve the problem.
Lekin: UNESCO = the United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization
10. Davlatlarning siyosiy partiyalari nomi oldidan the ishlatiladi.
The National Democratic Party/The Democratic Party/The Republican Party/The Adolat Social Democratic Party/
The Uzbekistan Liberal Democratic Party
12. Sifatlar otlashsa oldidan the ishlatiladi. Sifatlar otlashganda har doim ma’no jihatdan ko’plikda bo’ladi va ulardan keyin fe’llar ham ko’plikda ishlatiladi. Sifatlar otlashganda bitta yoki bir nechta kishilarni ko’rsata olmaydi, aksincha ular aholining ma’lum bir qatlamini to’liq ko’rsatadi. Sifatlar otlashganda ulardan keyin otlar kelishi mumkin emas. Agar otlar kelsa the tushib qoladi.
The rich – boylar = rich people – boylar, boy kishilar
the rich-boylar, the poor-kambag’allar, the unemployed-ishsizlar, the deaf-karlar, the injured-yaradorlar, the dead-o’lganlar, the young-yoshlar, the elderly-keksalar, the old-qarilar, the blind-ko’rlar, the great-mashhurlar
The rich are always happy. –Boylar doim baxtiyor.
The poor are always silent. –Kambag’allar doim jim turishadi.
Life is not easy for the unemployed. –Yashash ishsizlar uchun oson emas.
13. Gapda aniqlovchi bo’lak bilan aniqlanib kelgan har qanday ot oldidan aniq artikl the ishlatiladi. Esingizda bo’lsin aniqlovchi bo’lak gapda ot haqida qo’shimcha ma’lumot berib keladi.
Eslatma: aniqlovchi bo’lak bilan aniqlanib kelganda otlarning soni va miqdori chegaralangan bo’ladi.
This is the book which I bought yesterday. – Bu kecha men sotib olgan kitob.
These are the books which I brought yesterday.Bular kecha men keltirgan kitoblar.

Yüklə 235 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin