"Infinbank" atb to’g’risida umumiy ma’lumot


Bank ustav kapitalining minimal miqdoriga qo‘yilgan talablar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə11/20
tarix10.03.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#87292
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Karimjonov O Amaliyot hisoboti

Bank ustav kapitalining minimal miqdoriga qo‘yilgan talablar.

4.1-jadval.


Yillar

Aksionerlik tijorat banklari uchun

Chet el kapitali ishtirokida ochilayotgan banklar uchun

Xususiy banklar uchun

1-yanvar 1998

1,5 mln AQSH dol. ekv. so‘mda

5,0 mln AQSH dol. ekv. so‘mda

0,3 mln AQSH dol. ekv. so‘mda

1-yanvar 1999

2,0 mln AQSH dol. ekv. so‘mda

5,0 mln AQSH dol. ekv. so‘mda

0,3 mln AQSH dol. ekv. so‘mda

1-yanvar 2000

2,5 mln AQSH dol. ekv. so‘mda

5,0 mln AQSH dol. ekv. so‘mda

0,3 mln AQSH dol. ekv. so‘mda

1-yanvar 2002

2,5 mln AQSH dol. ekv. so‘mda

5,0 mln AQSH dol. ekv. so‘mda

1,25 mln AQSH dol. ekv. so‘mda

1-yanvar 2005

5,0 mln AQSH dol. ekv. so‘mda

5,0 mln AQSH dol. ekv. so‘mda

2,5 mln AQSH dol. ekv. so‘mda

1-yanvar 2008

5,0 mln Yevro ekv. so‘mda

5,0 mln Yevro ekv. so‘mda

2,5 mln Yevro ekv. so‘mda

1-yanvar 2009

10,0 mln Yevro ekv. so‘mda

10,0 mln Yevro ekv. so‘mda

5,0 mln Yevro ekv.
so‘mda

1-yanvar 2010

10,0 mln Yevro ekv. so‘mda

10,0 mln Yevro ekv. so‘mda

5,0 mln Yevro ekv. so‘mda

1-yanvar 2011

10,0 mln Yevro ekv. so‘mda

10,0 mln Yevro ekv. so‘mda

5,0 mln Yevro ekv. so‘mda




Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda banklar va chet el kapitali ishtirokida tashkil etiladigan banklar ish boshlashlari uchun 10,0 mln yevro ekvivalentidagi so‘m mablag‘lariga, xususiy banklar esa 5,0 mln yevro ekvivalentidagi so‘m o‘z mablag‘lariga ega bo‘lmog‘i lozim.
Banklar kapitali ularning o‘ziga «himoya yostiqchasi» vazifasini bajarish bilan birga, bugungi kunda ular tomonidan uzoq muddatli investitsiyalarni amalga oshirish va uzoq muddatli kreditlar ajratishning manbayi bo‘lib qoladi.

«Infinbank»ining kapitali tarkibi va dinamikasi.
4.2-jadval



Ko‘rsatkichlari

O‘tgan yil boshiga


Joriy yil boshiga



Joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishi

qoldig‘i
mln so‘m

Salmog‘i
%

qoldig‘i
mln so‘m

Salmog‘i
%

qoldig‘i
mln so‘m

Salmog‘i
%

1.

Chiqarilgan imtiyozli aksiyalar (30315)

130

1,8

130

1,6

0

0

2.

Chiqarilgan oddiy aksiyalar (30318)

3800

51,9

4100

50,9

300

7,9

3.

Zaxira fondi (30903)

1000

13,7

1200

14,9

200

20,0

4.

Kichik biznes korxonalarini imtiyozli kreditlash fondi (30904)

750

10,2

810

10,1

60

8,0

5.


Boshlang‘ich qiymatga nisbatan qay-
ta baholash qiymatining oshgan qismi (30908)

798

10,9

798

9,9

0

0,0


6.

Taqsimlanmagan foyda (31203)

607

8,3

705

8,7

98

16,1

7.

Sof foyda (31206)

234

3,2

315

3,9

81

34,6




JAMI 30000

7319

100

8058

100

739

10,1

“Infinbank”ning kapitali 739,0 mln so‘m, ya’ni 10,1 foizga o‘sgan. O‘sish asosan muomalaga chiqarilgan oddiy aksiyalarni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga amalga oshirilgan. Ular tahlil yili davomida 300,0 mln so‘mga (7,9 %) oshgan. Yil davomida kapitalning o‘sgan qismining 40,6 foizini aynan chiqarilgan oddiy aksiyalar tashkil etgan. Bank daromadlari hisobidan tashkil topadigan kichik biznes korxonalarini imtiyozli kreditlash fondining mablag‘lari tahlil davrida 750,0 mln so‘mdan 810,0 mln so‘mga, ya’ni 8,0 foizga oshgan. Bundan tashqari yana asosan bank daromadlari hisobidan tashkil etiladigan zaxira fondi mablag‘lari esa 200,0 mln so‘mga o‘sgan. Zaxira mablag‘larining o‘sishi bank faoliyatida muammoli kreditlar, risk darajasi yuqori bo‘lgan boshqa aktivlar va valuta devalvatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning mavjudligini bildiradi.




«Infinbank» kapitalining yetarliligi tahlili.


4.3-chizma.



Ko‘rsatkichlar

01.01.
2020

01.04.
2020

01.07.
2020

01.10.
2020

01.01.
2021

1.

Bank kapitali qoldig‘i (mln so‘m)

7319

7365

7570

7810

8058

2.

I darajali kapital (mln so‘m)

5287

5325

5480

5865

5898

3.

II darajali kapital (mln so‘m)

2032

2040

2090

2145

2160

4.

Aktivlar qoldig‘i (mln so‘m)

62012

63128

63212

63220

63190

5.

Aktivlarning risklilik darajasi hisobga olingan qoldig‘i (mln so‘m)

17084

19870

20510

21480

22390

6.

Nomoddiy aktivlar (mln so‘m)

162

185

185

190

195

7.

Umumiy kapitalning yetarliligi (K1 koeffitsiyent, 0,1)

0,42

0,37

0,36

0,36

0,35

8.

I darajali kapitalning yetarlilgi (K2 koeffitsiyenti, 0,05)

0,31

0,26

0,26

0,26

0,26

9.

I darajali kapitalning umumiy yetarliligi (K3 koeffitsiyenti, 0,06)

0,11

0,11

0,11

0,12

0,12

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, “Infinbank”Bankining umumiy kapitalining yetarliligi 2021-yil boshida 0,35 va 2020-yil boshida 0,42 koeffitsiyentlar oralig‘ida tebrangan. 2020-yil davomida umumiy kapitalning yetarlilik darajasi Markaziy bank talabidan 3,5–4,2 barobargacha ko‘p bo‘lgan. I darajali kapitalning yetarlilik koeffitsiyentilari ham yil davomida 0,26 dan 0,31 gachani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich ham yil davomida qo‘yilgan talabdan 5–6 barobar ko‘p bo‘lgan. Birinchi darajali kapitalning umumiy yetarlilik koeffitsiyenti ham yil davomida talab darjasidan 2 barobar ortiq miqdorda ekanligi ko‘rilmoqda.


Demak, “Infinbank”– bank 2020-yil davomida talab etilganidan ko‘p miqdorda o‘z kapitalining tashkil etilishini ta’minlagan.

«Infinbank» kapitalining samaradorlik ko‘rsatkichlari.


4.4-chizma.



Ko‘rsatkichlar

O‘tgan yil boshiga

Joriy yil boshiga

Farqi
(+; –)

1.

Bank kapitali qoldig‘i (mln so‘m)

7319

8058

739

2.

I darajali kapital (mln so‘m)

5287

5898

611

3.

II darajali kapital (mln so‘m)

2032

2160

128

4.

Sof foyda (mln so‘m)

234

315

81

5.

Kapitalning samaradorligi (N)

3,2

3,9

0,7

6.

I darajali kapital samaradorligi (N1)

4,4

5,9

1,5

7.

II darajali kapital samaradorligi (N2)

11,5

14,5

3







0,03

0,04

0,01

0,04

0,05

0,01

0,12

0,15

0,03

Tahlil natijalari bank kapitali samaradorligi joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 0,7 punktga oshganligini ko‘rsatmoqda. O‘tgan yil olingan sof foydaning bank kapitaliga nisbati 3,2 ni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 3,9 ni tashkil etgan.


O‘tgan yilda har bir so‘mlik kapitalga 3,2 tiyinlik sof foyda to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 3,9 tiyinni tashkil etgan. Kapital samaradorligi ko‘rsatkichining o‘sishiga asosiy sabab olingan sof foydaning o‘sishi darajasi, kapitalning o‘sishi darajasidan yuqori sur’atlarni tashkil etganligi hisoblanadi. Joriy yilda bank kapitali o‘tgan yilga nisbatan 10,1 foizga o‘sgan bo‘lsa, ushbu davrlarda olingan sof foydaning o‘sish sur’ati 34,7 foizni tashkil etgan.
Shuningdek, tahlil etilayotgan davrda birinchi va ikkinchi darajali kapitallarning samaradorlik darajasi ma’lum miqdorda oshganligi kuzatiladi.
Shunday qilib, bankning passiv operatsiyalari tahlilida asosiy e’tibor ularning tarkibiy o‘zgarishlari, o‘sish dinamikasi va barqarorlik darajasi bilan bir qatorda resurslar samaradorligi maslasiga qaratilishi kerak ekan.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin