3.“Infinbank” ATB ko’rsatadigan xizmatlar va uning faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar tahlili. Tijorat banklari faoliyatini tahlil etish subyektlari nuqtayi nazaridan ular ikki turga: birinchidan, tashqi va ikkinchidan, ichki tahlilga bo‘linadi. Banklarning tashqi tahlili asosan, Markaziy bank, tashqi auditor tashkiloti va soliq inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ichki tahlil, odatda, bankning ichki audit guruhi, tegishli departament va boshqarmalar hamda har bir bank xodimining funksional vazifalari yuzasidan amalga oshiriladi.
Tijorat banklari faoliyati tahlili tashqi va ichki subyektlar tomonidan amalga oshirilishi quyidagi chizmada aks ettirilgan.
Tahlilning amalga oshiruvchi subyektlar. 3.1-jadval
Tashqi moliyaviy tahlil kompleks ravishda amalga oshiriladi, lekin u tahlil etuvchining maqsadiga muvofiq farqlanadi. Markaziy bank tomonidan o‘tkaziladigan kompleks tahlilning asosiy maqsadi bank barqarorligini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. Banklar tomonidan Markaziy bankning iqtisodiy normativlariga rioya qilish darajasi o‘rganiladi. Buning uchun Markaziy bankning maxsus inspeksiyasi tomonidan Banklarning o‘z mablag‘lari tarkibi, uning monandligi, bank aktivlarining likvidliligi va risklilik darajasi, kredit va investitsiyalarning tasniflanishi hamda muammoli kredit va investitsiyalarni qoplash uchun zarur bo‘lgan zaxiralarning haqiqatda tashkil etilganligi o‘rganiladi. Haqiqiy holat iqtisodiy normativlar bilan taqqoslanadi va undan chekinishlar mavjud bo‘lgan taqdirda harakatdagi qonun-qoidalar doirasida chora-tadbirlar belgilanadi hamda qonunga muvofiq zaruriy jazolar ko‘rilishi mumkin.
Harakatdagi qoidalarga muvofiq har bir Bank har yili bir marta tashqi auditdan o‘tish va uning tegishli xulosalariga ega bo‘lmog‘i kerak. Tashqi audit tashkiloti Bank aksionerlarining umumiy yig‘ilishida tanlanadi. Yirik banklar o‘zining imidjini oshirish maqsadida xalqaro audit tashkilotlarini tanlashlari mumkin.
Tashqi audit tashkilotlari ham kompleks tarzda banklar faoliyati tahlilini amalga oshiradi. Audit jarayonida bank faoliyati natijalarining xalqaro andozalarga mos kelish darajasi o‘rganiladi. Audit xulosasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy tavsiflar hamda xalqaro bank faoliyatiga mos ravishda hisobot yili natijasi baholanadi.
2020-yil natijalari bo‘yicha “Infibank” umumiy aktivlari mamlakat bank tizimi aktivining 90 foizidan ortig‘ini tashkil qiladigan 14 ta Banklar qatorida yetakchi xalqaro reyting kompaniyalarining «barqaror» degan yuqori reyting bahosini olishga muvaffaq bo‘ldi.