1.“Infinbank” ATB to’g’risida umumiy ma’lumot.
ATB “InfinBank”ning Farg’ona viloyati filialining tashqi ko`rinishi.
1-rasm
Chet el kapitali ishtirokidagi “Invest Finance Bank” aksiyadorlik tijorat banki, kredit tashkiloti bo’lib, O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga va Bank tasischilarining 2007-yil 26-oktyabrdagi (2-sonli bayonnoma) umumiy yo’nalishi qarori bilan bank faoliyatini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan. Shu yilning 24-dekabrida Bank xizmatlari ko’rsatish uchun litsenziya olindi. 2007-yil 29-fevral kuni jismoniy shaxsga birinchi kredit ajratildi.
ATB “InfinBank”ning logotipi.
2-rasm
2015 -yil 4-aprel oyidan «InfinBank» negizida hozirgi Farg’ona viloyati, Al-Farg’oniy ko’chasi 52-uyida Ixtisoslashtirilgan Aktsionerlik Tijorat «InfinBank»ning Farg’ona viloyati bo’limi tashkil topdi.
“InfinBank” ATB ning umumiy ma’lumotlar
1.1-jadval
№
|
Ko‘rsatkichlar nomi
|
Ma’lumotlar
|
1
|
Bankning rasmiy nomi
|
“InfinBank” Aksiyadorlik Tijorat Banki
Farg’ona filiali
|
2
|
Bank manzili
|
Farg’ona viloyati, Farg’ona shaxri, Al-Farg’oniy ko’chasi 52-uy
|
3
|
Bank tashkil etilgan yil
|
2007-yil
|
4
|
Bankning mulk shakli
|
Aksiyadorlik jamiyati
|
5
|
Asosiy faoliyat turi
|
Zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatish
|
6
|
Jami xodimlar soni
|
56 kishi
|
7
|
Ishchi va xodimlarning o‘rtacha oylik maoshi
|
2 500 000 so’m
|
8
|
Jami mavjud avtotransportlar
|
3 ta ya'ni DAMAS, NEXIA-3, JENTRA avtomobili
|
9
|
Qo‘shimcha ma’lumotlar
|
Bank asosiy faoliyatidan tashqari
Qo’shimcha internet banking rivojlantirishni rejalashtirmoqda
|
InfinBank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.
“Infinbank” aksiyadorlik tijorat banki tashkiliy tuzilmasi
1.2-jadval
“Infinbank” Ta’sischilari tarkibi
1.3-jadval
Dostları ilə paylaş: |