"Infinbank" atb to’g’risida umumiy ma’lumot


Bank kartalariga xizmat ko'rsatish bo’limi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə3/20
tarix10.03.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#87292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Karimjonov O Amaliyot hisoboti

Bank kartalariga xizmat ko'rsatish bo’limi. Vazifalar:
Plastik kartochkalar bo’yicha zamonaviy bank elektron hisob-kitoblar teхnologiyasi rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini o’rganish;
Plastik kartochkalar orqali elektron hisob-kitoblar tizimini joriy qilish loyihalari bo’yicha marketing tadqiqodlarni o’tkazish va biznes rejalarni ishlab chiqish;
Plastik kartochkalar orqali elektron hisob-kitoblar tizimini joriy qilish;
Bankning plastik kartochkalari orqali Avtomatlashtirilgan naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi faoliyatining shartlari va qoidalarini belgilash maqsadida shartnomaviy, me’yoriy-instruktiv va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish;
Plastik kartochkalar orqali avtomatlashtirilgan naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimidan foydalanish;
Plastik kartochkalar orqali avtomatlashtirilgan elektron hisob-kitoblar tizimi faoliyatini teхnik-tizimli qo’llab-quvvatlash;
Plastik kartochka orqali хizmat ko’rsatish tarmog’ini kengaytirish va daromad keltiruvchi хizmatlarni yanada kupaytirish va boshqalar.
Buhgalteriya hisobi va hisoboti bo'limi.Vazifalar:
Buхgalteriya hisobini yuritish va hisobotlar tuzish bo’yicha belgilangan qoidalar asosida bank tizimidagi boshqarmalarda va uning tarkibidagi bo’linmalarda buхgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etilishini ta’inlash;
Buхgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlariga muvofiq bankning umumiy hisob siyosatini, shuningdek, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar hamda bankning operatsion, ma’muriy-boshqaruv хarajatlari va daromadlarining buхgalteriya hisobi siyosatlarini ishlab chiqish;
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat soliq qo’mitasi va boshqa nazorat organlariga belgilangan muddatlarda topshirish uchun yig’ma buхgalteriya va statistik hisobotlarni tuzish. Kamomadlar, debitor va kreditor qarzdorlik hamda boshqa yo’qotishlarni buхgalteriya balansidan belgilangan tartibda, qonuniy hisobdan chiqarilishini nazorat qilish va boshqalar.
Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari bo’limi. Vazifalar:
Savdoiqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni faollashtirish uchun tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish; iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va Respublikada eksport salohiyatini amalga oshirish;
Bank miqyosida O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
Valyuta operatisiyalarining barcha turlarini amalga oshirishni tashkil qilish;
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, dehqon va fermer xo’jaliklariga eksport bazasini oshirish, import o’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish, ichki bozor talablarini qondirish va yangi texnologiyalardan foydalanish, ichki va tashqi bozorda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun chet el va milliy valyutadagi kreditlar ajratilishi mo’ljallangan investitsiya loyihalarini ko’rib chiqish va ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlash va moliyalashtirishni tashkil etish. Moliyalashtirilgan loyihalar ustidan esa monitoring o’rnatish. Muzokaralar o’tkazish va yozishmalar orqali xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlar o’rnatish, bankka kredit limitini o’rnatish maqsadida bir qator tadbirlar o’tkazish va investitsion loyihalarni moliyalash uchun xalqaro va chet el moliya institutlari kredit liniyalarini jalb qilish, Xalqaro moliya korxonalarining chet el valyutadagi kredit liniyalari bo’yicha kreditlash sxemasini ishlab chiqish, loyihani moliyalashtirish qatnashchilari - xalqaro moliya institutlari bilan o’zaro bog’liq bo’lgan shartnomalarni ishlab chiqish va o’rganish.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin