Kadrlar bo’limi. Bank tizimida kadrlar siyosatini amalga oshirish, bugungi kun talablariga javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, bank xodimlari madaniyati va javobgarligini oshirish, bank muassasalarida kadrlarni to’g’ri tanlash, joy-joyiga qo’yish va ularni tarbiyalash, kadrlar zahirasini tayyorlab borish, kadrlar sifat tarkibini yaxshilash hamda kadrlar qo’nimsizligini oldini olish.
Oilaviy tadbirkorlikni kreditlash bo’limi. Vazifalar: Jismoniy shaxslarni kreditlash va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidakredit resusrlariga va boshqa kredit vositalariga bo’lgan talab va taklifni hisobga olgan holda Bankning kredit siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash; bankning tarkibiy bo’linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, Bankning strategiyasi va O’zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq qisqa va uzoq muddatli kreditlash masalalari bo’yicha ishlash; Filiallar tarmog’i (filiallarning vakolatlari darajadagi) va hududiy ofis mijozlarining qisqa va uzoq muddatli kredit so’rovnomalarini ko’rib chiqish, salohiyatli qarz oluvchilarning kredit layoqatligini baholash, shuningdek filiallarda xizmat ko’rsatiladigan mijozlarga ajratilgan kreditlarni monitoring qilish; Qisqa va uzoq muddatli kreditlash jarayoniga tegishli bo’lgan me’yoriy hujjatlar, nizomlar va texnik tartiblarni ishlab chiqishda ishtirok etish; aholini xususiy tadbirkorlik sohasiga optimal shartlar asosida mikrokreditlar ajratish orqali jalb qilish.
Axborot texnologiyalar bo’limi.Vazifalar: Bankning ichki to’lov tizimlarini hamda hisob-kitoblar teхnologiyasini jahon andozalariga mos ravishda takomillishtirish. Jahon bank tizimi amaliyotidagi ilg’or aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini o’rganish va ularni bank tizimiga tadbiq etish ishlarini tashkil qilish va ularni rivojlantirish. Real vaqt tartibiga asoslangan va hisob-kitoblarning ishonchlilik darajasini oshirishga yo’naltirilgan to’lov tizimini tashkil etish va uni rivojlantirishga oid talablarni ishlab chiqish. Bankning integrallashgan aхborottahliliy tizimini loyihalash, ishlab chiqish va rivojlantirishni tashkil etish. Bank sohasida ishlatiladigan dasturiy vositalarni ekspertizadan o’tkazish va ularning ishini kuzatib borish, elektron ma’lumotnomalar tizimidan foydalanishni ta’minlash, komp’yuter savodхonligi bo’yicha o’quv kurslarini tashkil etish. O’zbekiston Respublikasi aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qo’mitasi va boshqa vazirlik va idoralarning tegishli bo’linmalari bilan uzviy aloqada ishlashni tashkil etish va boshqalar.