"Infinbank" atb to’g’risida umumiy ma’lumot


Tahlil ishlarini tashkil qilish, manbalar bilan tanishish va vazifalari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə6/20
tarix10.03.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#87292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Karimjonov O Amaliyot hisoboti

2.Tahlil ishlarini tashkil qilish, manbalar bilan tanishish va vazifalari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyat yurituvchi korxona faoliyati tahlilidan asosiy maqsad faoliyat samaradorligini oshirishdan iborat.
Bank faoliyatini tahlil qilishning bosh maqsadi ham bank faoliyati samaradorligini oshirishga erishishdan iborat.
Bank faoliyati natijasida olinadigan sof foyda miqdorining oshishini ta’minlash omonatchilar va kreditorlarning ishonchini qozonish va bank aksionerlariga to‘lanadigan dividendlar miqdorini oshirib borish demakdir. Shuning uchun ham bank faoliyati doimiy va uzluksiz ravishda tahlil qilib borilishi lozim.
Bosh maqsadga erishish uchun bank faoliyatining barcha jihatlari uzluksiz ravishda tahlil etilishi, uning natijalari to‘g‘ri va aniq talqin qilingan holda Bank Boshqaruviga xulosa chiqarish va qaror qabul qilish uchun muntazam ravishda taqdim etib borilmog‘i lozim. Bank strategiyasini belgilash, Bank Boshqaruvi, Kuzatuv kengashi va Aksionerlarning umumiy yig‘ilishi qarorlari ham bank faoliyati tahliliga asoslanadi va ushbu qabul qilingan qarorlar samaradorligini belgilab beradi.
Bank faoliyati tahlilining bosh maqsadiga erishish uchun quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
Birinchidan, bank kreditorlari va omonatchilarining manfaatlarini himoyalash. Ma’lumki, Banklar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo‘lib, ular faoliyatini yuritish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar asosiy qismining qariyb 70–85 foizini bank kreditorlari va omonatchilarining mablag‘lari tashkil etishi hisoblanadi. Shunday ekan, kreditorlar va omonatchilar manfaatlari bank manfaatlari bilan uyg‘unlashgan tarzda faoliyat yuritishi lozim. Omonatchilar o‘zlarining bankka ishonib topshirgan mablag‘larini va ular uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan foiz shaklidagi daromadlarini o‘z vaqtida va to‘liq qaytarib olishlari, kreditorlar ham bankdagi mablag‘laridan qonun doirasida foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lmog‘i zarur. Bunga erishish uchun esa, bank faoliyati kreditorlar va omonatchilar manfaatlari nuqtayi nazaridan uzluksiz ravishda tahlil etilib borilishi lozim. Bunda doimiy ravishda kreditorlar va omonatchilarning talablarini o‘z vaqtida va to‘la-to‘kis bajarish uchun yetar li miqdorda mablag‘lar bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun bankning to‘lov qobiliyati uning omonatchilari va kreditorlari talablarini qondirish maqsadida doimiy ravishda tahlil qilinishi talab etiladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin