"Infinbank" atb to’g’risida umumiy ma’lumot



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə7/20
tarix10.03.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#87292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Karimjonov O Amaliyot hisoboti

Ikkinchidan, bank aylanmasiga chetdan jalb etilgan va bankning o‘z mablag‘laridan samarali foydalanishi. Ushbu maqsadga erishish uchun albatta, doimiy ravishda chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘lari dinamikasi va barqarorligi nuqtayi nazaridan tahlil etilishi talab etiladi. Shu bilan birga, ushbu mablag‘lar qaysi maqsadlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilganligi va natijada ulardan qay darajada samara olinishi kuzatib boriladi. Chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘laridan samarali foydalanish uchun bankning yangi xizmatlarini joriy etish va uning bozor sharoitida raqobatbardoshligini oshirib borish yo‘llarini izlash talab etiladi. Bank faoliyati tahlili natijasida chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘laridan samarali foydalanish yo‘llari aniqlanadi va u faoliyatga tatbiq etiladi.
Uchinchidan, bank resurs bazasining barqarorligini ta’minlash va ularni oqilona boshqarish. Bank aylanmasiga jalb etiladigan resurslar tahlili natijasida uning barqarorligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday bank aylanmaga jalb etilgan mablag‘larning kam xarajat talab etilishi va ushbu resurslarning bank aylanmasida imkon darajasida uzoq muddat xizmat qilishini istaydi. Barqaror resurslar albatta barqaror daromad manbayi hisoblanadi. Bundan tashqa ri bank aylanmasiga jalb etilgan resurslarni oqilona boshqarish ham bankning samarali va xavfsiz faoliyatini tash kil etishning asosi hisoblanadi. Bank faoliyati tahlili asosida resurslar va bank aktivlari o‘rtasida mutanosiblikka erishiladi. Bank resurslari muddat va hajm jihatidan aktiv operatsiyalarga yo‘naltirilishi muvofiqlashtiriladi. Natijada bank resurslaridan samarali foydalanishning optimal variantlari ishlab chiqiladi.
To‘rtinchidan, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy normativlarning bajarilishini ta’minlash.
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunning 50-moddasiga muvofiq Markaziy bank moliyabank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoyalashni ta’minlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi.
Ushbu qonunning 52-moddasiga muvofiq Markaziy bank banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan:

  • kapitalning monandlik koeffitsiyentini;

  • bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini;

  • yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p miqdorini;

  • likvidlilik koeffitsiyentlarini;

  • aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek, bunday tasniflar asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga kiritiladigan chegirmalardan shubhali va umidsiz qarzlarga qarshi tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirishni;

  • qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni bank daromadlari hisobvarag‘iga kiritishga doir talablarni;

  • ochiq valuta mavqeyi limitlarini belgilaydi.

Ushbu normativlarning doimiy ravishda bajarilishini ta’minlash uchun bank faoliyati uzluksiz ravishda tahlil qilib borilishi talab etiladi.
Albatta, normativlar bank tizimining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Normativlar bajarilishining ta’minlanmasligi bank faoliyatining xavflilik darajasini oshira di. Bank boshqaruvi normativlarga rioya etilishi yuzasidan tezkor ma’lumotlarga ega bo‘lishi va uni ta’minlash uchun chora-tadbirlar belgilash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin