"Infinbank" atb to’g’risida umumiy ma’lumot


Kredit operatsiyalar bo’limi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə4/20
tarix10.03.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#87292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Karimjonov O Amaliyot hisoboti

Kredit operatsiyalar bo’limi. Vazifalar:
kredit resusrlariga va boshqa kredit vositalariga bo’lgan talab va taklifni hisobga olgan holda Bankning kredit siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash;
Mijozlarining qisqa va uzoq muddatli kredit so’rovnomalarini ko’rib chiqish, salohiyatli qarz oluvchilarning kredit layoqatligini baholash, shuningdek xizmat ko’rsatiladigan mijozlarga ajratilgan kreditlarni monitoring qilish;
Qisqa va uzoq muddatli kreditlash jarayoniga tegishli bo’lgan me’yoriy hujjatlar, nizomlar va texnik tartiblarni ishlab chiqishda ishtirok etish. hamda Bankda kreditlash amaliyoti bo’yicha umumiy faoliyatni muvofiqlashtish, bunda mijozlarga kredit ajratish bosqichidan to kredit so’ndirilguncha bo’lgan butun jarayon ustidan nazoratchi funksiyasini bajarib, amaldagi me’yoriy hujjatlar hamda kreditlash tamoyillariga mos holda sifatli va minimal darajadagi xatarga tortilgan bank kredit portfelini shakllantirish, bank uchun kreditlash faoliyatini tashkil etish va unga doir munosabatlarni tartibga soluvchi hamda muvofiqlashtiruvchi asosiy mezon hisoblangan Kredit siyosatini va Kreditlash tartiblarini ishlab chiqish hamda ushbu tartiblar asosida filiallarda samarali kreditlash faoliyatini yo’lga qo’yish,
Pul muomalasi va kassa amaliyotlari bo’limi. vazifalari : Bank tizimida pul muomalasini yanada mustahkamlash va milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, naqd pul aylanishini tezlashtirish, naqd pul mablag’larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, naqd pul mablag’larining kelib tushishi va xarajatlari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish, pul-kredit munosabatlari va kassa amaliyotlarini tashkil etish va monitoring qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarga ko’maklashish, tartibga solish, iqtisodiy tahlil etish va ularning joylarda bajarilishi ustidan doimiy nazorat o’rnatish.
Yuridik bo’lim. vazifalari : Bank va uning tarkibiy bo’linmalari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashda qatnashish, uning tarkibiy bo’linmalari xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirishda qatnashish va uning tarkibiy bo’linmalari mulkining saqlanishini huquqiy vositalar orqali ta’minlash ishlarini tashkil qilish, bankning shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritishda qatnashish hamda sudlarda va boshqa idoralarda bankning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin