"Infinbank" atb to’g’risida umumiy ma’lumot


“Infinbank” ATB xizmat ko`rsatish va davr xarajatlari tahlili



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə12/20
tarix10.03.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#87292
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Karimjonov O Amaliyot hisoboti

5.“Infinbank” ATB xizmat ko`rsatish va davr xarajatlari tahlili
Bank daromadliligi, birinchi navbatda, xarajatlarini kamaytirishga bog‘liq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar joriy xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi.
Xarajat – bu pul vositasini ishlab chiqarish (bank) va noishlab chiqarish (nobank) faoliyatlariga ishlatish (xarajat qilish) tushuniladi.
Odatda, bank xarajatlari quyidagicha tasniflanadi:

  1. Operatsion xarajatlar:

    1. Foizli xarajatlar.

    2. Komission xarajatlar.

    3. Moliya bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha xarajatlar.

    4. Boshqa operatsion xarajatlar.

  2. Bank faoliyatini funksionallashtirishni ta’minlashi bo‘yicha xarajatlar.

  3. Boshqa xarajatlar

“Infinbank”ning joriy yil xarajatlari o‘tgan yilga nisbatan 24,6 mln so‘m yoki 0,2 foizga o‘sgan. Xarajatlar tarkibida asosiy o‘rinni xodimlarga to‘langan ish haqi va boshqa xarajatlar tashkil etgan. Ular hisobiga umumiy xarajatlarning 39,4 foizi to‘g‘ri keladi

“Infinbank”ning xarajatlari tarkibi va dinamikasi.

5.1-jadval.




Joriy likvid aktivlar

O‘tgan yil boshiga

Joriy yil boshiga

O‘zgarishi

qoldig‘i mln so‘m

salmog‘i %

qoldig‘i mln so‘m

salmog‘i %

mln so‘m

salmog‘i %

1.


Talab qilib olinadigan depozitlar uchun to‘langan foiz xarajatlari

45,2


0,4


46,4


0,4


1,2


2,7


2.

Jamg‘arma depozitlar bo‘yicha, foiz xarajatlari

148,5

1,4

151,6

1,4

3,1

2,1

3.

Muddatli depozitlar bo‘yicha foiz xarajatlari

1260

12,1

1271

12,1

11

0,9

4.

Depozit sertifikatlari bo‘yicha foiz xarajatlari

0

0,0




0,0

0

0,0

5.

Banklarga to‘langan foiz xarajatlari

520

5,0

515,6

4,9

-4,4

-0,8

6.


Kreditlar bo‘yicha ehtimoliy zaxiralar operatsion xarajatlari

730

6,99

740

7,1

10



1,4

7.

Xodimlarga to‘langan ish haqi va boshqa xarajatlar

4120

39,4

4125

39,4

5

0,1

8.

Ijara xarajatlari

210

2,0

218

2,1

8

3,8

9.

Transport va xizmat safari xarajatlari

51

0,5

55

0,5

4

7,8

10.

Ma’muriy xarajatlar

580

5,6

585

5,6

5

0,9

11.

Asosiy vosita eskirishi – amortizatsiya

510,9

4,9

529,9

5,1

19

3,7

12.

Sug‘urta, soliq va boshqa to‘lovlar

820,5

7,9

830,8

7,9

10,3

1,3

13.

Boshqa operatsion xarajatlar

218,5

2,1

220,9

2,1

2,4

1,1

14.

Olingan kreditlar uchun to‘lovlar

1230

11,8

1180

11,3

-50

-4,1




JAMI:

10444,6

100

10469,2

100

24,6

0,2




“Infinbank”ning joriy yil xarajatlari o‘tgan yilga nisbatan 24,6 mln so‘m yoki 0,2 foizga o‘sgan. Xarajatlar tarkibida asosiy o‘rinni xodimlarga to‘langan ish haqi va boshqa xarajatlar tashkil etgan. Ular hisobiga umumiy xarajatlarning 39,4 foizi to‘g‘ri keladi.
Jamg‘arma va muddatli depozitlar uchun to‘langan fo iz to‘lovlarining umumiy xarajatlardagi ulushilari pastli gi bank majburiyatlari tarkibida ularning salmog‘i kamligi bilan izohlanadi. Foizli daromadlar miqdorini oshirish uchun, bank tomonidan barqaror majburiyatlar jalb etishga va ularni yuqori foizli daromad keltiruvchi kredit, lizing va faktoring operatsiyalariga yo‘naltirishni tashkil etmog‘i lozim.
Olingan kreditlar uchun to‘lovlar va kreditlar bo‘yicha ehtimolli zaxiralar, operatsion xarajatlar ham yil boshiga 18 foizdan oshib ketgan. Bu holat bank tomonidan yil davomida boshqa banklar va yuridik tashkilotlardan mablag‘lar jalb etishga ehtiyoj sezganligi va muammoli kreditlari salmog‘i biroz miqdorda ortib borganligini bildiradi.
Odatda, bank daromadlarining 2/3 qismi foizli xarajatlarga, berilgan ssudalar bo‘yicha yo‘qotishlarni qoplashga, soliqlarni to‘lashga, kutilayotgan foydaga va sarmoyaning o‘sishiga sarflanadi.
Odatda, bank xarajatlari tarkibidagi o‘zgarishlar aktivlar daromadligiga ham o‘zgarishlar kiritishni talab qiladi.
Xarajatlarni to‘g‘ri hisoblash banklarga muqobil konservativ resurslar narxalarini taqsimlash va bank aktivlarini aniq baholash hamda xarajatlarni qoplab, aksiyadorlar uchun daromadlarni to‘g‘ri taqsimlash imkonini beradi. Xarajatlarni baholashga kreditlar ustama foizlarini belgilashning asosiy omili sifatida qarash kerak.
Xarajatlarni minimallashtirish, bank daromadlari va xarajatlarini optimallashtirish masalalari doimiy ravishda bank faoliyati muvaffaqiyatining asosi bo‘lmog‘i lozim.
6.“Infinbank” ATB moliyaviy natijalari tahlili.
Tijorat banklari moliyaviy natijalari tahlilining asosiy vazifalari bo‘lib:

    • faoliyatining moliyaviy natijalarini (foyda yoki zarar) aniqlash;

    • foydaning belgilangan reja, o‘tgan davrlardan farqini o‘rganish;

      • foydaning tarkibi: daromadlar, xarajatlar qanday o‘zgarganligini o‘rganish hamda bu o‘zgarish sabablarini aniqlash;

      • faoliyat davomida tejamkorlikka rioya qilinganligini o‘rganish;

      • rentabellik (foydalilik) ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning qanday o‘zgarayotganliklarini o‘rganish;

      • xarajatlarini kamaytirib, daromadlarini ko‘paytirib, foydasini ko‘paytirish, ichki imkoniyatlarini aniqlash va shu kabilar hisoblanadi.



“Infinbank”ning moliyaviy natijalari tahlili.

6.1-jadval.




Moddalar

2020

2021

Joriy yil o‘tgan
yilga nisbatan o‘zgarishi

summasi

ulushi (%)

20

Foizli daromadlar – jami

5541,9

7037,8

1495,9

126,9

50

Foizli xarajatlar – jami

2491,5

3496,6

1005,0

140,3

60

Sof foizli daromadlar

3050,3

3541,2

490,0

116,1

70


Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy zararlarga qarshi shakllantirilgan zaxirani baholash

381,6

185,0

196,6

48,5

80


Zaxirani baholashni chiqarib tashlagandan so‘ng qolgan sof foizli daromad

2668,7

3356,2

687,5



125,7

100

Foizsiz daromadlar – jami

1963,2

1912,2

-51,0

97,4

120

Operatsiya xarajatlari – jami

3930,0

4241,3

-310,7

107,9

130

Daromad (foyda) solig‘i to‘langungacha bo‘lgan sof foyda (zarar)

701,4

1027,1

325,7

146,4

140

Daromad (foyda) solig‘i

450,4

463,1

12,7

102,8

150

Sof daromad (zarar)

251,0

564,0

313,0

224,7




Jadval ma’lumotlaridan “Infinbank” foyda summasini qaysi manbalardan ko‘paytirilganligi, nimalardan xarajatlar ko‘payganligi ko‘rinib turibdi. Bankning foizli daromadlari 2021-yilda o‘tgan yilga nisbatan 126,9 foiz ko‘paygan bo‘lsa, foizli xarajatlari – ushbu davrda 140,3 foizga ko‘paygan.
Bank 2021-yilda kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy zararlarga qarshi shakllantirilgan zaxiralarga 2021-yilda 2020-yilga nisbatan 2 baravardan kamroq summa (48,5 %) ajratgan. Shunday qilib, foizli daromadlar summasini biroz oshirgan. Lekin bank foizsiz daromadlarini 2020-yilga nisbatan kamaytirib yuborgan (51044,0 ming so‘mga). Natijada shungacha bank foydasi o‘tgan yilga nisbatan kamaygan. Tijorat banki operatsion xarajatlar summasini ko‘paytirmaslik choralarini ko‘rgan. Natijada bu xarajatlar 2021-yilda o‘tgan yilga nisbatan faqatgina 107,9 foizgagina o‘sgan. Tijorat bank bo‘limlarida foizli va foizsiz daromad turlarini ko‘paytirishning ichki imkoniyatlarini topish lozim.
Kelgusida bankning sof daromadini oshirish uchun foizli daromadlarning foizli xarajatlarga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minlashga erishilmog‘i lozim.
Buning uchun albatta, foiz to‘lanib jalb qilinadigan majburiyatlarni yuqori daromad keltiruvchi aktivlarga yo‘naltirish kerak.
Shu bilan birga, bank yil sayin foizsiz daromadlarining o‘sib borishini ta’minlovchi siyosat ishlab chiqishi kerak bo‘ladi.
Bank strategiyasiga ko‘ra, doimiy ravishda daromadlarning o‘sish sur’ati xarajatlar va soliq to‘lovlari o‘sish sur’atlaridan yuqori darajada bo‘lishiga harakat qilmog‘i lozim.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin