vakillari hisoblanadi. Bahovuddin Naqshbandning ta’lim-tarbiya haqidagi fikr-mulohazalari va pand-u nasihatlari g'oyat qimmatlidir. U barkamol insonni tarbiyalash dastlab odobdan boshlanishini ta’kid- lab shunday degan edi: «Adab xulqni chiroyli qilish, so‘z va fe’lni soz qilishdir... Adab saqlash - muhabbat samarasi, yana muhabbat daraxtining urug‘i hamdir. Agar adabda ozgina nuqsonga yo‘l qo‘y- sangiz ham, nimaiki qilsang. beadablikdek ko'rinadi. Odam o‘zini bir xil sifat va ko'rinishda olib yurishi lozim ki, toki odamlarda unga tasarruf (ta’sir qilish) tamg'asi paydo bo'lmasin». IX asrda yirik 62
faylasuf, Arastu izdoshlaridan bo‘lgan al-Kindiy dunyoviy ma’rifat va ta'limning tarqalishi masalasini qo‘ygan; u ta’kidlaganki, inson aql-zakovati haqiqatni izlashda yaratganning ta'siridan xoli bo‘lishi lozim. Kindiyning fikricha, haqiqatni bilishda va bu haqiqat bilan o‘z harakatlarini moslashtirishda sababni aniqlash inson shuuriga ulkan yordam beradi. «Qidirilayotgan haqiqatni. - deb yozadi u, - uning sababini bilganimizdan keyingina bilib olamiz. Istalgan narsani va uning barqarorligini bilishning sababi esa haqiqat hisoblanadi, chunki mavjudlikka ega bo'Igan barcha narsalar haqiqatdir. Haqiqatni bilish mumkin, binobarin, mavjud b oigan barcha narsalarni ham bilish mumkin». K indiyning o‘ylashicha, haqiqiy bilimlarni, atrof-olam haqidagi tushunchalarni shakllantirish qobiliyatiga esa faqat ong egadir. Forobiy nihoyatda buyuk olim va mutafakkir edi. Chunonchi, uning asarlarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, u o‘z ilm iy qarashlari bilan yangi davrga darcha ocha bilgan va zamondoshlaridan bir necha