sigagina taalluqli bo'lib qolmoqda. Vaholanki. hayot «...fanlarni
kognitiv o'zlashtirish bilan chegaralanmaslikni talab qiladi. Yangi
pedagogik va didaktik yondashuvlarga va ularning rivojlanishiga
sharoit yaratish zarur. Chunki. ay nan shular kommunikatsiyaga, ijodiy
va tanqidiy tahlil, mustaqil fikrlash (mualliflar tomonidan belgilangan)
va ko'p madaniyatli mazmunda jamoatchilik mehnati bilan, qachonki
ijod ham aifanaviy yoki milliy bilim va ko'nikmalarni zamonaviy fan
va texnika yutuqlari bilan uyg’unlashuviga asoslanganida munosib
malakalarni egallashga, bilimdonlik va qobiliyatlilikni rivojlantirishga
ta’sir ko'rsatadilar».
Ikkinchidan, o'zbek xalqiga xos mentalitet - kattalarning irodasiga
bo'ysunish, o'qituvchi o'rgatgan narsaga so'zsiz ishonch hosil qilish,
hayotiv masalalarni hal qilishda samarasiz boisa-da, eng oson yo'l
tanlash, amaliy ziddiyatlarni mumkin qadar chetlab o‘tish kabi qator
qonimizga singib ketgan odatlarimiz ko'p hollarda ijodiy fikrlashning
cheklanib qolishiga sabab bo'ladi.
Shuning uchun ham kelajakda buyuk taraqqiyotga ega, huquqiy
davlat qurishni maqsad qilgan Vatanimiz yoshlarida ijodiy fikrlashni
rivojlantirish, ularning yangilik yaratishga bolgan xohish va istaklarini
imkon darajasiga ko'tarish ko'zlangan maqsad va ezgulik yo'lidagi
ta ’lim tizimining asosiy tadbirlaridan biri hisoblanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: