O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 5A230102-“Iqtisodiyot” (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) magistratura mutaxassisligi 2-bosqich magistranti ASRAQULOV FARRUX RUSTAMOVICHNING T A Q D I M O T I Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholini ish bilan ta'minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishdagi roli mavzusidagi dissertatsiyasining Mavzu: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholini ish bilan ta'minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishdagi roli 1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari.
2. Aholini ish bilan ta’minlash va yangi ish o’rinlarini yaratishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni o’rni.
Reja: 3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishida aholini ish bilan ta’minlash va yangi ish o’rinlarini yaratish mexanizmini takomillashtirish.
KIRISH Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotda monopolistik jarayonlarning rivojlanishiga to’siq bo’lib, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy iqtisodiyotda va uning mintaqalarida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishga turtki beradi.
Xususiy tadbirkorlik yirik biznes bilan faol hamkorlik qiladi. U mamlakat va uning mintaqalarida yangi ish o’rinlarini yaratish, ishsizlik darajasini pasaytirish, malakali mutaxassislarni tayyorlash muammolarini hal etishda asosiy rol o’ynaydi. Ma’lumki, kichik korxonalar mehnat unumdorligining darajasi va samaradorlikning ba’zi ko’rsatkichlari bo’yicha yirik korxonalarga nisbatan ustunlikka ega. Xususiy tadbirkorlik qo’shimcha ish kuchini jalb etish orqali jahon xo’jaligining egiluvchanligi va moslashuvchanligini oshiradi va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlaydi.
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi Tadqiqot obʼekti: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini hal eitilishi lozim bo’lgan ijtimoiy masalalar bo‘lib hisoblanadi.