Innovatsiyalar vazirligi namangan davlat universiteti


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy mazmuni va o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə5/8
tarix11.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#128717
1   2   3   4   5   6   7   8
Kichik biznes TAQDIMOT

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy mazmuni va o’ziga xos xususiyatlari
 
Ingliz klassik iqtisodiy maktabi ta’limotiga ko’ra, tadbirkor – bu kapital mulkdori bo’lib, u foyda olish maqsadida tavakkalchilikka boradi. Bu ta’limotda tadbirkorlik jamiyat uchun foydali faoliyat turi bo’lishining shart sharoitlari ko’rsatib o’tilgan. Bu tadbirkorlarni jamiyat ehtiyojlariga mos keladigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga, bozor raqobati muhitiga moslashishga va foyda olishdan manfatdor bo’lganliklari uchun ularni ma’lum me’yorlarga amal qilishga majbur qiladi.
Avstriya iqtisodiy maktabining vakillaridan biri bo’lgan F.Vizerning xulosalariga ko’ra tadbirkorning yetakchiligi unda korxona tashkil etish g’oyasining tug’ilishidan boshlanadi: u nafaqat kapitalni ta’minlab beradi, shu bilan birga yangi g’oyani taklif etadi, rejani aniqlashtiradi va mutaxasislarni jalb etadi. Korxona tashkil etilganida esa tadbirkor nazariy va tijorat masalalari bo’yicha boshqaruvchiga aylanadi
I. SHumpeter tadbirkorlikning quyidagi besh muhim tomonini keltiradi:
  • - iste’molchilarga noma’lum bo’lgan, yangi tovarlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish
  • - yangi texnologiyalarni qo’llash orqali tovarlarning tijoratbobligini ta’minlash;
  • - yangi tovarlarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish;
  • - yangi xom ashyolardan foydalanish;
  • - soha faoliyatini takomillashtirish.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, foizda
2000-2013 yillarda kichik biznes korxonalarining soni ahamiyatli darajada ko’payib bordi. Ro’yxatga olingan kichik biznes korxonalarining soni 2011 yilning boshiga kelib 2000 yildagiga nisbatan 3,0 baravarga o’sgan. Agar bu ko’rsatkichni respublikamiz mustaqilligining dastlabki pallasi, ya’ni 1992 yilga nisbatan taqqoslansa, u holda mazkur o’sish deyarli 20,0 baravarni tashkil etadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga davlat tomonidan katta e’tibor berilishi hamda qo’llab-quvvatlanishi natijasida uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushida yuqori ko’rsatkichlar saqlanib qolmoqda. Xususan, 2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 2017 yilda bu ko’rsatkich 65,3 foizni, 2022 yilda esa 51,8 foizni tashkil etdi

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin