Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiѐtlar sharhi (tahlili). Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning nazariy asoslari va uning iqtisodiy tabiati A.Smit, R.Kantilon, J.B.Sey, A.Xoskin, Y.Shumpeter, Xizrich R, M.Piters va boshqalarning asarlarida yoritilgan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mohiyati va nazariy asoslari MDH olimlaridan A.G.Granberg, V.G.Gutman, I.A.Rodionova, A.V.Busygin, V.M.Vlasova, A.M.Samozkin, S.F.Borisov, V.V.Radaev va boshqalar ilmiy tadqiqotlar olib borganlar.
O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy jihatlari iqtisodchi olimlarimiz M.Abdusalyamov, T.M.Axmedov, A.M.Sodiqov, A.S.Soliev, O.Abdullaev, A.A.Qayumov, F.T.Egamberdiev, Sh.Sh.Shodmonov, T.T.Jo’raev, K.Muftaydinov, D.S.Alimatova, A.A.Qulmatov, N.K.Muradovalarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy asoslari Tadbirkorlik muammosi va uning turli shakllari to’g’risida o’z davrining taniqli klassik iqtisodchilari va zamonaviy olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Iqtisodchi olimlarning tadbirkorlikka qiziqishlarining “Birinchi to’lqini”, ya’ni tadbirkorlikni iqtisodiy noaniqlik va tavakkalchilik davrida iqtisodiy faoliyat sifatida tadqiq etgan birinchi vakili Richard Kantilon hisoblanadi. Uning “Savdoning umumiy tabiati to’g’risida essa” asarida «tadbirkor havf-xatar ostida savdo faoliyatini yuritib o’z korxonasiga ega bo’lgan va raqobat asosida faoliyatini yurituvchi shaxs». “Tadbirkorlik esa, foyda olish imkoniyatlari chegaralanmagan va baxosi aniq tovarlarning sotib oladi-yu, lekin sotish baxosi noaniq bo’ladi, u tavakkalchi, taklifni tovarga moslovchi shaxs faoliyatidir,”- deb ta’kidlanadi
Ushbu ta’riflarda aynan havf-xatarning mavjudligi tadbirkor uchun qiyin kechadigan bir holat, deb baholanadi. Tadbirkor o’zini aynan shu xavf-xatarga qo’ygan holda foyda topadi, nafaqat foyda oladi, shuningdek, xizmat ko’rsatish usullarini takomillashtiradi, qo’shimcha ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiradi, mehnat unumdorligini oshirish hisobiga qo’shimcha daromadga ega bo’ladi,-deb izohlaydi