Instituti


Shunday qilib bu tadqiqotlarga quyidagicha izoh berish mumkin



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Shunday qilib bu tadqiqotlarga quyidagicha izoh berish mumkin
8

Fundamental (nazariy) tadqiqotlar
– tabiat va jamiyatdagi yangi hodisa va 
qonuniyatlarni ochib berishga va yangi nazariyalarni yaratishga qaratilgan ilmiy 
izlanishlardir. Bu izlanishlar biror ob`ekt, narsa, voqea va hodisalar tabiatida va ular 
orasidagi bog’liqligida nimalar yotishini ilmiy asoslab berishga, kishilar bilim 
doirasini oshirishga, insoniyatning mavjud dunyoni chuqurroq tushunishiga 
qaratilgan.
Fundamental (nazariy) tadqiqotlarda tavakkalchilik va mavhumlik darajasi 
katta va konkret ijobiy natija olish ehtimolligi 10 % dan oshmaydi. Lekin shunga 
7
А. М. Прохоров Физика твёрдого тела и её роль в науке и практике // УФН.
1976. 

Т. 118, № 2. —
С
. 193-
198.
8
Kothari C.R. Research methodology (Methods & Techiques) // New Delhi: New age international limited, 2009.- 
p.2-5 


18 
qaramay fundamental tadqiqotlar fanning va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun 
asos hisoblanadi.
Amaliy ilmiy-texnik tadqiqotlar
ma`lum bir texnik muammolarni moddiy 
qiziqishlar va jamiyat manfaati bilan bog’liq holda hal qilishni o`z oldiga vazifa qilib 
qo`yadi. Amaliy tadqiqotlar, asosan ilmiy-texnik tadqiqotlar fundamental 
tadqiqotlarda aniqlangan bilimlarni moddiylashtirishga qaratilgan. Texnika 
sohasidagi amaliy tadqiqotlar tabiat bilan bevosita ish ko`rmaydi, balki uning 
tadqiqot predmeti bo`lib mashina, texnologiya, jarayon yoki tashkiliy struktura, 
ya`ni boshqacha qilib aytganda “sun`iy tabiat” xizmat qiladi. Bu tadqiqotlarning 
amaliy yo`naltirilganligi kutilgan natijalarni olish ehtimolligini kattalashtiradi (80-
90 % gacha).
Tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalari
– bu amaliy tadqiqotlar 
natijalarini texnikaning (mashina, qurilma, material, modda, mahsulotlarning) yangi 
tajribaviy modellarini yaratish va ishlatish, hamda mavjud texnikani 
takomillashtirish ishlaridir. Ishlab chiqish bosqichida ilmiy tadqiqot natijalari ishlab 
chiqarishga qo`llashga yaroqli shaklga kiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin