Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə26/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Nazorat uchun savollar


  1. Introduksiya usullarini ta‘riflab bering?

  2. Introduksiya yo`nalishida ishlagan olimlar

  3. Introduksiya bosqichlari

  4. Turkum kompleks usulini tushuntiring?

  5. Ekologik-introduksiya usulining mohiyatini izohlang?

  6. Biotexnologiya usullarini aytib bering?

5-mavzu:Introdutsent o`simliklarning bioekologik xususiyatlari


Reja:
  1. Tirik organizmlarning o'sishi haqida tushuncha.

  2. Introduksiya sharoitida o'sish va rivojlanish xususiyatlari.




Tirik organizmlarning o'sishi haqida tushuncha. O'sish mexanizmi. O'sish tendentsiyalari.
O'sish - organizmlarning o‘lchami, hajmi va vaznining qaytmas ortishidir.
O'simliklarning o'sishi shakllanish jarayonlarini o'z ichiga oladi. Bunda, yangi hosil bo'lgan novdalar, barglar sifat jihatidan bir-biridan farq qiladi. Shunday qilib, o'simliklarning o'sishini sof miqdoriy jarayon deb qarash mumkin emas. Yuqoridagilar ushbu jarayonni belgilashda bizga quyidagilarni beradi:
O'sish – o‘simliklarning hajmi, vaznining qaytmas ortishi bo‘lib, organizm tuzilishi elementlarining yangi shakllanishi bilan birga kuzatiladi. Tuzilish elementlari sifatida organlar, to'qimalar, hujayralar va shuningdek, alohida hujayra organoidlari tushuniladi.
O'sish mezonlari:

    1. bo‘yi;

    2. eni (poyasi uchun);

    3. vazni (ho‘l va quruq);

    4. yuzasi (barglari uchun);

    5. hujayralar soni;

    6. oqsil tarkibi;

    7. DNK tarkibi.

Hujayraning o'sish fazalari:

  1. embrional

  2. cho'zilishi

  3. ixtisoslashish (differensiallanishi).

Hujayralarning differentsiatsiyasi ular orasidagi ichki to'planishi va fiziologik farqlarning paydo bo'lishi bo‘lib, barcha uch bosqichda sodir bo'ladi va hujayralar o'sishining muhim xususiyati hisoblanadi.
O'simliklar o'sishi jarayonlarining o'ziga xos xususiyati ularning ma'lum to'qimalarda - meristemalarda joylashishidir . Meristematik hujayralar poya yoki ildizning eng uchki qismida joylashgan bo‘lib, ularning bo'linishi butun o‘suv davri davomida to'xtamaydi.
Differentsiatsiya jarayonida qutblanish va bo'linish muhim rol o'ynaydi, chunki ular ixtisoslanishning turli yo'llariga olib keladigan eng muhim omillardir. Qutblilik - bu o'simliklarga xos bo'lgan o'ziga xos differentsiatsiya jarayoni va fazodagi tuzilishidir.
O'sish bosqichlari:

  1. yashirin (birlamchi);

  2. ko'rinadigan (ikkilamchi).

Hujayralar, to'qimalar, organlar va butun organizmning o'sishi ma'lum bir dinamika bilan xarakterlanadi va uni S- o‘sish egri chizig'i bilan ifodalash mumkin (5-rasm).

5-rasm. S- o‘sish egri chizig'i.





  1. - lag - faza hujayralarning bo'linishi va embrional o'sishini aks ettiradi;

  2. - logarifmik faza hujayralarni cho'zilish jarayonini va organizmlar uchun potentsial o'sish imkoniyatlari mavjudligini ko'rsatadi

  3. - sekinlashuv fazasi - o'sishning asta-sekin to'xtashini aks ettiradi va differensiallanishning boshlanishi.

  4. - statsionar faza o'sishning to'liq to'xtashini tavsiflaydi va unda aks ettirilmagan sifat o'zgarishlarini ko'rsatadi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin