Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə34/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Introdutsentlarning tashqi muhit omillariga talabchanligini O`rganish. Ma‘lumki har bir o‘simlikning o‘sish va rivojlanish bosqichlarida uning tashqi muhit omillariga bo‘lgan talabi turlicha bo‘ladi. Ekologik omillar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularning o‘simliklar organizmlariga ta‘sir etishi xususiyatlari nuqtai nazaridan ular uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlar mavjud. Tashqi muhit omillarining qulay ta‘sir etuvchi kuchi optimum zona yoki optimum deyiladi. Ekologik omillar organizmga haddan tashqari kuchsiz (minimum) va kuchli (maksimum) ta‘sir etishi mumkin. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqtalar deb qaraladi. Omillar kritik nuqtalardan oshib ketsa, bunday ta‘sirda organizmlar nobud bo‘ladi.
Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan ekologik turlarga ―evri―- old qo‘shimchasini qo‘shib, tor doirada moslashganlarga esa, ―steno‖- old qo‘shimchasi qo‘shiladi. O‘rganilayotgan o‘simliklar temperaturaga nisbatan evriterm, stenoterm, namlikga nisbatan evrigidrid, stenogidrid, sho‘rlanishga nisbatan evrigal, stenogal, bosimga nisbatan evribat va stenobat, yorug‘likga nisbatan evrifot, stenofot kabi ekologik guruhlarga ajratiladi.
Amerikalik olim V. Shelfordning (1915) ko‘rsatishicha, faqat minimum miqdorda uchrovchi moddalar emas, balki ortiqcha (keragidan) holdagi moddalar ham cheklovchi omil rolini o‘taydi. Buni V. Shelford «chegaralovchi omil» yoki
«tolerantlik qonuni» deb ataydi. Demak minimum va maksimum chegaradan tashqariga chiqadigan omil - cheklovchi omil hisoblanadi.
Introdutsentning qisqa yoki uzun kunli o‘simlik ekanligi aniqlanadi. Uning yorug‘likka, haroratga va namlikka bo‘lgan talabi o‘rganiladi. Yozning issiq davrida o‘simlikning qanday holatda bo‘lishi va javob reaktsiyasi kuzatiladi. Qishlash jarayonida еr ustki qismlari (poya, novda va barglar) ning qanchalik saqlanib qolishi va sovuqlikka chidamlilik darajasi aniqlanadi.
Introdutsentning reproduktsiya jarayonini O`rganish. Birlamchi introduktsion sinovlardan kutiladigan maqsadlardan biri, yangi sharoitda introdutsent o‘simlikning reproduktsiya jarayoniga kirishi (urug‘ hosil bo‘lishi, urug‘ni unib chiqish unumdorligi va qobiliyati) ni o‘rganish hisoblanadi. O‘simlikning reproduktsiya jarayonini ―O‘simliklar reproduktiv biologiyasi‖ fani o‘rganadi (Levina, 1981; Amirxanov, 1986, Satsiperova,1993; Batigina, 2000; Qarshibaev, 2008). O‘simliklardagi reproduktsiya jarayonini, boshqacharoq aytganda reproduktsiya tizimini tadqiq etishda o‘simlik turining reproduktiv jarayonga kirish yoshi va harakati, reproduktsiya jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun imkoniyati, reproduktsiya jarayoniga ta‘sir etuvchi ko‘plab ichki va tashqi muhit omillari hisobga olinishi talab etiladi. Bu jihatlar introdutsent o‘simlikning ekologo- biologik xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. R.E. Levina (1981) ning fikricha turning reproduktiv biologiyasi o‘zida uning ko‘payish va urug‘idan qayta tiklanish biologiyasi hamda ekologiyasini to‘liq qamrab olishi zarur. Masalaning bu tarzda qo‘yilishi o‘z navbatida reproduktiv biologiyani murakkab, ko‘pqirrali kompleks o‘rganishni talab qiladigan muammo ekanligini anglatadi. Mamlakatimizda introduktsiya qilish maqsadida olib kelingan juda ko‘p daraxtlar va butalarda hanuzgacha shu qobiliyat (o‘zini urug‘i yordamida qayta tiklash) shakllanmagan. Shuning uchun ham ularni to‘liq introduktsiya jarayonlarini o‘tgan va akklimatizatsiyalangan deb ayta olmaymiz.
O‘simlikning generativ (reproduktiv) davriga kirishi g‘unchalash fazasidan boshlanadi. G‘unchaning taraqqiyoti va gullash fazasiga kirishi, uni sutkalik gullash ritmini o‘rganish ko‘plab olimlarning ilmiy ishlari bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Reproduksiya jarayonining bu qismini antekologiya fani o‘rganadi (Ponomarev, 1960; Ponomarev, Demyanova, 2000; Qarshibaev, 2010). Jumladan, introdutsentning g‘unchalash va gullash jarayonlarini o‘rganilayotganda uning yoshi, ob-havo sharoitlari (atmosferaning nisbiy namligi, harorat, tuproqning namlik dinamikasi), changlatuvchi agentlar, hashoratlar borligi, chang (mikrospora) va urug‘kurtak fertil yoki sterilligi, o‘rganilayotgan o‘simlikning hududdagi gorizontal va vertical joylashuvi, mavsumiy va kunlik gullash maromlarini o‘rganish talab etiladi. O‘simlikda bu jarayonlarni o‘rganishda turli metodlar qo‘llanilib, ulardan ayrimlari quyida keltirilmoqda.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin