Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə42/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

O`simlikning mevalash va urug` mahsuldorligini O`rganish.O‘simlik urug‘chi tugunchasi kattalasha boshlaganda, ya‘ni meva hosil bo‘lgandan to pishguncha bo‘lgan faza mevalash fazasi deb ataladi. Mevalash fazasida mevaning
shakllanish va pishish davrlari ajratiladi (Ashurmetov, Qarshibaev, 2002). Ayrim o‘simliklarda masalan G‘alladoshlar oilasi vakillarida meva va urug‘ еtilishida, pishishning boshlanishi, sut pishish va to‘liq pishish davrlari ajratiladi.
Mevaning O`sishi va shakllanishini kuzatish. Mevaning o‘sish maromini aniqlash uchun ma‘lum vaqtda (1-2 soat ichida) ochilgan va changlangan gullardan 10-20 tasi ajratib olinadi hamda belgilanadi. Bu gullarning urug‘chi tugunchasi ko‘zga tashlanadigan vaqtdan boshlab, millimetr qog‘oz yordamida to maksimal o‘lchamga еtguncha (meva o‘sishdan to‘xtaguncha) kuniga ma‘lum vaqtlarda o‘lchab boriladi (14-jadval).

Introduktsiya qilingan O`simlikning mevasining O`sish maromi


Kunlar

Meva o'lchami, mm

Jami/O‘rtacha



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10




9.06.2020

Gul ochilgan kun

10.06.2020

2,5

4,0

3,1

3,7

3,3

2,7

3,1

3,0

2,2

2,5

25,1/2,5

11.06.2020

12,
3

14,6

16,7

18,8

21,9

23,7

25,3

27,8

29,5

31,4

222/22,2

27.06.2020

28,
4

26,3

25,7

26,9

28,4

30,3

30,8

27,5

28,9

29,1

282,1/28,2

Jami


































Olingan ma‘lumotlar asosida introdutsent o‘simligi mevasining o‘sish dinamikasii grafigi tuziladi
Mevaning pishish davri davomiyligini aniqlash. Mevaning pishish davrini aniqlash uchun shaklllanib bo‘lgan 20 ta meva belgilab olinib, kuzatib boriladi. Mevaning rangi o‘zgarib borib, tur uchun xarakterli rangga va shaklga kira boshlaydi. Meva o‘zidan suvni yo‘qota boshlaydi va pishish davri oxiriga borib ona o‘simlik bilan metabolik aloqalarni uzadi. Olingan ma‘lumotlar asosida mevaning shakllanishi va pishish davrlari davomiyligi aniqlanadi.
O`simlikning urug` mahsuldorligini tadqiq qilish. O‘simliklarda potentsial (PUM) va real (RUM) urug‘ mahsuldorligi ajratiladi. Potentsial urug‘ mahsuldorligi (PUM) bir tup o‘simlikdagi hosil bo‘lgan urug‘kurtaklar miqdorini bildirsa, real urug‘ mahsuldorligi (RUM) pishib еtilgan urug‘lar sonini anglatadi.
PUM ni aniqlash uchun urug mahsuldorligi elementlari aniqlanadi:
-20-30 ta o‘simlikdagi to‘pgul (g‘uncha)lar soni;
-Har bir to‘pguldagi g‘unchalar soni (gullari to‘pgulda joylashgan o‘simliklarda);
-Har bir g‘unchadagi urug‘kurtaklar soni hisoblab chiqiladi va maxsus jadvalga to‘ldiriladi (15- jadval).

      1. jadval

Cousinia umbrosa ning potensial urug` mahsuldorligi elementlari

O‘simlik

Bir tup o‘simlikdagi to'pgullar soni

To'pguldagi g‘unchalar soni

G‘ unchadagi urug‘kurtaklar soni

Izoh

1

124

1259

1039




2
3

143
127

1138
1056

998
976

20

135

1129

989

20

132,25

1145,5

1000,5






olingan ma‘lumot asosida o‘simlikning PUM hisoblab chiqiladi. PUM o‘rtacha bitta o‘simlikda =1000,5 dona urug‘kurtakka teng.
RUM ni aniqlash uchun ham mahsuldorlik elementlari aniqlanadi:

  • 20-30 ta o‘simlikdagi to‘pmevalar (meva) soni;

  • To‘p mevadagi meva(urug‘) lar soni (to‘pguli bor o‘simliklarda);

  • Har -bir mevada еtilgan urug‘lar soni hisoblanadi (16 - jadval).



Cousinia umbrosa ning potentsial va real urug` mahsuldorligi

O‘simlik


Poyadagi to'pgullar soni

To'pguldagi g‘unchalar (gullar) soni (PUM)

To'pgulda hosil bo'lgan urug'lar soni (RUM)

%


1

344

3647

1108




473




2

4227

1249

20

375

3459

1087

20

397,33

3777,67

1148,0




Olingan ma‘lumot asosida o‘simlikning PUM hisoblab chiqiladi. PUM =3647+ 4227 + 3459 = 11333: 3 = 3777,67 dona urug‘kurtakka teng. RUM ni aniqlash uchun ham mahsuldorlik elementlari aniqlanadi: bu o‘rtacha 1148,0 dona urug‘ni tashkil etadi yoki 33,39 % urug‘ hosil bo‘lganligidan dalolat beradi.


Demak Cousinia umbrosa Bunge turida O`rtacha 1148 dona urug‘ pishib yetiladi.
O‘simlikning PUM va RUM lari aniqlangandan keyin quyidagi formula yordamida o‘simlikning urug‘ hosil qilish bo‘yicha mahsuldorlik koeffitsenti aniqlanadi.
MK= RUM X 100% PUM
MK-Mahsuldorlik koeffitsiyenti, PUM-Potentsial urug‘ mahsuldorligi, RUM- Real urug‘ mahsuldorligi.
Cousinia umbrosa Bunge turining mahsuldorlik koeffitsenti 33,39 %ni tashkil qiladi
Introdutsentning urug` sifatini aniqlash. O‘simlikning urug‘ sifatini ko‘rsatgichlariga tozaligi, unuvchanligi, hayotchanligi, massasi, namligi hamda zararkunandalar va kasalliklar bilan zararlanganligi kiradi (Mejdunarodnie pravila.., 1981). Introdutsentning reproduktiv biologiyasi tadqiq etilganda uning urug‘ining unuvchanligi, hayotchanligi, absolyut massasi, namligini aniqlash talab qilinadi.
Urug‘ massasi (1000 dona urug` ogirligi). Urug‘ massasini aniqlash uchun 3 marta 1000 dona urug‘ sanab olinib 0,01 gr aniqlikda tarozida tortiladi. Ular og‘irligi qo‘shilib, o‘rtachasi chiqariladi. Masalan Cousinia umbrosa Bungening 1000 dona
urug‘lari og‘irligi 18,64; 19,86 va 18,97 gramm keladi. Demak, o‘rtacha urug‘ massasi (vazni) 18,64+19,86+18,97=57,47:3=19,15 grammga teng bo‘ladi.
Urug` namligi. Ajratib olingan 25 gramm urug‘ laboratoriya tegirmonida yaxshilab maydalanadi. Undan 5 grammlik 2 ta namuna tortib olinadi va byukslarga joylanadi. Byukslar og‘zi ochilgan holda termosatda 130°C temperaturada 40 - 60 minut davomida quritiladi. Keyin og‘zi yopilib, 25 -35 minut sovutiladi. Sovugandan keyin byukslar tortiladi va yo‘qolgan namlik miqdori aniqlanadi. Masalan Cousinia umbrosa Bunge turida turida quyidagi ko‘rsatgichlar olingan (17 - jadval).
1

Cousinia umbrosa Bunge turning urug` namligini aniqlash bO`yicha


olingan ma‟lumotlar

Namuna

Buykus og‘irlig i

Namuna miqdori, gr

Byukslar namuna og‘irligi

Yo‘qotilgan namlik
(orasidagi farq)

Qizdirishdan
oldin

Qizdirishdan
keyin

gr

%

1
2

11,24
12,31

5
5

16,24
17,31

14,56
15,73

1,68
1,58

10,34
9,13

Jami o‘rtacha

16,77

15,14

1,63

9,72%

Demak Cousinia umbrosa urug‘ining namligi 9,72% ni tashkil qiladi.

Urug`ning zararlanganligi va kasallanganligini aniqlash


Terilgan urug‘ namunasidan 1000 tasi o‘rganilib, qanchasi zararkunandalar tomonidan shikastlanganligi hamda kasallanganligi aniqlanadi. Xulosa chiqarish uchun introdutsent urug‘lari 3 yil davomida o'rganiladi.
Urug`ning unuvchanligi. Odatda urug‘ sifati urg‘anilganda urug‘ning laboratoriya unuvchanligi aniqlanadi (Metodika 1980). Laboratoriya unuvchanligini aniqlash uchun 400 ta shikast yetmagan urug‘lar ajratib olinadi,tozalanadi va sterillanadi. O‘lchamiga qarab agar urug‘lar yirik bo‘lsa kamroq 10-25 dona, agar mayda bo‘lsa 100 donadan sterillangan Petri kosachalaridagi 3 qavat nam filtr qog‘ozga tekis qilib har bir haroratga 5 takroriylikda joylashtiriladi. Petri kosachalari qopog‘lari yopilib termostatga turli xil haroratlarga qo‘yiladi (t=10, 15, 20, 25, 30, 35, 40, 45°C) qo‘yiladi va 30 kun davomida kuzatiladi. Unib chiqqan urug‘lar o‘rtacha miqdori (% hisobida) o‘simlikning laboratoriya unuvchanligini tashkil qiladi. Qaysi bir haroratda tez va % i ko‘p unib chiqsa uning o‘rtachasi topiladi va optimal harorat hamda unib chiqish koeffitsenti aniqlanadi. Cousinia umbrosa Bunge turi urug‘ida bu 25°C ni unib chiqish % i esa 67,5 ni tashkil etdi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin