Vegetativ kO`payish.Vegetativ ko‘payish o‘simliklardagi regeneratsiya (re - qaytadan, generatio - tiklanish) qilish qobiliyati bilan chambarchas bog‘langan. Vegetativ ko‘payish tabiiy va sun’iy vegetativ ko‘payishga ajratiladi.
Tabiiy vegetativ ko‘payish gulli o‘simliklar dunyosida keng tarqalgan. Faqat bir va ikki yillik o‘simliklargina tabiiy sharoitda vegetativ ko‘paymaydi.
Tabiiy vegetativ ko‘payishning piyozboshlar, ildizpoyalar, tuganaklar, gajaklar, kurtaklar, novdalar yordamida, ildiz bachkilar yordamida ko‘payish xillari uchraydi. Introduktsiya qilingan o‘simlikning vegetativ ko‘payishga kirish vaqti va uning samaradorligi aniqlanadi.
Nazorat uchun savollar
1.Introdutsentlar urug‘lari ekishga qanday usullar bilan tayyorlanadi.
2.Introdutsentlar gullash biologiyasi qanday usullar bilan aniqlanadi?
3.Chang tuzilishi, fertile va sterilligi qanday usullarda aniqlanadi?
4.Urug‘lash va mevalash bosqichi qanday usullarda o‘rganiladi?
5. Introdutsentning urug‘ sifatini qanday aniqlanadi?
7-mavzu: Bir, ikki va ko‘p yillik o‘simliklar introduksiyasi Reja: Bir yillik o`simliklar introduksiyasi
Ikki yillik oo`simliklar introduksiyasi
Kashnich-Coriandrum sativum L.Koriandr posevnoyapiaceae, Umbelliferae O‘cimlikning tavsifi. Kashnich (Coriandrum sativum) Ziradoshlar (Apiaceae) oilasiga mansub bir yillik, bo‘yi 30-70sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Poyasi silindrsimon, ichi kovak, qirrali bo‘lib, yuqori qismi shoxlangan. Bargi oddiy, qinli, ildizoldi barglari uzun bandli, uch bo‘lakka qirqilgan, qirrasi tishsimon , poyani o‘rta va yuqori qismdagilar esa bandsiz bo‘lib, ikki-uch bo‘lakka ajralgan, poyada navbatlashib joylashgan. Mayda gullari soyabon to‘pgulda yig‘ilgan. Gulkosachasi besh tishli, myeva bilan birga saqlanib qoladi. Pushti yoki oq rangli gultojibargi beshta bo‘lib, qo‘shilib o‘sgan. Androseyi beshta changchidan tashkil topgan. Urug‘chisi bitta bo‘lib, ikkita myevabargchaning qo‘shilib o‘sishidan rivojlangan, tugunchasi 2 xonali, ostki. Myevasi yumaloq yoki tuxumsimon shaklli, diametri 2-5mm, bo‘linmaydigan 2 ta bo‘lakchadan tashkil topgan, sarg‘ish-kul ranglibo‘lgan qo‘sh pistacha. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Myevasi avgust -sentyabrda pishadi.
Geografik tarqalishi.Vatani Evropaning janubiy qismihamda Kichik Osiyo hisoblanadi. Juda ko‘p joylarda, shu jumladan, Bolgariya, Ukraina, Kavkaz va O‘rta Osiyoda o‘stiriladi.
Kimyoviy tarkibi.Kashnich tarkibida 0,7-1,2%, ba’zi adabiyotlarda (Gaxniyan, Asenov, 1988) 1-3% gacha efir moyi, 10-20% moy, 11-17% oqsil va boshqa moddalar bor. Myevasida 0,5% efir moyi bor. Efir moyi rangsiz, sarg‘ish, tiniq suyuqlik bo‘lib xushbo‘y hidga ega, tarkibida 60-80% linalool (koriandrol), 5% gyeraniol, a-pinen, tyerpinen, gyeranilasetat va ozroq borneol bor.
Ishlatilishi.Myevasi ishtaha ochuvchi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydigan, o‘t haydaydigan vosita sifatida, bavosirkasalligida, yaralarni davolashda ishlatiladi. Efir moyi-antiseptik, og‘riq qoldiruvchi, o‘t haydaydigan xususiyatlarga ega. Kashnich myevasi va efir moyi oziq-ovqat va parfyumyeriya sanoatida ham ishlatiladi. Oshqozon va bavosirkasalliklariga qarshi ichiladigan yig‘malar (choylar) tarkibiga ham kashnich myevasi kiradi.Damlama tayyorlashuchun 1 choy qoshiq miqdorida maydalangan kishnich myevalarining ustiga bir stakan qaynoq suv solib damlanadi. Bu damlama bir sutkaga yetadi.Bosh og‘rig‘ini qoldirish uchun 6 g kashnich myevasi bilan 8 g shakar qo‘shibtayyorlangan talqondan har kuni nahorda 2 g danichish lozim.