Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə46/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Geografik tarqalishi. Oʼzbekiston florasida uchramaydi. Tabiiy holda Ozarbayjon, Kavkaz, Oʼrta Osiyo, Turkmaniston va Amudaryo boʼylaridauchraydi. Quruqqumli yerlarda, qarovsiz joylarda oʼsadi. Ukraina va Moskva viloyatlarida madaniy holda oʼstiriladi.
Kimyoviy tarkibi. Oʼsimlik tarkibida staxioza, aukubin, plantarenalozid; barglari tarkibida mannit, β-sitosterin, 0,26% aukubin, linolen kislotasi;gulida β-sitosterin,linolen kislotasi;urugʼi tarkibida esa planteoza, dekstrinlar, lignin, shlimshiqlar,aukubin,β-sitosterin, plantagonin, indikain, indikamin, moy tomchilari aniqlangan (Rastitelnыe resursы SSSR, 1990)Ishlatilishi. Urugʼi kuchsiz surgi hamda oʼrab oluvchi vosita sifatida ishlatiladi. Yer ustki qismining shirasi anatsid gastrit va surunkali kolitni davolashda qoʼllaniladi. Burga zubturum urugʼi bilan frangula ekstrakti aralashmasidan surgi vositasi sifatida ishlatiladigan purgenol preparati tayyorlanadi. Urugʼidan olingan shilliq moddalar kosmetikada hamda boʼyoqchilik va toʼqimachilik sanoatida ishlatiladi.
Burga zubturum (Plantago rsylliumL.)

Dorivor shotara-Fumaria officinalis L.Dыmyanka lekarstvennaya (dikaya ruta) Fumaridaceae
Oʼcimlikning tavsifi. Dorivor shotara(Fumaria officinalis)Shotaradoshlar (Fumaridaceae)oilasiga mansub bir yillik oʼt oʼsimlikPoyasi kulrang-yashil rangli boʼlib, tik oʼsadi, 8-40 sm balandlikkacha oʼsadi. Poyalari juda nozik boʼlib, tez sinadi. Barglar uch marta patsimon qirqilgan, poyada kema-ket oʼrnashgan. Gullari zigomorf, pushti-siyoh rangli, shingilsimon toʼpgulda yigʼilgan. Kosachabargi ikkita, pardasimon yoki tangachasimon koʼrinishda boʼladi. Tojibarglari toʼrtta, pixli, uzunligi 5-6 mm. Changchilari ikkita, urugʼchisi bitta. Mevasi bir urugʼli yongʼoqcha, sharsimon, etli, diametri 2 mm gacha. May–iyul oylarida gullab urugʼlaydi.
Geografik tarqalishi.Rossiyaning Yevropa qismida, Kavkazda, Gʼarbiy Sibirning janubida, Uzoq Sharq va Oʼrta Osiyodauchraydi. Qarovsiz joylarda, bogʼ va ekinzorlarda oʼsadi. Adir va togʼ zonasida tarqalgan. Kimyoviy tarkibi.Oʼsimlik tarkibida 0,13% alkaloidlar: fumarin, kriptokarpin, aureotoksin, fumarin kislotasi, qatronlar, achchiq va shilimshiq moddalar bor (Akopov, 1981). Bundan tashqari S va K vitaminlari hamaniqlangan.
Ishlatilishi.Oʼsimlikning yer ustki qismi dorivor hisoblanadi. Xalq tabobatida dorivor shotaradan ishtaha ochuvchi sifatida hamda oshqozon-ichak faoliyatini meʼyorlashtirishda ishlatiladi. Bundan tashqari oshqozon shirasining kislotaligi pasayishi bilan boradigan gastritni, meteorizmni davolashda tavsiya etiladi. Oʼsimlikdan tayyorlangan damlama oʼt haydovchi, siydik haydovchi va spazmolitik xususiyatlarga ega. Shuning uchun damlama va qaynatmalari jigar, oʼt pufagi, buyrak-tosh kasalliklarida, istisqoda, siydik pufagining yalligʼlanishlarida, organizmning umumiy ahvolini yaxshilan uchun qoʼllaniladi.Oʼsimlik xom-ashyosini yoz boʼyi qoʼlda yigʼilgan holda tayyorlanadi. Yupqa toʼshama qilib, tezda quritish kerak. Aks holda qorayib quriydi. Damlama tayyorlashuchun bir choy qoshiq maydalangan oʼsimlik ustiga bir stakan qaynagan suv quyiladi va 2-3 soat damlanadi. Kuniga 4-5 martaovqatlanishdan oldin 1-2 osh qoshiqdan ichish tavsiya qilinadi. Yangi uzilgan oʼsimlikdan siqib olingan sharbat (shira) suv aralashtirilgan holda kuniga 4-5 marta ovqatlanishdan oldin 1-2 osh qoshiqdan ichish tavsiya qilinadi. Siqib olingan oʼsimlik shirasi bilan turli teri kasalliklari davolanadi. Suv aralashgan shira bilan ogʼiz chayqalganda tish va milklarning sogʼlomlashganligi kuzatilgan


Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin